I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81

evolutsion tarzda  moslashuvi  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi.  Lekin  ko'pchilik 
turlar  uchun  mamlakatning  tog‘li  qurg'oq  hamda  qo'riq  zonalarida  yaroqli 
yashash joylarining  kamligi  sababli  bunday  imkoniyatlar  nihoyatda  cheklan- 
gan  bo'ladi.  Kam  sonligi  va  arealining  cheklanganligi  tufayli  hozirdayoq 
yo‘qolish  arafasida  turgan turlar  (masalan:  qor barsi,  Pastep  lolasi,  anzur  pi- 
yozi,  Turkiston  chinni guli  va  hokazolar)  ayniqsa,  kuchli xavf ostiga  tushadi- 
lar.  Ularning butunlay qirihb  ketish xavfi ham bor.
Xo‘sh,  bugun  biz  nima  qila  olamiz va  qilishimiz  kerak?  Biz  yashashi- 
mizga  imkon  beradigan  atrof-muliit  sharoitlari  muvozanatini  topishimiz 
kerak.
Bu 
masala 
insoniyat 
paydo 
bo'lgandan 
beri 
birinchi 
bor 
to'qnashishimiz  lozim bo'lgan  o ‘ta  murakkab  muammodir.
Yer va  uning  atmosferasi  umumiy,  hamma  uchun  yagonadir.  Shuning 
uchun  BMTning  dunyoning  ko'pchilik  mamlakatlari  tomonidan  imzolan- 
gan  iqhm  o'zgarishi  to ‘g‘risidagi  Tegroviy  konvensiyasi  oxirgi  vaqtda  eng 
jiddiy  xalqaro  shartnomalardan  biridir.  Shartnomaning  maqsadi  issiqxona 
gazlari  miqdori,  iqlim  tizimiga  xavfli  antropogen  aralashuvning  oldini 
oladigan  darajada  barqarorlashtirishdir.  Bu  maqsadga  erishish  uchun  nima 
qilishimiz  lozim?
Birinchi  navbatda  issiqxona  gazlari  emissiyasini  nazorat  qilish  majburi- 
yatini  olgan  mamlakatlar  emissiya  me’yorlarini  kamaytirishni  boshlashlari 
kerak.  Industrial  mamlakatlar,  kompaniyalar  qazilma,  yoqilg‘i  va  boyitilgan 
materiallami  samaraliroq  ishlatadigan  yangi texnologiyalarga  o'tishlari  lozim. 
Qayerda  imkoniyat  bo‘Isa,  shamol,  suv  va  quyoshning  kuchi  kabi  tiklanadi- 
gan  energiya manbalariga  o‘tish kerak.  Fermerlar sholipoyalardan  metanning 
chiqarilishini  kamaytiradigan  texnologiya  va  uslublarga  intilishlari  zarur. 
Chorvachilikka  kelganda  chorva  boshlarining  mahsuldorligini  oshirishga 
harakat  qilish  zarurdir.  Bu chorva sonini va o ‘z navbatida metan emissiyasini 
kamaytiradi.  Issiqxona  gazlarining  miqdorini  atmosferada  kamaytirishning 
yana  muhim  yo‘llari bu  transport,  turarjoy  qurilishi,  chiqindilami  qayta  ish- 
lash  va  boshqa  faoliyat  turlari  uchun  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgar  bo‘lgan  sha- 
har  va  viloyat  ma’murlari,  mahalliy  boshqaruv  idoralari  ham  bu  borada 
m a’lum  rol  o‘ynaslilari  lozim.  M a’muriyat  jamoat  transportini  yanada  mu- 
kammaШroq  tizimlarini  rejalashtirishi  va  yarata  boshlashi,  ekologik  yanada 
tozaroq yoqilg‘ini ishlatishni  rag'batlantirishi  mumkin.
Qurilish  m e’yorlari  shunday  belgilanishi  lozimki,  uy  va  ofislarning 
yangi  binolari  kam  energiya  sarflash  bilan  isitilsin  yoki  sovutila  olsin.  Bun­
day  tadbirlar  va  texnologiyalaming  joriy  qilinishi  har  bir  mamlakat 
qonunchiligi 
bilan 
asoslangan 
bo‘lishi 
lozim. 
Bunda 
iqtisodiy 
rag‘batlantirish  ham  muhim  rol  o‘ynaydi.
Issiqxona  gazlari  emissiyasini  qisqartirish  borasida  1997-yilning 
dekabrida  Yaponiyaning  Kioto  shahrida  bo‘lib  o‘tgan  BMTning  iqlim 
o'zgarishi  to ‘g‘risidagi  Tegroviy  konvensiyasi  tomonlaming  ucliinchi  kon- 
ferensiyasida  katta  qadam  tashlandi.  Agar  oldingi  konferensiyalarda  is­
siqxona gazlari  emissiyasini  qisqartirish  sohasida aniq bir  fikrga  kelinmagan


bo‘Isa,  tomonlarning  uchihchi  konferensiyasi  oldida  m a’lum  toifadagi 
mamlakatlar  uchun  gazlaming  qisqartirilgan  hajmlarini  belgilash  vazifasi 
turardi.  Muzokaralar  natijasida  2008—2012-yillar  oralig'i  davrigacha  is- 
siqxona  gazlarini  1990-yil  darajasiga  nisbatan  yevropa  ittifoqi  mamlakatlari 
8  %ga,  AQSH  —  7 
%
  va  Yaponiya  6  %ga  qisqartirish  majburiyatini  oladi- 
gan  varianti  qabul  qilindi.  Boshqa  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  uchun 
ham   eng  yuqori  «chegaralar»  belgilandi.
Iqlim  o'zgarishi  to ‘g‘risidagi  Tegroviy  konvensiya  chuqur  ziddiyatli 
dunyoda  islilashga  m o‘ljallangan  va  yondoshuvlaming  qarama-qarshili- 
gidan  ko‘ra  birlashuviga  asoslangan.  Konvensiya  dunyoning  kelajakda  qan­
day  siyosiy  harakat  qilishiga  maqbul  qarashni  aks  ettiradi  va  keyingi  yuz 
yillikda  bu  muammolar  qaysi  yo‘l  bilan  yaxshipoq  yechilishi  mumkinligini 
hal qiladi.
NAZORAT  SAVOLLARI
1.  Issiqxona  samarasi  deganda  nimani  tushunasiz  va  uning  biosferaga 
ta ’siri.
2.  Iqlim  o ‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta ’siri qanday?
3.  Iqlim  o'zgarishi  okean  sathiga ta ’siri  qanday va  uning  salbiy  hamda 
ijobiy tomonlari  nimalardan  iborat?
4.  Iqlim  o'zgarishining  cho‘llanishga  ta ’sirini  yoriting,  uning  salbiy 
oqibatlari  nimalardan iborat?
5.  Iqlim  o'zgarishining  chuchuk  suv  resurslariga  ko'rsatadigan  salbiy 
ta ’sirini tushuntirib  bering.
6.  O'zbekiston  iqlimining  hozirgi  o'zgarishi  va  uning  iqtisodiyotga 
ham da  tabiiy resurslarga ta ’sirini yoriting.


XII 
BO‘LIM 
OROL  DENGIZI  MUAMMOLARI
1.  Orol  dengizi muammosining tarixi. 
Orolning qurish  sabablari va uning hozirgi holati
Orol  dengizi  Markaziy  Osiyoning  yopiq  suv  havzalaridan  biridir. 
Uning  chor  atrofi  bepoyon  cho‘l  zonasi  bilan  o‘ralgan.  Orol  dengizini  suv 
bilan  to'ldirib  turadigan  manba  bu  Amudaryo  va  Sirdaryolardir.  Bu  daryo- 
lar  har  yili  Orol  dengiziga  56  km3  suv  quyadilar.  Mahalliy  yog‘inlar  hi- 
sobida  esa  5  km3  suv  Orol  dengiziga  qo'shilib  turadi.  Bu  ikki  daryo  (qa- 
dimda  Oqsuv  va  Yaksart  deb  atalgan)  Tyanshan  va  Pomir  tog'laridan 
boshlanib  oqib  Orol  dengiziga quyiladilar.  Tog‘dan boshlangan joylarida  bu 
daryolarda  100  km3  dan  ortiq  suv  bo‘lib,  Orol  dengiziga  quyilganga  qadar 
2500  km  masofani  cho‘l  zonasi  bo ‘ у lab  o‘tganda  suvning  yarmidan 
ko‘prog‘i  bug'lanib  va  boshqa  sabablar  natijasida  Orolga  yetib  bormaydi. 
Bu  ikki  buyuk  daryo laming  suvlari  2000  yildan  ham  ko'proq  vaqtdan 
buyon  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  chuchuk  suvga  va  qishloq  xo‘jaligiga 
bo'lgan  talabini  qondirib  kelmoqda,  bu  mintaqaning  muhitiga  ko‘rsatgan 
ta’siri  sezilarli  darajada  emas  edi.  Biroq  XX  asming  ikkinchi  yarmidan 
boshlab  bu  mintaqada  vaziyat  keskin  o ‘zgara  boshladi.  Bu  o‘zgarish  sobiq 
Ittifoq  hukumatining  yangi  yerlarni  o'zlashtirish  asosida  paxta yetishtirishni 
keskin  ko'paytirishga  qaratilgan  qaroridan  keyin  boshlangan  edi.  1938-yilga 
kelib  sobiq  Sovet  Ittifoqi  paxta  bilan  birgina  o ‘z  ehtiyojlarinigina  qondirib 
qolmay,  balki  chetga  paxtani  eksport  qilish  imkoniyatiga  ega  bo‘ldi,  biroq 
Ittifoq  iqtisodiyoti  paxta  yetishtirishni  yanada  ko‘paytirish, 
yangi 
sug‘oriladigan  yerlarni  ochish  hamda  irrigatsiya  sistemasini  kuchaytirishni 
talab  qilar edi.
Yana  yigirma  yildan  so‘ng,  ya’ni  1960-yilda  sug‘oriladigan  yerlar  soni
4,5  mln  gektarga  yetdi,  keyingi  25  yilda  yana  qo‘shimcha  2,6  mln  gektar 
yerga  suv  chiqarildi  va  suvni  ishlatish  bir  yilda  105  km3  yetdi.  Shundan
60  km3  Amudaryo  va  45  km3  Sirdaryo  hisobiga  to ‘g‘ri  kelar  edi.  Shunday 
holat  bu  daryolar  suv  oqimining  Orol  dengiziga  qo‘yilishini  keskin  qisqar- 
tirib  yubordi.  Masalan,  agar  1960-yilda  Orol  dengizi  suvining  darajasi  53— 
54  m.  tashkil  etgan  bo‘lsa,  keyingi  yillarda  u  keskin  pasayib  borib,  suv  da­
rajasi  1990-yilda  1960-yilga  nisbatan  14  m.  pastga  tushgan.  Bu  degan  so‘z 
Orol  dengizining  -   40  %  qurigan  va  suv  hajmi  60  %gacha  qisqargan  de- 
makdir.  Keyingi  yillarda  ham  Orolning  qurishi  to ‘xtagani  yo‘q va  kuzatish- 
larga  ko‘ra  o‘z  vaqtida  chora-tadbirlar  ko'rilmasa  uning  qurishi  kelgusida


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə