I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81

logik  yoki  noosferalik  tashkilotlarni,  institutlarni  tuzish  xalqaro  ekologik 
huquqlami  yaratishdir.  Ana  shu  tashkil  qilingan  ekologik  institutlar  ishlab 
chiqqan tavsiyanomalar asosida  ekologik asoslangan qarorlar qabul qilinishi 
kerak.  Bu qarorlar  ekologik  tashkilotlarga  a ’zo  bo'lib  kirgan  barcha  davlat- 
lar  uchun  majburiydir.  Ana  shunday  muhim  vazifani  N.N.Maiseyevning 
fikricha  BMT  (birlashgan  mfflatlar  tashkiloti)  bajarishi  mumkin.  Buning 
uchun,  albatta,  BMT ustaviga o'zgarishlar va aniqliklar kiritilishi  lozim.
Tabiatga  zarar  keltiruvchi,  ekologik  muhitni  buzuvchi  inson  faoli- 
yatining  ba’zi  bir  qirralarini  man  etadigan  qarorlar  ham  qabul  qilinishi 
lozim.  Ya’ni  N.N.Maiseyevning  ta ’biri  bilan  aytganda  insonlar  rivojla- 
nishni tabiat  bilan  kompleks  holda olib borishi  kerak.
Albatta,  ekologik  muammolami  yechishda  ekologik  bilimlar,  ki- 
shilaming  xohishi  yoki  m an  etadigan  qarorlar  yetarli  darajada  bo'ladi  deb 
hisoblash  noto'g'ri.  Bu  yuqorida  aytilgan  tadbir  choralar  bilan  bir  qatorda 
ekologik  muhitni  sog'lomlashtirishning  asosiy  mezonlaridan  biri  haqiqiy 
madaniy  insonni  tarbiyalash.  Shaxs,  jamiyat  va  tabiatning  garmoniyasini 
ta ’minlash  lozim.  Aytishlariga  qaraganda,  bizgacha  bo'lib  o'tgan  ekologik 
krizislar  aynan  ana  shunday  garmoniyaning  buzilishi  oqibatida  paydo 
bo'lgan.  Rio  de  Janeroda  e ’lon  qilingan  konsepsiyaga  asosan  shunday  xu- 
losa  kelib  chiqadiki,  hozirgi  kunda  ekologik  krizislaming  oldini  olish 
yo'llari  topilgan,  faqat  uni  amalga  oshirish  uchun  harakat,  kuch  talab  eti- 
ladi.  Biroq  noosfera  nuqtayi  nazaridan  yondoshganda  hozirgi  kunda  vazi- 
yat jiddiy  va  ancha  murakkab  hisoblanadi  va  bu  krizisdan  chiqish  noosfe- 
raga  o'tish  yo'llarini  topish  uchun  barqaror  rivojlanish  uchun,  juda  qiyin, 
uzoq va  qarama-qarshi  davmi  o'tish lozim bo'ladi.
V.I.Vemadskiy  noosfera  bu  kishi  tom onidan  boshqariladigan  biosfera 
deb  atagan  degan  tushunchalar  ham  bor,  biroq  boshqariladigan  biosfera 
to'g'risida  so'z  yuritish  mumkin  emas,  chunki  biosferadagi  jarayonlar 
shunchalik  murakkab,  ko'p  qirrali,  turli-tum an  va  o'zgaruvchanki,  ulami 
boshqarib  bo'lmaydi.
Ana  shunday  qiyin  vaziyatdan  chiqishning  asosiy  yo'li,  dedi 
V.N.Voronkov  (1999),  -   insonning  biosferadagi  ko'rsatayotgan  ta ’sirini 
kam  deganda  10  barobar  kamaytirishdir.  Ya’ni  boshqacha  qilib  aytganda 
biosferada  1  %dan  ortiq  birlamchi  mahsulot  olish  mumkin  emas,  yoki 
hozirgi  yer  yuzida  mavjud  bo'lgan  1—3  %  qo'riqxonalar  hududi  hissasini 
45—50  %gacha va  o'riladigan  o'rm onlam ing  yoshini  80—100  dan yoki  300- 
yilga  oshirish,  yer  shari  aholisini  miqdorini  10  barobar  kamaytirish demak- 
dir.  Bu  xil  tushuncha  mualliflarining  tashvishlarini  tushungan  holda  ulam ­
ing  ba’zi  bir  xulosalari  bilan  hamkorlik  qilish  qiyin.  Masalan,  o'rm onlam i 
80—100  yoshda  emas,  balki  300  yoshda  qirqish  lozim  degan  tushunchalari 
tajribalar yoki  kuzatishlar bilan asoslangani yo'q.
Xuddi  shunday  aholi  sonini  keskin  qisqaitirish  yoki  yer  yuzining  de- 
yarlik  yarmisini  qo'riqxonalarga  aylantirish  lozimligi  to'g'risidagi  fikrlari 
ham  haqiqatdan uzoqroqdir.
Noosferani  boshqariladigan  biosfera  deb  atashni  ham  tushunish  qiyin,


chunki  biosferani  ular  aytganidek  boshqarish  xavfli  va  noreal.  Tabiiy  va 
ayniqsa,  sun’iy ekosistemalarni  boshqarib  turish  inson  qoiid an   keladi.
Yangi  mafkuraviy  prinsiplarni  shakllantirishga  qaratilgan  fikrlar,  tak- 
liflar  dolzarb  va  istiqbolli  hisoblanadi.  Inson  faoliyatini  baholashda  uning 
faqat  iqtisodiy  talablarini  qondirishdan  voz  kechish  lozim.  Yoki  davlatlar- 
ning  rivojlanish  darajalarini  va  jamiyatning  farovonligini  baholashda  ular­
ning  tabiiy  resurslardan  to iiq   foydalanishga,  havo,  suv  va  boshqa  muhit- 
larni  ifloslanishidan  asrash  choralarini  ko'rishga  ko'proq  e’tibor  berish 
kerak bo'ladi.
Hozirgi  kunda  jamiyatning  farovonlik  darajasini  baholash  mezonlari 
taklif  qilinmoqda.  Chunki  ichki  yalpi  mahsulot  (IYaM)  va  har  bir  jon 
boshiga  to ‘g‘ri  keladigan  daromadlar  o‘rniga  BMT  gumanitar  rivojlanish 
«indeksi»ni  (G R I)  va  stabil  iqtisodiy  barqarorlik  «indiksi»  (SIBI)ni 
kiritishni  taklif  qilmoqda.  Masalan,  gumanitar  rivojlanish  indeksi  in- 
sonlam ing  umrini,  ta ’lim  va  turmush  darajalarini  yaxshilashga  qaratilgan 
tabiiy  resurslardan  foydalanishni  o 'z   ichiga  oladi.  Bu  mezonlar  nuqtayi 
nazaridan  baholanganda  jon  boshiga  ko‘p  daromad  oladigan  mamlakat- 
larning  gum anitar  indeksi  past  darajada  bo'lishi  mumkin.  Masalan,  Shri- 
lanka  respublikasida  jo n   boshiga  to 'g 'ri  keladigan  ichki  yalpi  mahsulot 
(IYaM)  past  darajada  (bir  yilda  2059  dollar)  bo‘lsa,  gumanitar  rivojlanish 
indeksi  (G R I)  baland  bo'lib,  0,79  (maksimal  1  ga  teng)ga tengdir.
Braziliyada  bu  ko'rsatgichlar  mutanosib  ravishda  4307  dollar va  0,78  ni 
tashkil  etadi.  Rivojlangan  Amerika  Qo'shma  Shtatlari jon  boshiga  to'g'ri  ke­
ladigan  daromad  bo'yicha  eng  yuqori  o'rinni  egallasa  ham  (bir  yilda  17650 
dollar),  gumanitar  rivojlanish  indeksi  bo'yicha  dunyoda  19-o‘rinda  bo'lib, 
Avstraliya,  Kanada,  Ispaniya va shu kabi davlatlardan orqada turadi.
Atmosferadagi  CO2  ning  emissiyasini  kamaytirishga juda  katta  e ’tibor 
berilmoqda.  L.Braunning  fikricha  yaqin  30-yillar  orasida  (bu  maksimal 
qabul  qilingan  muddat).  Hozirgi  kunda  bir  yilda  atmosferaga  ajralib 
chiqayotgan  6  milliard  tonnadan  ortiq  CO2  ning  miqdorini  2  milliard  ton­
naga  tushirish  lozim.  Ana  shu  muddatga  borib  ko'm ir  va  neft  mahsulotlari 
yoqish  amalda  tugatilishi  kerak.  Uning  o'rniga  quyosh,  shamol,  geotermal 
issiqlik  va  shu  kabilardan  energiya  ajratib  olinishi  mo'ljallanmoqda.  Bun­
dan  tashqari,  tashqi  m uhitni  ifloslantirishga  qaratilgan  tadbirlarga  soliq  so- 
lish  ko'zda  tutiladi.
Insonning  talab  va  xohishlarini  uzluksiz  qondirish  sohasida  olib  bori- 
lishi  lozim  bo'lgan  yo'llar  hozirgi  kunda  iqtisodiy,  mafkuraviy  va  ekologik 
nuqtayi  nazaridan  o'zini  oqlamaydi.  Inson  uchun  bunday  yo‘l  band 
(yopiq)  hisoblanadi.  Bunday  yo'l  bilan  ba’zi  bir  davlatlar  borishi  mumkin, 
biroq barcha  insoniyatning bu  yo'l bilan  rivojlanishi o'lim  bilan  tengdir.
Amerikalik  olim  Allan  Dloringning  aytishicha,  rivojlanishning  bu 
modeli  sayyoramizga  o'lchab  bo'lmaydigan  darajada  zarar  keltirib  boy  ya­
shaydigan  1  milliard  aholisi  uchun  maqbuldir.  Biroq  bu  modelni  sayyora- 
mizdagi  barcha  aholi  uchun  amalga  oshirish  mumkin  emas.  Bordiyu,  bar­
cha  xalq  ana  shunday  boy  yashashga  intilsa  unda  ular  maqsadga  erishmas-


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə