Ilmiy metodologik kimyo


-masala. 65% li sulfat kislota eritmasini tayyorlash uchun 98% li va 20% li sulfat kislotalar qanday nisbatlarda aralashtirilishi kerak? Y e c h i sh



Yüklə 393,57 Kb.
səhifə8/15
tarix05.04.2023
ölçüsü393,57 Kb.
#104356
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Aminokislota va oqsillar

4-masala. 65% li sulfat kislota eritmasini tayyorlash uchun 98% li va 20% li sulfat kislotalar qanday nisbatlarda aralashtirilishi kerak?
Y e c h i sh: Bu masala “diagonal sxema” asosida bunday echiladi: diagonalning chap tomoniga aralashtirilishi zarur bo`lgan eritmalarning protsent (og`irlik) miqdorlari va diagonal markaziga tayyorlanishi lozim bo`lgan eritmaning protsent miqdori yozib qo`yiladi. Diagonallardagi sonlar bilan markazdagi son ayirmasi (katta sonlar bilan kichik sonlar orasidagi ayirmalari) diagonalning o`ng tomoniga (yuqorigi va pastki qismlariga) yoziladi: diagonal chap qismining yuqorisidagi eritmadan qancha olish kerakligini o`ng tomon yuqorisidagi son bildiradi. SHuningdek diagonal chap qismi

ning pastkisidagi eritmadan qancha olish kerakligini o`ng tomonning pastkisidagi son bildiradi. Demak, 98% li kislotadan 45 og`irlik qism va 20% li 33 og`irlik qism olib aralashtirilsa, 65% li kislota eritmasi hosil bo`ladi.
5-masala. 98% li solishtirma og`irligi ( ) bo`lgan sulfat kislotadan 2 l 2 n. li eritma tayyorlash uchun kislotadan va suvdan necha ml dan olish kerak? Hosil qilingan eritmaning protsent, molyar konsentratsiyalari va zichligi qanday bo`lishini hisoblab toping.
Y e c h i sh: 2 l 2 n li sulfat kislota eritmasini tayyorlash uchun sof sulfat kislotadan qancha olish kerakligini topish: 1000 ml eritmada 49 g bo`lsa, 1 n li eritma bo`ladi;2000 ml eritmada 98 g bo`lsa, 1 n li eritma bo`ladi;2000 ml eritmada 196 g bo`lsa, 2 n li eritma bo`ladi.196 g sof qancha 98% li sulfat kislota eritmasida bo`lishini topish:100 g 98% li eritmada 98 g bo`lsa, g 98% li eritmada 196 g bo`ladi?
200 g 98% li (solishtirma og`irligi ) eritmaning hajmini topish:
.
Bunday eritmani tayyorlash uchun 2000 ml hajmli kolba olib, unga 1800 ml chamasi suv quyiladi va ustiga 98% li kislotadan ohistalik bilan oz-ozdan 108,7 ml tomiziladi va kolbaning belgisigacha yana suv quyib, uni obdon aralashtiriladi. Bunda suvdan taxminan 1891 ml (2000,0-108,7) sarflanadi. Sulfat kislota suvning bir qismini gidratlab biriktirishi sababli, hosil bo`ladigan eritmaning hajmini kamaytirib yuborishi mumkin. Demak, eritma hajmini 2 l ga etkazish uchun suvdan ko`proq sarflashga to`g`ri keladi.
Hosil qilingan eritmaning protsent konsentratsiyasini aniqlash: umumiy 2091 g (1891+200) eritmada 196 g bo`lsa, 100 g shunday eritmada g (%) sulfat kislota bo`ladi?

Bu eritmaning solishtirma og`irligini hisoblab topish:
2000 ml eritma 2091 g bo`lsa, uning 1 ml hajmi g keladi? Sulfat kislota ikki negizli kislota bo`lganligidan uning 2n li eritmasi 1 M li bo`ladi.

Yüklə 393,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə