Guliston davlat universiteti mustaqil ish


Jismoniy sifatlarni (kuch



Yüklə 319,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix03.02.2022
ölçüsü319,82 Kb.
#83398
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5449707504508342728

 

 Jismoniy sifatlarni (kuch, 

tezkorlik

, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash 

metodikasi 1-mavzu: Kuch qobiliyatini tarbiyalash. Kuch qobiliyatlarining rivojlanish 

darajasini va namoyon bo‘lishini belgilovchi omillar. Tezlik-kuch qobiliyatlari. Portlash 

kuchi. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish usuliyati. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish 

vositalari. Mushaklarni muvofiqlash haqida tushuncha. Mushaklarning o‘zaro 

harakatini belgilovchi omillar. Turli mushak guruhlarining kuch qobiliyatini 

rivojlantirish uchun mashqlar. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish usullari. Kuch 

qobiliyati turlari va ularni rivojlantirish usullari. 

 

   

Kuch va uni tarbiyalashning 

uslub hamda vositalari

 

 

Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. 



Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo`naltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa 

harakat yo`nalishi bo`yicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o`quvchilar 

uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko`zda 

tutilgan. 

Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og`irlikdagi shtangani 

ko`tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig`ida 1000 m masofani yugurib o`ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator 

sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga 

oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar 

qo`yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining 

ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, 

kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. 

Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) 

imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda 

irodaviy fazilatlar kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi. 




Yüklə 319,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə