Farmakologiya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə56/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Anilin unumlari


Bu guruh birikmalari, asosan og‘riqsizlantirish va isitma tushirish ta’siriga egadirlar. Yallig‘lanishga qarshi ta’siri juda sust. Fenatsetin isitma tushirishi bo‘yicha, atsetilsalitsilat kislotasidan kuchsiz. Fenatsitin organizmda paratsetamolga aylanadi va u farmokologik ta’sirni yuzaga chiqaradi. Anilin unumlari MITdan yaxshi so‘riladi. 25-35 % qon oqsillar bilan birikadilar. Paratsetamolning T½ = 2 soat. Buyrak orqali konyugatlar holida ajraladi. Bemorlar paratsetamolni yaxshi o‘zlashtiradilar, chunki u qon aylanish, nafas olish, qon hosil bo‘lish jarayonlariga, me’daning shilliq qavatiga salbiy ta’sir etmaydi. Fenatsetin paratsetamolga nisbatan zaharliroq va shuning uchun noxush ta’sirlarga ega.

  • metgemoglabin hosil bo‘lishi (ko‘karishi, qon bosimini pasayishi, hansirash)

  • fenatselinli nefrit.

  • gemolitik anemiya

  • sariqlik, terida toshmalar. CHuqur zaxarlanishda kollaps rivojlanadi.

Preparatlar



Nomi

Kattalar uchun o’rtacha terapevtik dozasi; yuborish yo’li

Chiqarilish shakli

Opioid (narkotik) analgetiklar

Morfin gidroxlorid-Morphini hydrachloridum

Teri ostiga, mushak orasiga, ichish uchun 0,01g

Ampula va shprits-tyubeklarda 1%li 1ml eritma

Promedol-Promedolum

Ichishga 0,025g; teri ostiga 0,01-0,02 g

Kukun;tabletka 0,025 gdan; Ampula va shprits-tyubeklarda 1% va 2%li 1ml eritma

Fentanil-Phentanylum

Mushak orasiga va vena ichiga 0,00005-0,0001gdan

Ampula 0,005%li 2 va 5mldan eritma

Butorfanol-Butorphanol

Mushak orasiga 0,001-0,004g;vena ichiga 0,0005-0,002g

Ampula 0,002g modda saqlagan 1ml

Buprenorfin-Buprenorphine

Ichishga va tilostiga 0,0002gdan;mushak orasiga 0,0003g/kg

Tabletka 0,0002g;ampula 1 va 2mldan 0,03%li

Aralash ta’sir mexanizmli analgetiklar

Tramadol-Tramadol

Ichishga, rektal va parenteral 0,05-0,1gdan

Kapsula 0,05gdan, ampula 0,05-0,1g, rektal suppositore 0,1gdan

Antogonist opioid analgetiklar

Nalokson gidraxlorid-Naloxoni hydrachloridum

Teri ostiga, mushak orasiga va vena ichiga 0,0004-0,008gdan

Ampula 1ml(0,4mg/ml)dan

Noopioid (nonarkotik)analgetiklar

Paratsetamol-Paracetamol

Ichishga 0,2-0,4g

Kukun;tabletka 0,2g,0,325g va0,5gdan


Tutqanoqga qarshi moddalarTalavasaga qarshi moddalar talvasa va ularga mos keluvchi (jadalligi va tez tez kelib chiqishi bo’yicha), davriy ravishda takrorlanadigan, turli xil sabablar natijasida kelib chiquvchi (es xushni buzilishi va yo’qolishi, xulq atvor va vegetativ o’zgarishlar), talvasasimon xolatlarni oldini olish va kamaytirish uchun qo’llaniladi.
Bunday preparatlarni ta’sir qilish mexanizmi no aniq va tutqanoqni kelib chiqish sabablari ham etarli aniq emas. Bu moddalar epileptogen o’choqlardagi neyronlarning qo’zg‘aluvchanligini kamaytiradi. Ko’pgina tutqanoqga qarshi moddalarning patologik o’choqlardan impulslarni tarqalishini kamaytirish xususiyati ustunroq turadi.
Tutqanoqga qarshi moddalarni neyronlararo o’tkazuvchanlikni pasayishi, neyronlarning qo’zg‘aluvchanlik jarayonini pasayishiga ,tormozlovchi jarayonlarni kuchayishiga xamda tormozlovchi neyronlarning stimullanishiga bog‘liq.
Tutqanoqni talvasali va talvasasiz turlari mavjud bo’lib, har biri o’ziga xos klinik ko’rinishga ega bo’lib, EEG da ma’lum bir o’zgarishlarni chaqiradi (EEG natijasi katta diagnostik axamiyatga ega). Tutqanoq surunkali kasallik bo’lib, asosan quyidagi turlari kuzatiladi: katta tutqanoqlar (grand mal1), kichik tutqanoqlar (petit mal 2), mioklonus –epilepsiya3 , fokal (parstial) tutqanoqlar va boshqalar.
1 Fransuz tilidan grand – katta, mal –kasallik ma’nosini bildirib tonik –klonik talvasalar es xush yo’qolishi bilan birgalikda keladi, va bir necha minutdan so’ng MNS i umumiy tormozlanishi kuzatiladi.Uzoq davom etuvchi , qisqa vaqt ichida tutqanoq xurujlarini ketma ket tutishi «epileptik status» deb aytiladi

  1. Fransuzchadan . petit - kichkina, katta bo’lmagan ma’noni bildirib; qisqa vaqt es-xushni yo’qolishi bilan ifodalanadi. Bir vaqtda yuz mushaklari va boshqa mushaklarni tortishishlari kuzatiladi.

  2. Bemor juda oz vaqt, bir necha daqiqa talvasada bo’ladi, xushdan ketadi, savollarga javob bermaydi.

  3. Fokal tutqanoqni murakkab formasida es-xush yo’qolishi mumkin

  4. Es –xush yo’qolmagan xolda qisqa vaqtli mushaklarni tirishishlari kuzatilishi mumkin

  5. Umumiy talvasa bo’lmaydi, bemor o’zi bilmagan xolda ayrim murakkab kutilmagan harakatlar qiladi, lekin xuruj tamom bo’lgandan so’ng qanday harakatlar qilganini eslay olmaydi. Tutqanoqni har bir formasini davolash ma’lum bir tutqanoqga qarshi preparatlar bilan oboriladi. Tutqanoqga qarshi preparatlarga bir qancha talablar qo’yiladi. Avalam bor, bu moddalar tutqanoq xurujlarini oldini olish uchun ishlatilishi kerak, yuqori faollikga ega bo’lishi va uzoq vaqt ta’sir qilishi talab qilinadi. Bunday preparatlarni oshqozon ichak tizimidan yaxshi so’rilishi kerak bo’lgan xususiyatlaridan biridir. Iloji boricha bu preparatlar tutqanoqni turli formalarida samarador bo’lishi , xamda aralash formalarini davolashda axamiyatga ega. Tinchlantiruvchi , uxlatuvchi va boshqa allergik va noallergik tabiatdaginojo’ya effektlarni chaqirmasligi kerak , chunki bu preparatlar bir necha oy, va yillar davomida doimiy qo’llaniladi. Preparatlar qo’llanilganda kumulyastiya, o’rganib qolish va dori vositasiga qaramlik kelib chiqmasligi kerak. Tabiiyki, tibbiyot amaliyotida kam zaxarli va keng terapevtik doirasiga ega bo’lgan preparatlar qulay hisoblanadi. Ammo, zamonaviy tutqanoqqa qarshi dorilar bu talablarni ayrimlariga javob beradi.

I.Tutqanoqqa qarshi moddalar tutqanoqni turlarida qo’llanilishiga qarab quyidagicha tavsiflanadi:
Generalizovanniy forma

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə