I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81

etish  ko‘zda  tutilgan  edi.  Ishlab  chiqarishni  bunday  tashkil  qilish  suv 
miqdorini  ko‘p  islilatishni  talab  qilar  edi.  Bu  esa,  suvdan  foydalanuvchi 
tashkilotlarga  suvning  sifati va  miqdoriga ta ’sir ko'rsatishi aniq edi.
35  yil o'tgandan  keyin  bu tadbirlarning  ko'rsatgan  salbiy holatlari  aiiiq 
bo‘la  boshladi  va  muammo  ancha  murakkablashdi.  Chunki,  qazilma  boy- 
liklar  qazib  olinadigan  hududlarda  sanoat  tez  va  keng  miqyosda  rivojlandi, 
yangi  sanoat  korxonalari  Ьаф о  etildi.  Bu  korxonalar  ko‘p  miqdorda  suvni 
iste’mol  qila  boshladi  va  qishloq  xo'jaligi  sohasiga  mo'ljallangan  suvlar 
miqdori  bora-bora kamayib  bordi.
Buning  ustiga  Orol  basseyni  aholisi  34  mln  kishiga  ko'paydi  yoki  bu 
1960-yildagi  aholi  soniga  nisbatan  2,5  m arta  ortiqdir.  Aholi  madaniylashib 
ko'proq  suvni  iste’mol  qila  boshladi,  sanoat  korxonalari  va  yangi  shaharlar 
paydo  bo‘ldi.  Natijada,  bu  hududlarda  qishloq  xo‘jaligiga  ko‘zlangan  suvlar 
miqdori  qisqarib  shahar va  sanoat  korxonalariga  ko'proq berila boshladi.
Shuningdek,  kerakmi,  kerak  emasmi,  tejamlimi,  tejamsizmi  buni 
e’tiborga  olmasdan  bir  qancha  kanallar  qazildi.  Ana  shunday  kanallardan 
biri  bosh  Qoraqum  kanalidir.  Bu  eng  katta  qurilish  inshooti  bo‘lib, 
Afg‘oniston  chegarasidan  tortib,  Turkmanistonning  cho‘llari  ustidan  Ash- 
xobat  tomonga  1400  km  masofaga cho'zilgan.
Sovet  Ittifoqi  tarqalmasdan  oldin  suv  resurslarini  taqsimlashni 
Markaziy hukumat  bajarar edi.  Hozirchi?
Bugungi  kunda  bu  hududda  5  ta  mustaqil  davlatlar  yuzaga  keldiki, 
ularning  har birining  Orol  hududidagi suvlarga  bo'lgan  ehtiyoji  deyarlik bir 
xildir.  Ular  xohlasalar  va  kelishsalar  bu  hududdagi  suvning  hozirgi  holdagi 
taqsimotlarini  saqlab qolishlari  mumkin.
Shu  bilan  birga,  har  qaysi  davlat  o‘zining  iqtisodiy,  siyosiy,  milliy 
ehtiyojidan  kelib  chiqib,  suv  resurslaridan  oqilona  foydalanish  choralarini 
ko'rishi  mumkin.  Ana  shunday  vaziyatda  davlatlararo  kelishmovchiliklar 
ham   paydo  bo‘lishi  turgan  gap.  Shuning  uchun  ham  Orol  dengizi  at- 
rofidagi  inqiroz  zudlik bilan  qarorlar qabul qilishni taqozo  qiladi.  Bu  soha- 
dagi  loqaydhk  Orol  bo‘yi  davlatlari  iqtisodiyotini  rivojlantirishga  o ‘z 
ta ’sirini  ko'rsatishi  mumkin.  Shu  sababli  Qozog'iston,  Qiig'iziston,  Toji- 
kiston,  Turkmaniston  va  0 ‘zbekiston  davlatlari  mustaqillikni  qo‘lga  kirit- 
gandan  keyin  Orol  dengizi  hududlari  bo‘yicha  umumiy  davlatlararo  dastu- 
rini  qabul qilishib,  uni  hayotga tatbiq qilish uchun harakat  qilmoqdalar.  Bu 
dasturning  birmchi  sharti  davlatlararo  kooperatsiyaning  huquqiy  asoslarini 
tasdiqlash  edi.
1993-yilda  besh  davlat  bosliliqlari  Orol  basseyni  bo‘yicha  tashkil  qi- 
lingan  kengashning  ustavini  (MCAM  —  межгосударственный  совет Арад­
ского  моря)  qabul  qilishdilar.  Kengashning  25  ta  a ’zosi  bor,  ya’ni  ken- 
gashga  har bir davlatdan  5  kishi  a’zo  bo‘lib  kirgan.  Bu  kengash bir yilda  ikki 
marta yig‘iladi.  Kengashning  xalqaro  Orol fondi va  Ijrokomi ham tuzildi.
Ijrokom  Orol  muammosiga  bag'ishlangan  barcha  harakatlami  reja- 
lashtirish,  muvofiqlashtirish,  qabul  qilingan  hujjatlarning  bajarilishini 
ta ’minlab  turadi.


1994-yil  yanvarida  besh  davlat  boshliqlari  Orol  muammosiga 
bag'ishlangan  loyiliani  m a’qulladilar,  bu  loyiha  Orol  dengizi  degan  nom 
oldi.  (Faza-1).  Besh  davlat  boshliqlari  Orol  dengizi  muammosini 
m a’qullab  texnik  va  moliyaviy  yordam  ko'rsatish  uchun  Yevropa  davlatlari 
tuzgan  sobiq  ittifoqdan  ajralgan  mamlakatlarga  yordam  ko‘rsatish  dasturi 
(Tasis)  fondidan  yordam  berishga  da’vat  etdilar.  Bu  yordamning  asosiy 
maqsadi  suv  resurslaridan  to ‘g‘ri  foydalanish  asosida  Orol  atrofidagi  mu- 
hitni va  irrigatsiya  holatlarini  yaxshilashga  qaratilgan.
Tasis  —
  yevropa jamiyati  tomonidan  mustaqil  hamdo‘stlik  mamlakat- 
lari va  Mongoliya  bilan  Yevropa  davlatlari  o'rtasida  iqtisodiy,  siyosiy,  alo- 
qalami  mustahkamlash  va  bu  davlatlarga  bozor  iqtisodiyotiga  o'tishda  har 
tomonlama yordam  ko'rsatish  maqsadida tuzilgan tashkilotdir.  Bu  tashkilot 
keyingi  to ‘rt  yil  ichida  (1991—1995-y)  hamdo'stlik  mamlakatlariga  2.268 
EKYu  ajratdi  bu  esa  2  ming  dan  ortiq  loyihalami  bajarishga  qaratilgandir. 
Hozirgi  kunda  faqat  Orol  masalasigina  emas,  yana  Kaspiy dengizi suvining 
ko'tarilishi  ham  muammo  bo‘lib  turibdi.  Oxirgi  5  yil  ichida  uning  suvi 
2  metrga  ko‘tarilgan.  Bu jarayon  davom  etayapti.  Shu tarzda  davom  etadi- 
gan  bo‘lsa,  2020-yilga  borib,  u  yana  5  metrga  ko'tariladi.  Natijada,  4  ta 
davlat  -   Ozarbayjon,  Turkmaniston,  Rossiya  va  Qozog‘istonning  minglab 
km2  yerlari  suv  ostida  qolib  ketadi.  Ko'plab  turarjoy,  tem ir  va  avtomobil 
yo‘llari  dengiz  tagida  qoladi.  Shu  respublikalar  uchun  Kaspiyning  ortiqcha 
suvini  qayerga  yo‘qotish  katta  muammodir.  Shu  muammo  hal  qilinsa  va 
eng  oqilona  loyiha  ishlab  chiqilsa,  yuzlab,  minglab  gektar  hosildor  yerlar 
qutqarib qolinadi.
Agar  Kaspiy  suvini  Orol  dengiziga  o'tkazish  sarf  xarajatlarini  suv 
toshqini  sarf-xarajatlari  bilan  solishtirganda,  Kaspiy  suvining  bir  qismini 
Orolga  o ‘tkazish  osonroq  bo'ladi.  Uning  ustiga  ikki  dengiz  orasidagi 
masofa  500  km  atrofida.  Bu  degan  so‘z  qo'shimcha  ishchi  o'rinlari  va 
yangi  kanal  vujudga  keladi  3  ta  respublikani  (Qozog‘iston,  Turkmaniston, 
‘zbekiston)  bir-biri bilan bog'lovchi yangi transport yo‘li  paydo  bo'ladi.
Ozarbayjon,  Rossiyadan  esa  yukiar to ‘g‘ri  Qoraqalpog‘istonga  tushadi. 
Orol  dengizi  qurishi  natijasida  keladigan  zarar  haqida  boshqa  m a’lumotlar 
ham  bor.  Orlova  va  Oxunovalaming  ma’lumotlariga  ko‘ra  sobiq  Orol  den­
gizi  tubidagi  tuzlar  katta  masofaga  tarqab,  hatto  Himolay  tog'lariga  va 
Mongoliyaga ham yetib  boigan.
3.  Orolni  saqlab qolish  mumkin  bo‘lgan  chora-tadbirlar
1.  Ocliiq  kanallarni  betonlaslitirish,  suvni  m e’yorida  taqsimlash,  yangi 
(tomchilatib,  yomg'irlatib)  sug‘orish  usullarini  joriy  qilish  sel  suvlaridan 
oqilona  foydalanish.  Bu  tadbirlar  Orol  suvini  ko'paytirish  bilan  birga, 
uning  havzasidagi tabiiy,  ijtimoiy —  iqtisodiy jarayonlami  yaxshilaydi.
2.  Orolning  asosiy  manbayi  hisoblangan  Amudaryo  va  Sirdaryo 
havzalarini  qattiq  nazorat  qilib  iloji  boricha  ikki  daryo  suvini  ko'paytirib 
Orolga  tashlash  lozim.  Amudaryo  havzasidagi  Sarez  ko‘U  suvininig  bir


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə