|
 Ilmiy metodologik kimyo
|
səhifə | 1/15 | tarix | 05.04.2023 | ölçüsü | 393,57 Kb. | | #104356 |
| Aminokislota va oqsillar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“ILMIY METODOLOGIK KIMYO” KAFEDRASI
“KIMYODAN MASALALAR ISHLASH METODIKASI” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU:Eritmalar foiz konsentratsiya va normal konsentratsiya orasidagi bog‘liqlikga oid masalalar yechish metodikasi.
BAJARDI: Jo‘rayev O‘rinbek
TEKSHIRDI: Xushvaqtov Suyun
CHIRCHIQ-2023
REJA:
KIRISH
I.BOB. Eritmalar mavzusi haqida ma’lumot.
1.1.Eritmalarning umumiy xarakteristikasi.
1.2Eritmalarning kontsentratsiyasini ifodalash usullari.
1.3.Eritma konsentratsiyalari.
II.Bob. Eritmalar foiz konsentratsiya va normal konsentratsiya orasidagi bog‘liqlikga oid masalalar yechish metodikasi.
2.1.Eritmalar mavzusiga doir masalalar.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlarining vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib,uchinchi bosqichdagi o‘zgarishlar davom etmoqda.Bu bosqichda o‘quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish,yuqori sifat ko‘rsatgichga erishish talab qilinadi[1].
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fani 7-sinfdan boshlab o‘qitiladi.O‘quvchilarda kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlrini shakllantirish va bilim berish davomida uni rivojlantirib borish darslarni uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishni taqoza qiladi.
Mamlakatimizda kimyo va bilogiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishlarda ta’lim sifati va fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.
Zero, oʻgʻil-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari boʻyicha chuqur oʻqitish xududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratadigan farmasevtika, neft, gaz, kimyo, togʻ-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoitida va daromadlarini oshirishga puxta zamin xozirlaydi.
Shu bilan birga, umumta’lim maktablardagi kimyo va biologiya fanlarini oʻqitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligini, oʻqitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma’nan eskirganligini, oʻqituvchilarning mexnati munosib ragʻbatlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur.
Shuningdek, oʻrta-maxsus, professional, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda soxadagi ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanish borasida uzviy bogʻliqlik, samarali muloqot va xamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.1
Dostları ilə paylaş: |
|
|