Ilmiy metodologik kimyo


) kalloid eritmalar (zollar) –



Yüklə 393,57 Kb.
səhifə4/15
tarix05.04.2023
ölçüsü393,57 Kb.
#104356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Aminokislota va oqsillar

2) kalloid eritmalar (zollar) – faza zarrachalarning o’lchami 1 nm dan 100 nm oralig’ida bo’lgan sistemalar.M; Gumiarabik, jelatina, oltin kumush eritmalari.Kalloid dispers sitemalarni bir nechta turlari bor.Aerozollar – dispers muhit gaz (tuman),Liazolar – dispers muhit suyuq,Gidrazollar – dispers muhit suv.M; benzol bo’lsa benzozol,Spirt bo’lsa alkazol
Ayrim sharoitlarda kalloid dispers sitemalar suyuq holatdan qattiq holatga o’tib Gellarni hosil qiladi.M; gidrogel, benzogel, alkogellar
Xossalari – ultra mikroskopdan payqash qiyin,oddiy filtr qog’ozdan o’tib ketadi, kichik teshikli ultra filtrdan o’tib ketmaydi,nisbatan barqaror,vaqt o’tishi bilan o’zgaradi.
3) dag’al dispers sistemalar – faza zarrachalari o’lchami 100 nm dan katta bo’ladi.Dag’al dispers sitemalarga emulsiya,ko’pik,suspenziya,kukun va boshqalar kiradi.
Emulsiya – bir-birida erimaydigan suyuqliklar emulsiyalar hosil qiladi.M; yog’ni suvda tarqalishi, sut, saryog’, margarin.
Suspenziya – muhit suyuq,faza qttiq bo’lgan sistemalarM; loy bilan suv aralashmasi,nam tuproq
Ko’piklar – muhit suyuq,faza gaz pufaklardan iboratM; o’t o’chirgichlar.
Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi.
Tabiatda va texnikada eritmalarning ahamiyati katta. Tabiatdagi barcha suvlar eritmalar hisoblanadi. Ko’pchilik kimyoviy reaktsiyalar eritmalarda boradi. Eritmalar ikki yoki undan ortiq komponentlar (tarkibiy kismlar) va ularning o’zaro ta‘sir mahsulotlaridan tarkib topgan bir jinsli (gomogen) sistemalardir. O’z agregat holatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi.
Eritma bir jinsli sistema bo’lgani uchun ko’z va mikroskop bilan eritma ichidagi erituvchi va erigan modda zarrachalarini ko’rib bo’lmaydi. Eritma tarkibini o’zgartirish mumkin. Masalan, sulfat kislota yoki nitrat kislotani suv bilan har qanday nisbatda aralashtirish mumkin. Sulfat kislotaning suvda erishi hech qanday chegaraga ega emas. Spirt ham suvda shunday eriydi. Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddalarning foiz miqdori 0 dan 100 % gacha bo’ladi. Bunday hollarda eruvchi va erituvchi orasidagi ayirma yo’qoladi; bulardan istalganini erituvchi deb qabul qilish mumkin Lekin juda ko’pchilik moddalar ayni temperaturada ma‘lum chegaraga qadar eriydi. Masalan, uy temperaturasida osh tuzining suvdagi eritmasida NaCI ning miqdori hech qachon 26,48% dan ortmaydi. Eritmalar tarkibning o’zgaruvchanligi ularni mexanik aralashmalarga yaqin deb qarashga imkon beradi. Lekin ularning bir jinsliligi va ko’p xollarda eruvchanlikning ma‘lum chegaradan oshmasligi eritmalarni kimyoviy birikmalarga yaqinlashtiradi. Shunday qilib, eritma mexanik aralashma bilan kimyoviy birikma orasidagi oraliq holatni egallaydi.
Agregat holatiga ko’ra eritmalar suyuq, qattiq va gazsimon bo’ladi. Suyuq eritmalarga misol tariqasida tuzlarning suvdagi eritmalarini ko’rsatish mumkin; qattiq eritmalarga nikel bilan misning qotishmasi (shulardan chaka – tanga yasaladi) yoki oltin bilan kumushning qotishmasi misol bo’la oladi; gazsimon eritmalar – gazlarning aralashmalari, havo bunga misol bo’la oladi. Bular orasida eng katta ahamiyatga ega bo’lgani suyuq (suvdagi) eritmalardir.
Eritmalarning fizikaviy xossalari (masalan, qaynash temperaturalari) erigan modda miqdori ortishi bilan o’zgaradi. Ko’pincha eritma hosil bo’lganida hajmiy va energetik o’zgarishlar yuz beradi.Ko’pchilik moddalar eritmalarning kimyoviy xossalari eritmada eruvchi modda miqdori ortishi bilan kam o’zgaradi. Eritmalar jonli va jonsiz tabiatda, fan va texnikada katta rol o’ynaydi. Hayvon va o’simlik organizmida fiziologik jarayonlar, tabiatda cho’kindi jinslarning hosil bo’lishi, ko’pchilik sanoat jarayonlari (masalan, ishqorlarning olinishi) asosan eritmalarda sodir bo’ladi.

Yüklə 393,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə