I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81

miqdori  20-40  %  kamaygan  Shimoliy  Afrikaning  Saxel  mintaqasida  cho'l- 
lashish  ayniqsa,  yaqqol  namoyon  bo‘ldi.  Yog‘inlaming  kamayishi  o'sim- 
liklardagi  o‘zgarishga  sabab  bo'ladi.  Ko‘p  yillik o'tlar  bir yillik o'simliklar bi­
lan almashinadi,  butalar o'z o'm ini o 't  o'sixnliklarga beradi va  hokazo.
Cho'llashish  iqlim  o'zgarishlariga  ham  regional,  ham  global  miqyosda 
ta ’sir ko'rsatadi.
O'simlik  qoplamining  siyraklanishi  va  tuproq  sifatining  yomonlashuvi 
mahalliy  iqlimga ta ’sir  ko'rsatishi  mumkin,  chunki  uning  natijasida  harorat 
oshadi  va tuproqning  namlik  darajasi  pasayadi.
Ushbu  oqibatlarning  ta’siri  cho'llashishga  uchragan  rayon  chegarasi- 
dan  tashqariga  chiqadi,  u  regional  iqlim  va  atmosfera  sirkulatsiyasini 
o'zgartiradi.  Bu  o 'z   navbatida  qurg'oqchil  iqlimli  rayonlarning  degrada- 
tsiyasini  tezlashtirib  yuborishi  mumkin.  Cho'llashish  iqlimning  global 
o'zgarishiga  ham ta ’sir qilishi  mumkin.  Masalan,  o'simlik qoplamining  siy­
raklanishi,  tuproq  sifatining  pasayishi  uglerodning  ko'proq  hosil  bo'lishiga 
olib  keladi,  natijada,  o'simliklar  ko'paygan  uglerodlami  qayta  qabul  qilib 
uning  biomassa  tarkibida  ko'payishiga  olib  keladi.  Iqlimning  global 
o'zgarishi  cho'llashishga  ta’sir  ko'rsatishi  mumkin,  harorat  bug'lanish  va 
yog'inlaming  o'zgarishi  rayonlar  bo'yicha  turlicha  kechadi.  Natijada, 
cho'llashish ba’zi rayonlarda  kuchayishi,  boshqalarida susayislii  mumkin.
6.  Iqlim  o‘zgarishi va  suv resurslari
Dunyoda  aholining  tez  ko'paya  borishi  va  iqtisodiy  faoliyatining  tez 
rivojlanishi  chuchuk  suv  resurslariga  bo'lgan  tanglikni  kuchaytirmoqda. 
Chunki  uy  va  fermer  xo'jaliklari,  sanoat  ehtiyojlari  uchun  suvga  bo'lgan 
talabning  o'sa  borishi  mahalliy  suv  zaxiralari  imkoniyatlaridan  ancha  or- 
tiqdir.  Sanoat  chiqindilari  va  o'g'itlardan  intensiv  foydalanish  ko'pincha 
suvda  zararli  kimyoviy  moddalaming  ko'payishiga  olib  keladi,  bundan 
tashqari,  noto'g'ri  sug'orishlar  tuproqning  sho'rlanishi  va  suvning 
bug'lanish  darajasini  kuchaytiradi,  bu  esa  suv  tanqisligini  yanada  chuqur- 
lashtiradi.  Suv  havzalarining  aksariyati  bir  necha  milliy  chegaralami  kesib 
o'tadigan resurslarini boshqarish yana  ham murakablashib  boraveradi.
Yog'inlarning  ba’zi  hududlarda  ko'payib,  boshqa  hududlarda  kamayi­
shi  ehtimoldan  holi  emas.  Lekin  yog'inlar  ko'p  bo'ladigan  rayonlarda  ham 
bug'lanishning  nisbatan  yuqori  sur’atlari  suv  oqimining  kamayishiga  olib 
kelishi  mumkin,  bundan  tashqari,  havoning  isishi  tog'lar  va  boshqa  sovuq 
rayonlarda  qishki  qorlar  to'planishining  kamayishiga  olib  keladi.  Iqlim 
o'zgarishi  yog'ingarchilik  kam  yog'adigan  rayonlarda  chuchuk  suv  zaxira- 
larini  kamaytirib  yuboradi.  Yog'ingarchilik  ko'p  bo'lgan  sharoitda  esa 
toshqinlar  bo'lib  turadi,  daryo  va  ko'llardagi  suv  sathi  ko'tariladi 
yog'inlarning  10  %  kamayishi  va  haroratning  1—2°C  ga  ortishi  quruqroq 
havzalarda  oqimning  70  %ga  kamayishiga  ohb  kelishi  mumkin.  Qirg'oq 
bo'yi  zonalarida  yer  osti  suvlari  sathining  pasayishi  sho'r  dengiz  suvhrini 
ham  chuchuk sizot  suvlariga tortib  oladi va ularni sho'rlantiradi.


Sho‘r  suvning  ajralib  chiqib  chuchuk  suvli  hovuzlarga  o ‘tishi  sizot 
suvlarini  uy xo'jaligida va qishloq  xo'jaligida  ishlatishga yaroqsiz  qiladi.
Yog'inlarning  kamayishi va  bug'lanishning  ortishi,  qishloq  xo'jaligi  yer- 
lari,  o‘rmon,  botqoqlik va boshqa ekotizimlarga  zarar  keltiradi.  Suv sathining 
pasayishi  daryo  va  ko‘l  bo'ylarida  joylashgan  shaharlarning  anchagina 
moslashuvini  talab  qiladi.  Moslashish  uchun  zarur  sarf-xarajatlar  esa 
ko‘pchilik  kambag‘al  mamlakatlarga  og‘irlik  etishi  mumkin.  Nil  va  Mekong 
kabi daryolarning  havzalarida  aholining tez o ‘sishi  hamda qurg'oqchilik bilan 
bog'liq  muammolar  keskinlashayotgan  boshqa  regionlarda-  mojarolar  yuz 
berishj  ehtimoldan  hoh  emas.  Toza  chuchuk  suv  sog'liq  uchun  alohida 
ahamiyatli  bo‘lganligi  tufayU  ayrim  rivojlanayotgan  mamlakatlar  sog'liqni 
saqlash 
standartlarining 
pasayishi 
va 
epidemiyalarning 
kuchayishi 
muammosiga  duch  kelishlari  mumkin.  Ayniqsa,  Afrikaning  Saxel  kabi 
rayonlari  bu  sohada  eng  zaif joydir.  Iqlim  o‘zgarishi  oqibatlarini  yumshatish 
uchun  suv  resurslaridan  foydalanish  usullarini  takomillashtirish  lozim.  Agar 
iqlimning  o'zgarishi  chindan ham yog'inlaming  kamayishiga olib  kelsa,  unda 
halokatli  vaziyatlaming  vujudga  kelish  ehtimoli  kattadir.  Ushbu  muammoni 
hal  qilish  uchun  mavjud  suv  havzalaridan  va  undagi  suv  zaxiralaridan  foy- 
dalanishni  takomillashtirish  kerak,  chunonchi:  yoz  davrida  qurg'oqchiLikka 
qaishi  kurashni  yengillashtirish  maqsadida  bailor  paytida  suv  zaxiralarini 
tashkil  qilish  uchun  qo‘shimcha  qurilmalar  qurish,  suv  resurslari  isrofgar- 
chiligining  oldini  olish  hamda  suvga  bo'lgan  talablami  me’yorida  ushlab  tu- 
rish  maqsadida  siyosat  yuritish  yoki  soliq  solishni joriy  qilish  zarur  va jahon 
suv  resurslaridan  foydalanishni  rejalashtirish  maqsadida  suv  havzalarining 
zaifligi va ularning tiklanish qobffiyatini tekshirib turish  zarur.
7.  Iqlimning o'zgarishi va  uning  ijtimoiy oqibatlari
Iqlimning  o'zgarishi  insoniyatga  o 'ta  xavf solmoqda.  Iqlim  o'zgarishi 
siyosiy  va  iqtisodiy  beqarorlikka  olib  kelishi  mumkin.  Taxminlar  shuni 
ta ’kidlaydiki,  iqlimning  o'zgarishi,  aholi  sonining  keskin  ortishi  va  atrof- 
m uhitning  boshqa  muammolari  bilan  birgalikda  ocharchilik  va  qashshoqlik 
muammolarini  keskinlashtiradi.  Bu  o 'z   navbatida  qishloq  rayonlaridan 
shahar  markazlariga  hamda  kam  rivojlangan  mamlakatlardan  rivojlangan 
mamlakatlarga  ko'chishini  tezlashtiradi.  Ijtimoiy  tuzilmalaming  sur'ati 
oshayotgan  o'zgarishlarga,  ayniqsa,  sog'liqni  saqlashda,  tezda  moslashish- 
larga  to 'g 'ri  keladi.  Agar  moslashish  sur’atlari  yetarUcha  bo'lmasa,  ehtimol 
ijtimoiy  tanglik,  norozilik  harakatlari  va  siyosiy  beqarorlik  ortib  boradi. 
Beqaror jamiyatlarda  iqlim  o'zgarishi  natijasida  yuzaga  kelgan tanglik  to'liq 
ijtimoiy  parchalanishga  yoki  ijtimoiy  nazorat  va  zo'ravonlik  tadbirlarining 
kuchayishiga  olib  kelishi  mumkin.  H ar  qanday  vaziyatda  bunday  m o- 
jarolarni  hal  qilish  iqlim  o'zgarishiga  bevosita  qarshilik  ko'rsatish  uchun 
kerak  bo'lgan  resurslarni va  kuchlami talab  qiladi.
Iqlim  o'zgarishining  fizik iqtisodiy va  ijtimoiy siyosiy oqibatlari  majmuyi- 
ni  yengish  insoniyatning  imkoniyatlaridan  ustun  chiqib  qolislii  mumkin.  Shu-


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə