I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova


  0 ‘zbekiston  Respublikasida  cho'llashishga



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81

3.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  cho'llashishga 
qarshi  kurashning milliy dasturi
C ho‘llashishga qarshi  kurash  choralari quyidagilardan  iborat:
1.  Yerlar digradatsiyasining hajmini qisqaitirish yoki uning oldini olish.
2.  Qisman  digradatsiyaga uchragan  yerlarni  qayta tiklash.
3.  ChoMIashishga duchor bo'lgan yerlarni qayta tiklash.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  barqaror  va  bir  tekis  rivojlanishining
asoslaridan  biri  cho'llashishga  qarshi  qaratilgan  chora  tadbirlar  tashkil 
etadi.  Cho'llashishga  qarshi  kurashish  3  qismdan tashkil topgan:
a)  cho'llashishga qarshi  o'tkaziladigan chora  tadbirlar;
b)  tabiiy  muhit  holatini  va  nazoratini  kuzatish  sistemasini  tashkil- 
lashtirish;
d)  cho'llashishning  oldini  olishga  qaratilgan  ilmiy loyihalar tuzish.
4.  Cho'llashishga  qarshi chora-tadbirlar
Eroziyaga  qarshi  tadbirlar.
  Cho'llashishga  qarshi  kurashishning  muhim 
omillaridan  biri tashkiliy xo'jalik va  agrotexnik tadbirlar  hisoblanadi.
Bular 
tuproqning 
yuza 
qatlamining 
yemirilishi 
(buzilishi)ni 
to'xtatishga  qaratilgan  bo'lib,  eroziyaga  uchragan  yerlaming  unumdorlini 
oshirishi  mumkin.
Eroziyaga  uchragan  yerlarda  qishloq  xo'jaligi  ekinlarini  ekishning 
agrotexnik tarkibiy qismini ham  shular tashkil  etadi.
Ana  shu tadbirlar orasida  muhim  o'rinni almashlab  ekish egallaydi.
Kuchli  eroziyaga  uchragan  sug'oriladigan  yerlarda  va  o'rtacha va  kuchli 
shamollar ta’siri  ostida  bo'lgan  yerlarda  vegetatsiya  davri  uzoq  cho'ziladigan 
ekinlardan tashkil topgan almashlab ekish yaxshi natija beradi.
Qumli,  tuprog'i asosan yuviladigan xavfli joylarda eni 9  metrli dukkakli- 
g'alla  ekinlaridan  tashkil  topgan  polasalar  tashkil  etib,  ular eni  30  m  keladi- 
gan g'o'za yoki boshqa  asosiy ekinlar bilan navbatlashib ekilishi lozim.
Shamol  tuproqning  yuza  qismini  oson  uchirib  ketadigan  joylarda 
baland  bo'yli  ekinlami  har  25—30  metrda  navbatlab  ekish  maqsadga  mu- 
vofiqdir.
Kuchli  shamollar  bo'lib  turadigan  yerlarni  1—2  marta  qo'shimcha 
sug'orib,  tuproq  namligini  ushlab  turish  kerak.  Bundan  tashqari,  g'o'za, 
poliz  va  sabzavot  ekinlari  hamda  kartoshkadan  tashqari  barcha  ekinlarni 
ekish  m e’yorini  oshirish,  qo'shim cha  organik  va  mineral  o'g'itlar  solish, 
sideratlardan  foydalanish  ham  tuproq  strukturasini  yaxshilaydi,  tuproqdagi 
biologik  massani  ko'paytiradi,  demak,  tuproqning  eroziyaga  chidamliligini 
oshiradi.
Tashkiliy  -   xo'jalik  tadbirlardan  biri  bu  ekinlar  ekiladigan  yerlar  mik- 
rorelyefi  holatini  doimo  nazorat  qilib  turish,  ekish va  ekilgan  ekinlami  qayta 
ishlashda qiyalaming optimalligini e’tiborga olish lozim.
Lalmikor  yerlarni  suv  eroziyasidan  asrash  uchun  qiya  joylami


ko‘ndalangiga  haydash,  polasali  chuqur  qilib  yumshatish,  kuzgi  shudgor- 
lam i  molalash va  egatlar olib  chiqish lozim.
Yaylovlami  ekologik  depressiyadan  saqlash  va  ularning  mahsuldor- 
ligini  oshirishning  muhim   talablaridan  biri,  bu  yaylovlarda  mol  boqishni 
tartibga solib turish  ham da fitomeliorativ tadbirlarni  qo'llashdir.
C ho'l  yaylovlarini  fitomelioratsiya  qilishning  nazariy  asoslarini 
qorako‘lchilik  ilmiy  tekshirish  instituti  hamda  botanika  instituti  xodimlari 
tom onidan  asoslab berilgan.
0 ‘zbekistonda  3,1  mln  gektar  yer  yoki  yaylovlaming  15  %ni  tubdan 
yaxshilash dasturi tuzilgan.
5.  0 ‘rmon-raeIiorativ tadbirlar
Bu tadbirlarga  quyidagilar kiradi:
a)  ixota  o ‘rmonlar polasalarini tashkil qilish;
b)  yirik yo‘l va irrigatsiya  kanallar atroflariga  daraxtlar ekish;
d)  qirg‘oqlar,  qirlarni  mustahkamlaydigan  o'simliklami  ekish;
e)  tog*  qiyalarida  terrasalar  tashkil  etib  yowoyi  va  meva  daraxtlarini 
o ‘tqazish;
f)  qumlarda o ‘rmonlar tashkil etib ko‘chuvchi qumlami mustalikamlash.
Asosiy  ixota  o ‘rm on  polasalari  3—4  qatordan  iborat  bo‘lib,  shamolga
nisbatan  ko‘ndalangiga bir-biridan  300—500  m   masofada joylashtiriladi.
Bundan  tashqari,  yordamchi  ixota  o‘rmonlari  bo‘lib,  1—2  qator  qilib 
asosiy  o ‘rm on  polasalariga  perpendikular  holda  bir-biridan  800—1200  m 
masofada joylashtiriladi.
Kuchli  shamollar  bo'lib  turadigan  hududlarda  ixota  o ‘rmonlar  uchun
2—3 
%
  sug‘oriladigan  yerlar  ajratilsa,  o‘rtacha  holatdagida  1,5—2  %, 
kuchsiz shamolli  holatlarda  0,5  %  yer ajratiladi,  xolos.
Yillik  yog‘ingarchilikning  miqdori  300  —  500  mm  bo'lgan  lalmikor 
yerlarda  ixota o'rm onlam i tashkil  etish  mumkin.
Tog‘  zonalaridagi  terrasli  o‘rmonlar  8°  dan  40°  gacha  qiyali  bo'lgan 
Qashqadaryo,  Surxondaryo,  Jizzax va Toshkent viloyatlarida tashkil qilinadi.
QumU  cho'llarni  saksovul,  izen,  selin,  teresken  va  shu  kabi 
o'sim liklami ekish yo'llari  bilan  mustalikamlanadi.
Bunday  ishlar  asosan  Qoraqalpog'iston  respublikasi,  Xorazm,  Buxoro 
va  Qashqadaryo  viloyatlarida olib borilmoqda.
O ‘rmon-meliorativ tadbirlar hajmi
t/r
Tadbirlar xili
O'lchov
birligi
Ishning 
umumiy  hajmi
Birinchi
navbatda
1
Ixota  daraxtzorlari,  hammasi
ming ga
112
35
Shu 
jum ladan, 
sug'oriladigan 
yerlarda
ming  ga
78
30
Magistral va irrigatsiya shahobcha-


2
lari atroflariga daraxtlar o ‘tqazish
ming  ga
38
20
3
Magistral 
yo‘l 
atroflariga 
daraxtlar o'tqazish
ming ga
I4
5
4
Eroziyaga 
qarshi 
ko'chatlar 
o ‘tqazishning boshqa turlari
ming ga
6
2
5
Tog‘  qiyalarini  terraslab  daraxtlar 
o'tqazish
ming ga
168
.40
6
Qumlarni  o'simliklar  ekib  mus­
tahkamlash
ming ga
208
180
6.  Gidrotexnik tadbirlar
Eroziyaga  qarshi  o ‘tkaziladigan  tadbirlar  orasida  ko‘p  kapital  talab 
qiladigaiii  gidrotexnik  tadbirlardir.  Bu  xil  tadbirlami  agrotexnik,  o'rm on- 
meliorativ  tadbirlar  qo‘flash  mumkin  bo‘lmagan  joylarda  yoki  ular  yaxshi 
kutilgan  natija bermaydigan vaqtda  qo'llaniladi.
Gidrotexnik tadbirlarga  quyidagi tadbirlar kiradi:
a)  qirg‘oqlarni  mustahkamlash ishlari;
b)  sellardan  himoya  qilish tadbirlari;
d) 
irrigatsiya tarmoqlarini  qayta  qurish  va  ularni  eroziyadan  asrash  in- 
shootlarini yaratish.
Qirg'oqlarni  mutahkamlash  ishlari  irrigatsiya  tarmoqlari  atroflarining 
yiqilishidan  hamda  ularning  atroflaridagi  yerlami  suv  bosishidan  saqlash 
maqsadida olib  boriladi.
Eroziyaga  qarshi  o‘tkaziladigan  gidrotexnik  tadbirlaming  yarmidan 
ko‘pi qirg‘oqlami  mustahkamlash tadbirlar liissasiga to ‘g‘ri keladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasida  sellar  Qoraqolpog'iston  Respublikasi  va  Xo- 
razm  viloyatidan  tashqari  barcha viloyatlarda  bo‘lib  turadi.  Sellardan saqlanish 
tadbirlariga  umumiy  gidrotexnik  tadbirlaming  20  %  to‘g‘ri  keladi.  Sel 
to'planadigan  omborlar  qurish,  sellar  chiqarib  tashlaydigan  kanaliar  qazish, 
sellardan himoya qiluvchi dambalar qurish,  sellami ushlab qoladigan inshootlar 
yaratish va shu kabilar sellardan saqlanuvchi tadbirlarga kiradi.
Hammasi  bo‘lib  434  mln  m3  (har  qaysisi  0,1  dan  to  30  mln  m 3 
gacha)  hajmdagi  suv to'playdigan  301  ta  sellar yig'iladigan  inshootlar  quri- 
lishi  ko‘zda tutilmoqda.
Sel  to ‘playdigan  inshootlar  yordamida  Respublikada  qo'shimcha 
20  ming gektar yerni  o ‘zlashtirish  inikoniyati yaratiladi.
O‘zbekistonda  sel yig‘iladigan  inshootlar taqsimoti
t/r
Viloyatlar
Sel to ‘planadigan 
inshootlar
Umumiy hajmi, 
mln  m 3
1
Andijon
9
6.8
2
Buxoro,  Navoiy
13
3,0
3
Jizzax
24
88,0


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə