I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81

ham  davom  etaveradi.  Shunday  holat  davom  etaversa  Orol  dengizi  ki- 
chrayib,  qurib  umumiy  maydoni  4—5  ming  km2  keladigan  sho'r  ko‘lga  ay- 
lanish  ehtimoli  bor.  Orol  dengizi  suvining  sho'rligi  22—23 
%
  ko'tarildi. 
Dengizning  sayoz  Sharqiy  Janubiy  va  Shimoliy  qirg‘oqlaridan  dengiz  suvi 
60—120  km  chekinib,  sho'rhok  yerlarga  aylanib  qoldi.  Keyinchalik  suvning 
sho‘rlanish  darajasi  41—42  %ga  yetib  borishi  mumkin.  Oqibatda  ekologik 
sharoit  buzilib  baliqlar  o ‘Ub  ketadi.  Hozirda  Orol  dengiziga  Amudaryo  va 
Sirdaryoning  suvi  (zovur  —  qaytarma,  sizot  suvlarini  hisobga  olmaganda) 
deyarU  qo'yilmayapti.  Aksincha,  dengiz  yuzasidan  yiUga  40,0  km3  atrofida 
suv  bug‘lanib  ketmoqda.  Demak,  suv  kirimi  uning  sarflga  qaraganda  kam- 
roq  va  tez  orada  Orol  dengiziga  qo'shim cha  suv  tashlanmasa  yana  15—20 
yildan  so‘ng  suv  sathi  hozirgiga  nisbatan  12—13  m.  1961-yildagi  holatga 
nisbatan  esa  19-20  m etr  pasayib  ketadi.  Suvning  sho'rligi  esa  77  %  boradi. 
Hozirgi  kunda  dengiz  sathi  16,5  m.ga  pasaydi  (1997).  Natijada,  Orol  den­
gizi ikki  katta va  kichik  Orolga bo‘lindi.
Dengiz  suv  sathining  pasayishi  tufayli  uning  atrofida  4  mln  ga  yaqin 
sho‘rxokka  aylanib  kuchli  shamol  u  yerdagi  tuz  qum  va  changlarni 
ko‘chirib,  300  km  masofagacha  olib  borib  tarqatmoqda.  Changlar  bilan 
birga  xloristovodorod  va  oltingugurt  kislotalarini  ham  tarqatmoqda.  N ati­
jada,  atrofdagi obikor yerlarga  zarar keltirilmoqda.
M a’lumotlarga  ko‘ra  quyi  Amudaryodagi  yerlaming  har  gektariga
0,8  —  1,0  t  tuz  kelib  tushmoqda.  Bu  esa  yerlami  sho'rlatib,  mehorativ  ho- 
latini  yomonlashtirib  paxta  va  boshqa  ekinlar  hosildorligiga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatmoqda.  Dengiz  suv  sathining  pasayishi  tufayli  Amudaryo  va  Sir- 
daryo 
deltalaridagi 
to ‘qayzorlar, 
yaylovlar, 
o‘tloqlar 
qurib 
qayta 
cho‘llashmoqda.  Dengiz  atrofidagi  tumanlarda  yer  osti  suv  sathi  pasayib 
chorvachilik  uchun  ozuqa  bo'ladigan  o'simliklar  qurib,  ko'cluna  qumlar 
maydoni  ko'payib bormoqda.
Orol  dengizi  qurigunga  qadar  200  km  atrofidagi  hududning  iqlimi 
yaxshi  holatda  saqlanib  turgan.  Qishda  sovuqni  yozda  o'ta  issiqni  kamayti- 
rib  turgan.  1980-yilga  kehb,  yanvar  oyi  bilan  iyul  oylarining  o'rtacha  oylik 
harorat  farqi  2°C  ga  ko'paygan,  Bahor  va  kuz  oylarida  tez-tez  sovuqlar 
bo'lib  turadigan  bo'lib  qoldi,  issiq  kunlar  170  kungacha  pasaydi.  Yozning 
baland  harorati,  kuchli  shamollaming  bo'lib  turishini  kuchaytirdi,  kuchh 
bu  shamollar  odam  salomatligi  uchun  yomon  ta ’sir  etuvchi  zaharli  kim- 
yoviy  moddalar  bilan  zaharlangan  chang  to'fonlam i  tarqatadi  hamda  tu ­
proq  yuzidan  suvning  parlanishini  tezlashtirib  qishloq  xo'jaligi  ekinlarining 
rivojlanisliiga  va  hosildorhgiga  salbiy  ta ’sir  etadi.  Suvning  kam  kelislii 
daryo  deltalarini  qurishiga  o'simliklar  turlarining  kamayishiga  va  biologik 
turU-tuman  organizmlaming  kamayib  ketishiga  va xullas  insonning  yashash 
sharoitining  keskinlashuviga  ohb  keladi.  Bu  ikki  daryo  suvidan  to 'g 'ri  rat- 
sional  foydalanmaslik  natijasida,  ortiqcha  suvlar  ko'pgina  ko'l  va  botqoq- 
liklaming  paydo  bo'lishiga  olib  kelmoqda.  Xuddi  shunday  suv  havzalari 
Amudaryoning  quyi  qismida  40  ga  yaqin  bo'lib,  bularda  har  yili  6 - 7   km3 
ga< j&qin  suv bug'lanib  yo'qolib  ketmoqda.
f *


Ana  shunday  ko'llardan  eng  kattasi  Nukus  shahrining  g'arbida  joy- 
lashgan  Sariqamish  chuqurligida joylashgan  ko‘l  bo‘lib,  har  yili  3—  4  km3 
suv oladi va tarkibida  30  km3  dan  ortiq  suv bor.
Oral  dengizidagi  sug'oriladigan  yerlardan  yetarli  foydalanmaslik  or- 
tiqcha  suv  miqdori  va  uning  oitiqcha  taqsimlanishi botqoqliklar va  yer  osti 
sizot  suvlarining  ko'tarilishiga  olib  keladi.  Bu  esa  o ‘z  navbatida  yerlami 
sho'rlantiradi.  Bunday  sho'rlangan  yerlaming  sho‘rini  yuvmasdan  turib, 
madaniy  ekinlami  ekib  bo'lmaydi.  Sho‘r  yuvishga  ba’zan  juda  ko‘p, 
gektariga  36  m3  suv  sarflanadi  yoki  ekinlami  sug‘orishga  qaraganda  bu 
ko'rsatkich  ikki  barobar  ortiqdir.  Hozirgi  kunda  sho'rlanish  natijasida  Orol 
atrofidagi  yerlaming  unumdorligi  2,5  barobargacha  pasayib  ketgan.  Bu yer- 
laming  holati  kelajakda  qanday bo'lishi  hali  nom a’lum.
Orol  atrofidagi  muhit  kishilar  salomatligiga  ham  o'zining  salbiy 
ta ’sirini  ko‘rsatmoqda.  M a’lumotlarga  qaraganda  ayniqsa,  Amudaryo  del- 
tasi  atroflda  yashovchi  aholi  orasida  qorin  tifi  bilan  kasallanish  30  barobar 
oshgan,  bolalar  o'lim i  ko'paygan,  odamlaming  o'rtacha  bo‘yi  va  yashash 
darajasi  pasaygan.  Ko'rinib  turibdiki,  agar  Orol  taqdiri  tezda  hal  qilinmasa 
kelajakda  uning  o ‘m ida  Orol  cho‘li  vujudga  keladi.  Buning  uchun 
kelajak 
avlod
  bizning  noshudligimizdan  tabiatni  muhofaza  qilishdagi  savod- 
sizligimizdan,  ekologik tarbiyamizning  pastligiaan  nafratlanadi.  Shu  sababli 
tabiatning  bizga  in’om  etgan  ajoyib  obyekti  Orolni  eng  kamida  hozirgi  ho- 
latda  saqlash  uchun  kurashish  har  bir  sof  vijdonli  insonning  muqaddas 
burchidir.  Buning  uchun  esa  dengizga  qo'shim cha  yiliga  40  km3  suv  kelti- 
rish  lozim.  Hozirgi  real  imkoniyat  Orol  havzasi  atroflda  yig'ilgan  zovur 
(qaytarma)  suvlami to'plab,  dengizga  yo‘llashdir.
Agar  bu  vazifa  amalga  oshirilsa  yihga  qo'shim cha  20  km 3  suv  Orol 
dengiziga  kelib  qo'shilishi  mumkin.  Lekin  bu  bilan  Orol  dengizi  suv 
sathining  pasayishidan  saqlab  qolish  mumkin  emas.  Orol  dengizi  suv 
sathini  optimal balandlikda  saqlash  uchun  xalq  xo'jaligida  daryo  suvlaridan 
tejab  foydalanishga  erishish  lozim.  Buning  uchun  birinchidan,  sug‘orish 
shahobchalarining  foydah  ish  koefiitsiyentini  oshirish  (kanallar  tubini 
betonlash,  har  xil  metallar  bilan  qoplab,  filtratsiya  va  samarasiz 
bugianishni  kamaytirish  orqali);  ikkincliidan,  sug‘orishning  eng  ilg'or 
usullarini  (yomg'irlatib,  tomchilatib,  tam oblar  yordamida  sug‘orish) 
qo‘llab,  ekinlaming  sug‘orish  m e’yorini  pasaytirib  suvni  iqtisod  qilish; 
uchinchidan,  mavjud  sug‘oriladigan  maydonlarda  ilg‘or  agrotexnikani 
qo'llab,  hosildorlikni  oshirish  hisobiga  ekin  maydonini  kengaytirmaslikka 
erishish  kerak.
2.  Orol  dengizini  saqlash to‘g‘risida qabul  qilingan asosiy  hujjatlar
Orol  dengizi  bo‘yi  hududlarini  rivojlantirish  strategiyasi  hali  Ittifoq 
tarqalmagan  paytlarda  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  u  uncha  murakkab  emas edi. 
Bunga  asosan  Orol  bo‘yi  hududlarida  ko‘p  tarmoqli  iqtisodiyotni  shakllan- 
tirish,  foydali  qazilmalardan  foydalanisli,  keng  sanoat  korxonalarini  tashkil


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə