I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81

rajada  haydash,  ko‘p  miqdorda  otlarni  yaylovlarda  boqish  sabab bo'lgan.
Keyinchalik Rim xoqoiiining  o'miga kelgan arablar bu o‘lkaning tabiatini 
qayta  tiidash  usullarini  topdilar.  Jumladan,  ular  digradatsiyaga  uchragan  yay- 
lovlarga  moslashgan  hayvonlaidan  bin  tuyani  ko‘paytirdilar.  Biroq  arablaming 
o‘miga  kelgan  fransuzlar  Sahroyi  Kabming  o'ziga  xos  xususiyatlari  bilan 
hisoblashmasdan  yana  me’yoridan  ko‘p  miqdorda  hayvonlami boqa  boshladi- 
lar,  yer  osti  suvlarini  qazib  chiqaradigan  quduqlami  ko'paytirdilar. 
Sug'oriladigan  dehqonchilikning  qoloq  (primitiv)  usullarini  qo'llash  oqibatida 
bu  mintaqaning  tabiiy  sistemasi  buzuldi,  shu  bilan  birga  Nil,  Misopotamiya, 
Qadimgi Gretsiya va boshqa mintaqalardagi sivilizatsiyaga ham chek qo'yildi.
Antropogen  ekologik  krizislardan  yana  biri  bu  Yevropada  qishloq 
xo'jaligi  mahsulotlarining  yetishmashgi  oqibatida  ro'y  bergan  bo'lib,  uning 
natijasida  Yevropa  aholisining  bir  qismi  okean  orqasiga  (Amerika  qit’asiga) 
ko'chib  o'tdi.
Chorvacliilikdan  dehqonchilik  qilishga  o'tish  ibtidoiy jamiyat  tizimini 
quldorchilik tizimi bilan  almashtirishga oUb  kelgan  bo'lsa,  cho'llashish,  yer 
resurslarining  kamayishi  esa  quldorchilik  tizimidan  feodalizmga  olib 
kelishga sabab bo'ldi.
2.  Hozirgi  ekologik krizis  va  uniug xususiyatlari. 
Insonning muhit va  biosferaga  ko'rsatayotgan  ta’sir doirasi
Hozirgi  zamon  ekologik  krizisining  asosiy xususiyatlaridan  biri  — uning 
globalligi,  ya’ni  keng  miqyosda  uchraganligi.  Chunki  krizis  sayyoramizning 
barcha  qismiga tarqalgan yoki tarqalish xavfi  ostida.  Shu  sababli bu  krizisdan 
qutilish uchun  eski  an’anaU  usullardan  foydalanish  mumkin  emas.  Krizisdan 
qutilishning  asosiy yo'llari:  islilab  cliiqarish usullarini  hamda  tabiiy resurslar- 
dan foydalanish me’yorlari va hajmini o'zgartirish lozim.
Keyingi  vaqtlarda  tabiiy  resurslardan  foydalanish  keng  miqyosda  olib 
borilmoqda.  Inson  daryolar  oqimining  10  %dan  foydalanmoqda.  Bu  daiyo 
suvlaridan  foydalanishning  oxirgi  chegarasigacha  bordi  degan  so'z.  Tabiiy 
zonalardagi ba’zi bir landlaftlami  inson tomomila  yo'qotib bo'ldi.
Hozirgi  vaqtda  100—120  mlrd  tonnaga  yaqin  yer  osti  boyliklar  qazib 
ohnmoqda,  bu  yer  yuzidagi  har bir insonga  bir yilda  25—30 tonnaga to'g'ri 
keladi.  Sanoati  rivojlangan  mamlakatlarda  esa  bu  ko'rsatkich  bundan  ham 
2—3 barobar ko'pdir.
Inson  ishlab  chiqayotgan  va  qo'llayotgan  moddalar  hamda  energiya 
miqdori  uning  biologik  ehtiyojidan  100  barobar  ortiq.  Hisoblarga  qara- 
ganda  hozir  yer  yuzidagi  insonlar  ehtiyoji  uchun  yiliga  2  mln  tonna  oziq- 
ovqat,  10  mln  tonna  ichimlik  suvi  va  nafas  olishi  uchun  milliardlab  m 3 
kislorod  kerak bo'ladi.
Sanoatda  foydalaniladigan  resurslar  va  energiya  kishilaming  bilogik 
ehtiyojidan taqqoslash mumkin bo'lmagan darajada oitiqdir.
Bir  kunda  300  mln  tonnaga  yaqin  moddalar  va  materiallar  olinib 
qayta  ishlanmoqda,  2  mlrd  m 3  suv  olinmoqda.  Aholi  soni  har  30—40  yilda


2  m arta  oshib  borsa,  resurslardan  foydalanish  esa  har 8—10  yilda  ikki  baro­
bar  ko'paymoqda.
200  mln  gektar  yer  har  xil  qurilishlar  bilan  band,  bu  esa  Rossiya  Fe- 
deratsiyasida  mavjud  bo'lgan  barcha  haydaladigan  yerlardan  ham  ko'pdir. 
Shundan  50  mln  gektarida  suv  tuproqqa  shimilmaydi  (bu  esa  Fransiya  yer 
maydoniga tengdir).
Yer  yuzida  10  mingdan  ortiq  suv  omborlari  mavjud  bo‘lib,  ularda 
7500-8000  km3  suv  to ‘plangan.  Ana  shunday  miqdordagi  suv  hajmini 
Volga  daryosi kamida  25—30-yil icliida  quyadi.
Yer  yuzida  haydaladigan  yerlaming  oltidan  bir  qismi  sug'oriladigan 
yerlarga  to ‘g‘ri  keladi.  Bu  yerlar  har  yili  suv  manbalaridan  1500  km 3  (6 -7  
ta  Volga  daryosi suvicha)  suv bilan sug‘orishni  taqozo  etadi.
Ana  shu  suvlarning  hammasi  ham  o ‘z  m o‘ljali  bo‘yicha  sarf 
bo‘lmasdan,  ulardan  noto'g'ri  foydalanish  natijasida  bir  qismi  yerlarni 
sho‘rlantirishga  yoki  botqoqliklaming  paydo  bo‘Iishiga  olib  kelishi  mum- 
kin.  Dasht  ekosistemasi  degan  tabiiy  ekosistemalar  deyarli  yo'qolib  bor- 
moqda.  Inson qo‘li  tegmagan  o'rm onlar ham juda kam  qolgan.
0 ‘rmonlaming  2/з   qismi  yo‘qotilgan.  Yer  yuzi  quruqligidagi  o'rmonlar 
maydoni  75  %dan  25  %gacha  kamayib  ketgan.  Hozirgi  ekologik  vaziyatning 
murakkabligi  yana  shundaki,  inson  tabiat  resurslaridan  ham  texnikaviy  ta- 
raqqiyotlardan  ham  voz  kecha  olmaydi.  Buning  ustiga  aholi soni  borgan  sari 
ko'payib,  fan-texnika  taraqqiyoti kuchayib bormoqda.
Hozirgi  kunda  ilgari  tuzilib,  keyin  qoldirilgan  shimoliy  daryolar  suvi­
ning  bir  qismini  Markaziy  Osiyoga  o ‘tkazish  loyihalari  yana  qayta 
ko'rilmoqda.  Bu  loyiha  bo'yicha  har  yili  150  km3  suv  Markaziy  Osiyo 
hududiga  o'tkazish  ko'zda  tutilmoqda.  Yer  yuzida  bunga  o'xshash  loyi- 
halam ing  bir  nechtasi  mavjud.  Shulardan  biri  Kanadaning  shimoliy 
rayonlaridagi  daryolar  suvini  8000  km  masofaga,  ya’ni  AQSH  va  Meksi- 
kaga  olib  o'tish.  Bu  loyiha  bo'yicha  har  yili  100-300  km3  suv  olinishi 
lozim.  Bu  loyiha  amalga  oshsa  AQSHda  sug'oriladigan  yerlar  70  %ga  va 
Meksikada esa  15  %gacha  ko'payadi.
Kongo  daryosining  quyi  oqimida  gigant  dambalar  qurib,  bu  daryo  su­
vini  orqaga  qaytarib  Sahroyi  Kabrga  suv  o'tkazish  loyihasi  ham   mavjud 
yoki  Shimoliy  M uz  okeanidagi  Aysberg  («Muz  tog‘«)larni  Afrika,  Arabis- 
ton  va  Kalifomiya  qirg'oqlariga  transportirovka  qilib  (olib  o ‘tib)  foydalan­
ish  loyihasi  ham  yo‘q  emas.  Shu  maqsadlar  uchun  200  km 3  aysberglar  olib 
o'tish  ko'zda tutilmoqda.
Okean  suvlar  yo'nalishini  o'zgartirish  loyihasi  ham  bor,  ya’ni  Shi­
moliy  M uz  okeanining  yuza  qismida  joylashgan  sovuq  qismini  olib  Tinch 
okeaniga  o'tkaziladi.  Buning  uchun  Baring  qo‘ltig‘ida  ulkan  damba  quril- 
mog‘i  lozim.  Bunday  loyihalaming  amalga  oshishiga  hech  qachon  shubha 
bilan  qarash  kerak  emas.  Tashqi  m uhit  ekologiyasi  buzilmagan  holda 
shunday  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  tabiat  hodisalarini  yaxshilab 
o'rganish  lozim.  Ekologik  bilimlardan  foydalanish  va  ekologiyaning  o ‘quv 
predm et  sifatida aktual  ekanligi yana bir bor ko'2ga yaqqol tashlanmoqda.


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə