Ilmiy metodologik kimyo


Kurs ishining dolzarbligi



Yüklə 393,57 Kb.
səhifə2/15
tarix05.04.2023
ölçüsü393,57 Kb.
#104356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Aminokislota va oqsillar

Kurs ishining dolzarbligi. Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda soʻzlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. 
"Bizni hamisha oʻylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir soʻz bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bogʻliq. Bugun zamon shiddat bilan oʻzgaryapti. Bu oʻzgarishlarni hammadan ham koʻproq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar oʻz davrining talablari bilan uygʻun boʻlsin. Lekin ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulugʻ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, oʻzligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya ta’kidladi Prezidentimiz. 
Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha boʻgʻinlari – maktabgacha ta’lim, maktab, oʻrta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida oʻz samarasini beradi.
Prezendetimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek, biz yoshlar buyuk ajdodlarning munosib davomchilari boʻlishimiz zarur. Buning uchun tinmay oʻqishimiz, bilim egallashimiz, til oʻrganishimiz, fanning turli boʻlimlarini puxta egallashimiz darkor. Boʻlajak kimyogar oʻqituvchilar sifatida kelgusi oʻsib kelayotgan yosh farzandlarni toʻgʻri kamol topishi, puxta bilimga ega boʻlishi uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solishimiz darkor.
Kurs ishining maqsadi: Eritmalar haqida umumiy tushinchalar berish va metodlar bilan o’quvchilarga bosqichma bosqich o’rgatish
Kurs ishining vazifalari: kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish uchun belgilab oldik: Tadqiqot vazifalari.
-maktab kimyo kursida Eritmalar » mavzularining o‘rnini aniqlash;
- « Eritmalar mavzularini o‘rganishda turli xil o‘qitish metodlarining mohiyatini aniqlash;
- « Eritmalar » mavzulari bo‘yicha noan’anaviy va interfaol darslarning senariylarini ishlab chiqish;
Himoyaga quyidagilar olib chiqiladi:
-« Eritmalar » mavzulari bo‘yicha noan’anaviy darslarning senariylari;
-« Eritmalar » mavzulari bo‘yicha interfaol darslarning senariylari;
Ishning ilmiy yangiligi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida « Eritmalar » mavzularini o‘qitishning o‘ziga xos tomonlari,mavjud muammolar o‘rganilib,ularni uslubiy jihatdan to‘g‘ri hal etishda noan’anaviy va interfaol darslarning senariylari ishlab chiqildi.
Ishning amaliy ahamiyati: Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o‘quvchilarning « Eritmalar »mavzularini chuqur o‘zlashtirishlariga yordam beradi va ularning kimyo fanidan bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.Kurs ish materiallaridan maktab kimyo o‘qituvchilari o‘z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.

Yüklə 393,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə