G’. U. Siddiqov, F. A. Majidova Flavonoidlarni >G’. U. Siddiqov, F. A. Majidova



Yüklə 282 Kb.
səhifə13/20
tarix19.12.2023
ölçüsü282 Kb.
#153532
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
G’. U. Siddiqov, F. A. Majidova Flavonoidlarni-www.hozir.org

H

h

E

(3) 

Bunda h Plank doimiysi,

gidromagnit nisbiyligi, o’zgarmas propartsionallik 

koeffitsienti, H


o
tashki maydon kuchlanganligi bo’lgani uchun quyidagi ko’rinish 

olada:



2



0

H



h

hv

yoki



3


0



H


v

(4)


4-tenglama. Yadro magnit rezonansi (YAMR) ning asosiy tenglamasidir.
Yadro magnit rezonansini kuzatish uchun aniqlanayotgan moddaning 5-20% 
lik eritmasi diametri 5 mm shisha ampulaga solinib, yuqori kuchlanishli magnit
maydoniga kiritiladi (2-rasm). 
2-rasm. YAMR spektrometrining oddiy chizmasi. 

Ampula atrofidagi g’altakdan radiochastotali o’zgaruvchan tok o’tkaziladi va


uning chastotasi generatordan o’zgartirib turiladi. G’altakdagi tok yadrolarni 
qo’zgatuvchi energiya manbai vazifasini bajaradi, o’zgaruvchan tok chastotasi
rezonans chastota hisoblanib, uning enargiyasiga tengdir. Rezonans hodisasi sodir 
bo’ladi va energiyaning yutilishi hisobiga g’altak zanjirida tok kamayib ketadi.
Energiya yutilishi tugaganidan keyin, zanjirdagi tok asl holiga qaytadi. G’altakdagi 
tok qiymatining kamayishi kuchaytirish orqali avtomatik yozuv asbobida tik
cho’qqisimon chiziq ko’rinishida (signal) yozib olinadi (3-rasm). 
3-rasm. YAMR spektri (signali). 

Shunday qilib, YAMR spektrometr yordamida organik birikma tarkibidagi


vodorod yadrolari protonlarga oid signallar yozib olinadi. Tabiiyki, qo’llaniladigan 


erituvchilar tarkibida protonlar bo’lmasligi kerak, chunki erituvchi protonlarining


signallari aniqlanayotgan modda signallarini qoplab (berkitib) qo’yishi mumkin. 
Shuning uchun, aniqlanayotgan moddaning 25-30 mg miqdori protonlari
deyteriyga almashgan deytero-erituvchilar (CDCl
3
-deyteroxloroform) da eritiladi. 

YAMR - spektr uchta kattalik (parametr) bilan tavsiflanadi.


1. Signal (cho’qqilarning) o’rni yoki kimyoviy siljish. 
2. Signallar soni va ularning intensivligi.
3. Signallarning ajralib ketishi yoki spin-spin ta’siri. 
1. SIGNALLARNING O’RNI YOKI KIMYOVIY SILJISH. 

Hamma protonlar bir-biridan tabiatan farq qilmasligi sababli, ular bitta 


umumiy signalda namoyon bo’lishi kerak, qolaversa, 4-tenglamadagi

v
,

va H
o


qiymatlari ham barcha protonlar uchun doimiydir. Amalda turli molekuladagi,


hatto bitta molekulaning turli funktsional guruhlaridagi vodorod atomlarining 
rezonans chastotasi

v
bir-biridan farq qiladi, YAMR usulining ajoyib xususiyati 
ham ana shundadir. Vodorod atomiga bevosita birikkan uglerod atomi yoki shu
atomga tutashgan funktsional guruhning elektronga moyilligi (elektromanfiyligi) 
vodorod atomining elektron bulutini ko’p yoki oz darajada siyraklashtiradi.
Masalan. ba’zi protonlar qo’sh bog’, boshqalari oddiy yoki uch bog’ ta’sirida 
bo’ladi. Soddaroq qilib tushuntirilsa, vodorod atomi atrofidagi elektron bulut
protonni (vodorod yadrosini) tashqi magnit maydon H
o
ta’sirida saqlaydi 

(kranlaydi). Shu sababdan, proton atrofidagi elektron bulutni qalin yoki


siyrakligiga mos ravishda protonlarning rezonans chastotasi bir-biridan oz 
bo’lsada, farq qiladi.
Yadroni qurshab turgan elektronlar, uni tashqi magnit maydon ta’siridan 
ma’lum darajada muhofaza qilishi oqibatida, yadroga ta’sir etayotgan maydon
kuchlanishi H
o
dan bir oz farqli bo’ladi. Gap shundaki, tahlil etilayotgan modda 

magnit maydoniga kiritilganda, uning elektronlari H


o
maydon yo’nalgan magnit 

chiziqlari atrofida aylana boshlaydi va elektronlarning bu aylanishi, o’z navbatida,


protonlar atrofida H
o
ga nisbatan kichik bo’lgan va unga qarshi yo’nalgan yangi 

lokal (ya’ni kichik hajmdagi) magnit maydonini vujudga keltiradi (Lents qonuni)


4-rasm.

4-rasm. Tashqi maydon H


0
ta’sirida lokal elektromagnit maydoni - H


Yüklə 282 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə