Gistologiya, stitologiya va



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

shaperonlar
deb atalib, ular dET 
sisternalarida sintezlanayotgan asosiy oqsillarning tarkibini va 
sifatini nazorat qiiadi.
Shunday qilib, donador ET ribosoma va polisomalar bilan 
birgalikda hujayrada oqsil sintezini amalga oshiruvchi asosiy 
organella 
hisoblanadi. 
Bunda 
erkin 
polisomalar 
ko‘ proq 
hujayraning o ‘ z ehtiyojlari uchun lozim boMgan oqsillarni ishlab 
chiqarsa, donador ET asosan hujayradan eksport (sekretsiya) 
qilinuvchi oqsillarni sintezlashga ixtisoslashgandir.
Silliq endoplazmatik to ‘r
(sET) tuziiishi b o‘ yicha donador 
endoplazmatik to‘ rdan membranasida ribosomalar y o ‘ qligi va 
shuning uchun tashqi yuzasi silliqligi bilan farqlanadi. U mayda 
vakuola, kanalchalar va naysimon sisternalardan iborat boMgan, 
bir-biriga o ‘ tib turuvchi membranalar tizimidan tashkil topgan 
tuzilmadir. Vakuola va kanalchalar diametri 50-100 nm. Odatda 
silliq ET hujayrada alohida zona yoki tutam holatida joylashadi.
64


Ba’ zan silliq va donador ET ning bir-biriga o ‘ tish sohalarini ham 
ko'rish mumkin. Shu bilan birga k o‘ pchilikning fikricha, bu ikkala 
ET sistemalari va ulardagi mahsulot bir biri bilan q o ‘ shilmaydi. 
Silliq ET bajaradigan vazifalar donador ET vazifalaridan tubdan 
farq 
qiiadi. 
Silliq 
ET 
detoksikatsij^a 
(zaharsizlantirish) 
jarayonlarida faol ishtirok etadi. Jigar hujayralaridagi silliq ET 
turli tashqi ekzogen kimyoviy moddalar, dori vositalari, alkogol, 
barbituratlar 
va 
boshqa 
toksinlarni 
zararsizlantiradi. 
Zararsizlantirilgan metabolitlar so‘ ngra buyrak va o ‘ t orqali 
tashqariga chiqarib tashlanadi. Silliq ETning yana bir muhim 
vazifalaridan biri uning steroid gormonlar sintezida ishtirokidir. 
Buyrak usti bezi va jinsiy bezlarda silliq ET naysimon kristali 
mitoxondriyalar bilan birgalikda steroid gormonlar hosil b o ‘ lishini 
ta’ minlaydi. Silliq endoplazmatik to ‘ r barcha hujayralar membra­
nasi uchun fosfolipidlarni sintezlaydi. Silliq endoplazmatik to ‘ rda 
glyukoza 6 fosfataza fermenti b o ‘ lib, u jigarda glyukogendan 
glyukoza hosil b o ‘ lishini ta’ minlaydi. Va nihoyat, silliq ET k o‘ p- 
gina hujayralar (neyronlar, endokrin hujayralar) uchun, ayniqsa 
skelet va yurak mushaklari uchun Sa2+ deposi b o ‘ lib xizmat qiiadi. 
Silliq ET sisternalarida maxsus kalsiy b o g ‘ lovchi oqsillar mavjud 
b o‘ lib, ular yordamida Ca2f sET sisternalarida to’ planadi. Hujay- 
raga tegishli signal tushganda kalsiy ionlari Ca2+-ATFaza 
nasoslari yordamida sitozolga chiqariladi va javob reaksiyasi 
(masalan. mushak hujayrasining qisqarishi) amalga oshiriladi.
Endoplazmatik to ‘ rning kelib chiqishi va yangilanishi to ‘ g ‘ ri- 
sida turli fikrlar bor. Donador ET yadroning tashqi membranasi 
hisobiga hosil b o ‘ lishi mumkin, Shuningdek endoplazmatik 
to ‘ rning yangilanishida plazmolemma hosil qilgan pufakchalar 
ishtirok etishi ham ta’ kidlanadi.

Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə