I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81

ning  uchun  qarorlarni  qabul  qilish  uchun javobgar  shaxslar  ushbu  choralami 
amalga  oshirish  yanada  qiyinroq  bo‘lib  qolishidan  oldin  zudlik  bilan  iqlim 
o'zgarishi bo'yicha global strategiyani amalga oshirishga kirishishlari lozim.
8. 
0 ‘zbekLston  iqlimining hozirgi  o‘zgarishi 
va  uning  iqtisodiyotga  hamda  tabiiy  resurslarga  ta’siri
0 ‘zbekiston  Yevrosiyo  materigining  markaziy  qismida,  dengiz va  oke- 
anlardan  uzoqda  joylashgan.  U  Janub  va  Sharq  tom ondan  baland  tog‘lar 
bilan  o'ralgan  bo'lib  80  %  ch o 'l  va  chala  cho'l  zonalariga  to 'g 'ri  keladi. 
Respublikaning  chekka  janubiy  qismlari  subtropik  iqlim,  shimoli  mo'tadil 
iqlim  mintaqalarida  joylashgan.  Yoz  vaqtida  kuchli  quyosh  radiatsiyasi 
ta ’sirida  qizib  ketgan  cho'llar  ustida  tropik  to'zon  havo  massasi  shaklla- 
nadi.  Havoning  o'rtacha  oylik  harorati  28—30°C  ni  tashkil  qilsa,  eng  yu­
qori  ko'rsatkichlari  50°C  gacha  yetadi.
Qishda  iqhm  ikki  havo  oqimining  o'zaro  ta ’siri  bilan  belgilanadi. 
Shimol  va  g'arbdan  hududga  sovuq  havo  qarshiliksiz  kirib  keladi.  Shu 
vaqtning  o'zida  Markaziy  Osiyoga  unchaUk  baland  bo'lmagan  Kopetdog' 
va  Parapamiz  tog'laridan  o'tib,  Arabiston  dengizi  va  Fors  qo'ltig'i  ustida 
shakllangan  iliq  havo  massalari  kirib  keladi.  Shunday  qilib  O'zbekistonda 
subtropikka  o'tuvchi  kontinental  iqhm  shakllanadi.  Iqlimning  kontmental- 
ligi  ob-havoning  keskin  o'zgarishlarida,  haroratning  sutkalik  va  yillik  teb- 
ranishlarida ko'rinadi.
O'zbekiston  hududi  3  iqlim  zonasiga  bo'linadi:  cho'l  zonasi,  tog'  oldi 
(adir)  va  tog'  zonalari.  Orol  va  Ustyurt  okruglarini  hisoblamaganda,  res­
publikaning  tekislik  qismida  beqaror  qor  qoplami  va  yumshoq  qishlar 
bo'lib  turadi.  Shuning  uchun  respublikaning  qo'pchilik  rayonlarida 
o'simliklaming  rivojlanishi  butunlay to'xtamaydi.
O'zbekistonning  iqlimi  ham  sayyoramiz  iqlimiga  o'xshab  davriy 
o'zgarib  turadi.  Yer  shari  iqlimi  o'zgarishining  asosiy belgilovchisi  harorat- 
dir.  So'nggi  yillarda  haroratning  o'sish  tendensiyasi  kuzatilmoqda.  Bu 
ayniqsa,  1973— 1990-yilIar  yozda  va  1981—1990-yillar  qishda  yaqqol 
namoyon  bo'ldi.
O'zbekistonda  iqlim  o'zgarishiga  insonning  ta ’siri  dastawal  melio- 
ratsiya va  cho'llashish  natijasida  amalga  oshdi.  Sug'oriladigan  dehqonchilik 
rayonlarida  suv  omborlari  tashkil  etilishi  natijasida  yoz  oylari  harorat  nis- 
batan  pasayadi,  havo  namligi  10—15  %ga  yetadi.  Lekin  bu  juda  kichik 
hududda  bo'lganligi  sababli  O'zbekistonning  barcha  cho'l  iqlimiga  ta ’siri 
deyarlik sezilmaydi.
Ekologik  muvozanatning  izdan  chiqishi,  tuproq  eroziyasi,  ildiz  ya­
shaydigan  yer  qatlamida  tuzlarning  to'planishi,  harakatdagi  qumlarining 
vujudga  kelishi,  yaylovlarining  buzilishi  va  shu  kabi  boshqa  oqibatlar 
cho'llanishga olib  keladi.
Respublikamizning  katta  qismida  sovuqsiz  davr  taxminan  200  kunni 
tashkil  qiladi:  Ustyurtda  160  kundan  Sherobodda  280  kungacha.


Havoning  mutlaq  minimal  harorati  — 30°C  ham  pastroq.  Ayrim  hol- 
larda  — 40°C  gacha  yetishi  mumkin.
Vegetatsiya  uchun  samarali  haroratlar yig‘indisi  nafaqat  mo'tadil  kenglik- 
lar  ekinlarim,  balki  bir  qator  tropik ekinlar  (g‘o‘za,  anjir,  anor,  shakarqamish, 
xurmo va boshq.)  yetishtirish uchun yetarlidir.
Atmosferada  CO2  miqdorining  ortishi  0 ‘zbekistonda  haroratning 
ko'tarilishi,  atmosfera  sirkulatsiyasining  ‘zgarishi  nonorm al  atmosfera 
hodisalari —  toshqin,  sel,  do‘l,  garmsellarni  ko'paytiradi.
Qurg‘oqchilik  bizning  sharoitda  o‘ta  xavfli  bo'lib,  u  daryolar  oqimini 
kamaytiradi,  sizot  suvlar  darajasini  pasaytiradi,  natijada,  suv  resurslarining 
yetishmashgini  keltirib  chiqaradi.  Buning  natijasida  aholining  suv  bilan 
ta ’minlanishi  yomonlashadi,  qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  mahsuldorligi 
pasayadi,  gidroelektroenergiya  ishlab chiqarish  kamayadi.
Global  haroratning  ortishi  birinchi  navbatda  mamlakatning  hozirda 
suv  yetishmasligidan  qiynalayotgan  hududlarini  juda  og‘ir  ahvolga  solib 
qo‘yadi.  Qoraqalpog‘istoning  M o‘ynoq  tumani  hozirdayoq  ekologik  fojia 
zonasiga  kiradi.  Mutaxassislaming  fikriga  ko‘ra  yaqin  yillar  ichida  Zaraf­
shon  daryosining  qo'yi  oqimida  joylashgan  tumanlar  ham  uning  taqdirini 
ko'rishlari  mumkin.  Vaholanki,  Zarafshon  vodiysi  butun  Markaziy  Osiyo- 
ning  g'alla  va  paxta  yetishtiradigan  asosiy  joylaridan  birigina  b o iib   qol- 
masdan,  balki u jahon  sivilizatsiyasi  madaniy o‘choqlaridan biridir.
Ekspertlaming  ta ’kidlashicha  2030-yilga  borib  0 ‘zbekistonda  haro­
ratning  ortishi  3,5°C  va  hattoki  4°C  ga  yetishi  mumkin.  Mutaxassislar  fik- 
richa  global  haroratning  ortishi  ayniqsa,  ‘zbekistonning  shimoliy  — 
g'arbiy  viloyatlarida  yaqqol  namoyon  bo‘ladi.  Janubiy  va  yondosh  tog‘li 
rayonlarda  haroratning  ortishi  uncha  yuqori  bo‘lmaydi.  60-yillardan  bosh- 
lab  0 ‘zbekistonning  ekotizimlarida  mislsiz  o'zgarishlar  bo'ldi.  Yuqori 
sur’atlarda 
magistral 
kanallar 
o'tkazildi, 
suv 
omborlari 
qurildi, 
sug'oriladigan yerlar kengaydi,  yaylovlarga  suv chiqarildi.
Antropogen  ta ’sir  natijasida  mamlakatning  faqatgina  qurg'oqchil 
zonalariningina  emas,  balki  tog'li  rayonlarning  ham  cho'llashuvi  ro'y  ber- 
moqda.  2020-2030-yillarga  borib,  0 ‘zbekiston  hududidagi  quruq  subtropik 
va  m o‘tadil  mintaqa  o ‘rtasida  chegara  2°  kenglik  shimolga  siljiydi,  ekstre- 
mal  harorat  ko'tariladi,  yog‘inlar miqdori  normadan  15—20  %  o ‘zgaradi.
Bu  esa  o‘z  navbatida  sovuqsiz  davrlarni  ko'paytiradi,  o'simliklaming 
vegetatsiya  davrini  uzaytiradi.  Ijobiy  oqibatlar  bilan  birgalikda  qishloq 
xo'jaligi  ekinlari  hosilining  kamayishiga  olib  keluvchi  xavfli  ob-havo  hodi- 
salarining  ehtimoli  kutilmoqda.  Xususan,  yozgi  haroratning  ortishi  kuzgi 
ozuqa  zaxiralarining  shakllanishiga  salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Haroratning  ko'tarilishi  ayrim  tropik  zararkunandalar  va  kasallik 
tarqatuvchi  organizmlarning  bostirib  kirishiga  olib  kelishi  mumkin.  Yov- 
voyi  hayvon  va  o'simlik  turlari  o'zlarida  evolutsion  mustahkamlangan  qar- 
shilik  ko'rsatish  imkoniyati  yo'qligi  sababli  ularga  bas  kelolmay  qolishlari 
ehtimoli bor.
Iqlim  zonalarining  siljishi  o'simlik  va  hayvon  turlarining  ko'chishi  yoki


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə