I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81

qismini  Rangun,  Norak,  Janubiy  Surxon,  Tolimaq'on,  Qo'yimozor,  Zand, 
Tuyamo‘yin,  D autko‘l  suv  omborlarini,  Vaxsh,  Qarshi,  Amu-Buxoro 
kanaliar  suvining  m a’lum  qismini  Amudaryoga  qaytarish  kerak.  Hozirgi 
vaqtda  birgina  Qoraqum  kanali  orqali  Amudaryodan  har  yili  12  km3  suv 
olinmoqda.  Mutaxassislar  fikriga  ko'ra  shuning  7  km 3  gacha  hajmi 
bug'lanib  va  qumga singib  yo‘q bo‘lmoqda.
Kanalning  enini  qisqartirilib  betonlashtirilsa  5 - 6   km3  suvni  iqtisod 
qilib  Amudaryoga  qaytarish  mumkin.
Sirdaryo  havzasidagi  T o‘xtagul,  Andijon,  Qayraqum,  Chorvoq,  Chor- 
dara  suv  omborlari,  ba’zi  kanaliar  suvining  bir  qismi  va  Haydarko‘1  suvi­
ning  hammasini tozalab  Sirdaryoga yuborish  lozim.
3.  Yana  bir  kechiktirib  boim aydigan  muhim   masalalardan  biri 
sug‘orishni  jadallashtirish  maqsadida  Amudaryo  va  Sirdaryo  havzalarida 
tashkil  etilgan  suv  omborlarining  holatidir.  Bu  suv  omborlariga  Amudaryo 
va  Sirdaryodan  ko‘p  suvlar  olinib  daryolar  suvining  keskin  qisqarishiga  sa- 
bab  bo‘lmoqda.  Lekin  suv  omborlari  suvining  ko‘p  qismi  bug‘lanib  ket- 
moqda,  yildan-yilga  loyqalar  hisobiga  ularning  sathi  ham   qisqarib  bormoq- 
da.  Eng  achinarli  tom oni  shundaki,  deyarli  barcha  suv  omborlari  atayin 
tashkil  etilgandek jo ‘g‘rofiy  o'rniga  ko‘ra  aholi  zich  yashaydigan  shaharlar 
va  qishloqlar  yuqorisida  (ustida)  qurilgan.  M a’lumki  bu  hududlar  yangi 
tektonik  harakatlar zonasiga  kiradi.  Shunday  holatda  bu joylarda  kuchli yer 
qimirlash  bo‘lmaydi  deb  kim  kafolat  bera  oladi?  Shulami  hisobga  olib 
ko‘pgina suv omborlarining  bahridan o ‘tish kerak.
4.  Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Buxoro,  Navoiy,  Chorjo'y  vohalarida 
vujudga  kelayotgan  barcha  qaytarma,  oqova  va  zovur  suvlarini  yig‘uvchi 
maxsus  kollektorlar  qazib,  suvni  Orolga  oqizishni  zudlik  bilan  amalga 
oshirish kerak.
Sariqamish  ko‘liga  qo‘yiladigan  Laremok  va  Ozerniy  kollektorlarini 
ham   Orolga  yo‘llash  kerak.  Bu  tadbirlar  Sirdaryo  havzasi  va  boshqa  voha- 
larga  ham  taalluqlidir.  Albatta,  yuqorida  aytilgan  chora-tadbirlarni  amalga 
oshirish  uchun  katta  kuch  va  mablag*  talab  etiladi.  Buning  uchun  M ar­
kaziy  Osiyo  mamlakatlari  ajratadigan  mablag'larni  ko‘paytirish,  xayrixoh 
jalion jamoatchiligidan  oqilona  foydalanish,  Orol  hayriyasiga  tushgan  pul- 
lar shu  maqsadlarda  ishlatilishi m a’qul bo'ladi.
Keltirilgan  tadbirlar to ‘la  amalga 'oshirilsa,  yaqin  orada  Orolga  yog'in- 
sochin  va  yer  ostidan  sizib  tushadigan  suvlar  bilan  birga  yiliga  taxminan 
30-35  km3  suv  qo'shish  mumkin.  Bu  esa  Orolning  hozirgi  holatini  saqlab 
qolishga  imkon  beradi.  Uning  qimmatga  tushmaydigan  yana  bir  chorasi 
hammasi  bo‘lib  yiliga  10—12  km3  suv  olib  kelinadigan  yopiq  suv  quvur- 
larini  yotqizishdir.  Bu  xayrli  ishni  Irtish  daiyosidan  taxminan  Tobolsk 
shahri  atrofidan  boshlanib  To‘rg‘ay  darvozasi  orqali  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri 
Orolga  olib  boriladi.  Buning  afzalliklari  shundaki,  suv  bug’lanmaydi  va 
boshqa  xil  isrofgarchilikka  yo‘l  qo'yilmaydi,  ekologik  o ‘zgarishlarga  ta ’sir 
ko'rsatmaydi.  Orol  dengizi  suvi  ko'payishi  bilan  birga  u  chuqurlasha 
borishi,  tez  orada  amalga  osliishi  mumkin  va  hokazo.  Bu  loyiliani


Markaziy Osiyo  davlatlari  Rossiya  bilan  kelishgan  holda  amalga  oshirishlari 
mumkin,  chunki,  Orolning  mudhish  holati  Rossiyaga  ham  o‘z  ta ’sirini 
ko'rsatishi hech kimga  sir emas.
NAZORAT  SAVOLLARI
1.  Orol  dengizining  qurish  sabablari  va  uning  hozirgi  holatini  tushun- 
tiring.
2.  Orol  dengizi  qurishining  salbiy oqibatlari  nimadan  iborat?
3.  Orol  dengizini  saqlab  qolish  to ‘g‘risida  qabul  qilingan  qanday  huj- 
jatlam i bilasiz?
4.  Orolni  saqlash  maqsadida  qanday chora-tadbirlami  amalga  oshirish 
lozim!


HOZIRGI  EKOLOGIK  KRIZIS  (TANQISLIK)  VA UNING 
XUSUSIYATLARI 
1. 
Ekologik krizis  va  ekologik vaziyat  (situatsiya)
Yangi  sifat  o'zgarishlarga  olib  keladigan  biosfera  yoki  uning  katta  bir 
bo'lagining  o'zgarishiga 
ekologik krizis
 deyiladi.
Biosfera  tarixida  bir  nechta  ekologik  krizislar bo‘lib  o'tgan.  Shulardan 
eng  mashhuri  70  —  100  mln  yil  oldin  bo‘r  davrining  oxirida  bo'lib  o ‘tgan, 
natijada,  sudralib  yuruvchilaming  5  ta  otryadlari  (dinozavrlar,  pterazavrlar, 
ixtiozavrlar)  turlari  o‘lib  yuqolib  ketgan.  Ulaming  o ‘lib  ketishini  tushunti- 
ruvchi  yagona  bir  fikr  yo‘q.  Ba’zi  bir  kuzatuvcliilaming  fikricha,  bunga 
iqlimning  keskin  o ‘zgarishi  sabab  bo'lgan  bo‘Isa,  boshqa  fikrlarga  ko'ra 
evolutsion jarayon.  Jum ladan,  gulli  o ’simliklaming  paydo  bo‘lib,  floraning 
o‘zgarishi  ulam ing  yo‘qolishiga  sabab  bo'lgan,  uchinchi  bir  fikrga  qara­
ganda  katta  bir  asteroid  yerga  urilib  yer  iqlimining  o ‘zgaritirshi  oqibatida 
bu  hodisa ro‘y bergan  deyiladi.
N.F.Reymers  (1992)ning  aytishicha,  2,5—3  mln  yil  oldin  inson  paydo 
bo'lganga  qadar  ekologik  krizis  qurg‘oqchilikning  boshlanishi  bilan  bog'liq 
bo‘Ub,  natijada,  o'sim lik  hayotiy  shakllarining  o‘zgarishi  bo'lgan  va 
o ‘rmonlar o ‘miga  dasht  va  cho‘llar,  sahrolar paydo  bo'lgan.
Iqlim  o'zgarishi  oqibatida  paydo  bo'lgan  krizislarga  yana  bir  misol 
qiUb  bundan  30  —  40  ming  yil  ilgari  (yuqori  poleolit)  yer  yuzasini  qoplab 
olgan  muzlik  davrini  ko'rsatish  mumkin.  Bu  davrda  mamontlar,  junli  va 
shu  kabi  ko'pchilik  yirtqich  hayvonlar yo'qolib ketgan.
Inson  paydo  bo‘lganidan  so'ng  u  o 'z  faoliyati  natijasida  tabiatga  ta ’sir 
o'tkazib  unga  yirik  hajmda  bo'lmasa  ham  ba’zi  bir  ekologik  krizislarga  sa­
bab  bo'ldi.  Ekosistemalami  yoshartiraman  deb  o'rm onlam i  yo'q  qilgan. 
Bunga  misol  qilib  Sahroyi  Kabrni  olish  mumkin.  Bundan  5 — 11  ming  yil 
ilgari  Sahroyi  Kabrda  daryolar  oqib,  u  o'simliklar  dunyosiga  boy  bo'lgan. 
Bir  tom ondan  o'sim liklar  turlarining  insonlar  ta ’siri  natijasida  yo'qola 
borishi  va  ikkinchi  tom ondan  iqlimning  o'zgarishi  qurg'oqchilikning  bosh­
lanishi  asta-sekin  bu  mintaqada  o'simliklar  va  hayvonot  dunyosini  keskin 
o'zgartirib,  ulaming  yo'qolib  ketishiga  va  Sahroyi  Kabming  hozirgi  ho- 
latiga olib  kelgan.
Miloddan  oldingi  II  asrda  Rim  imperiyasi  Shimoliy  Afrikani  bosib 
olib,  u  yerlarni  dehqonchilik  qiUb  bo'lmaydigan  darajaga  olib  keldi.  Bu 
yerlar  tabiatining  buzilishiga  sabab  bo'lgan  narsa  yerlarni  shafqatsizlik  da-


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə