M a d a n iy a t V a din


ham, shuningdek, muHini jam oat ishlarini bajarish uchun xonadanlarni birlashtiradi  vS



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/38
tarix26.05.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#88062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Madaniyat va din madaniyatshunoslik

ham,
shuningdek, muHini jam oat ishlarini bajarish uchun xonadanlarni birlashtiradi 
vS 
«
1 ja lb qiladi (kanal qazish, muhofaza to‘sig‘lar o ‘m atish; yaylov, o ‘rmon, daryolar 
kabi umum foydalanadigan mulklar uchun). Bilimning oshishi natijasida 
murakkab
buyumlar yaratila boshlandi.Qayiq va elkanli kemalar, taqvim, hisob va 
o ‘lchov
tizimj 
vujudga 
keldi. Xususiy m ulkchilikning paydo boMishi 
huquqning
- shakllanishiga 
olib 
keldi. Ayrimlari hozirgacha saqlanib kelayotgan 
an’analar 
Vi 
qadimgi folklor namunalari vujudga keladi (miflar, dostonlar, hikoyalar, 
marosim
qo‘shiqiari), 
yozuvning 
ilk tizimi shakllanadi; piktografik (rasm-yozuv), belgi 
yold
hindulam ing tugunli yozuvlari. Monumental m e’m orchilik ham vujudga keldi. 
Ilk
monumental inshoatlar katta tosh bo‘lak va tosh plitalafdan qurilgan 
megalitlw 
1
hisoblanadi. M egalit inshoatlaming turlari bir-biridan farq qiladi. 
MasaiM,
m engirlar baland toshdan iborat bo'lib, balandligi 20 metrdan oshadi, ular 
alohida
yoki xiyobonlarga qator qilib • qurilgan. D olm enlar (tosh maqbaralar) 
tosh
plitalardan sag‘ana yoki maqbara (kulba) shaklda qurilgan. Kromlexlar esa 
atroflga
10


toshlar yotqizilgan inshoatlardir. Eng mashhur kromlex buyuk Britaniyadagi 
Stounxendj hisoblanadi. (mil. avv. II ming yillik boshlariga oid). Mcgalitlar 
sajdagoh va ibodatlar joyi sanalsada, aslida ular boshqa maqsadlar uchun 
m oijallangan. Megalitlar xalqlami birlashtirib, jamoaning barcha kuchlarini 
jipslashtirishga, yangi ijtimoiy tuzum vujudga kelayotgan hollarda insonlami 
umumlashtirish (sotsalizatsiya) maqsadlariga xizmat qildi. Negaki, davlat tuzilishi 
jarayonida turli ijtimoiy qatlamlaming bo‘linishi sodir bo‘ladi; boshqaruvchilar, 
m a’naviy madaniyat va bilim egalari kohinlar va oddiy baj-aruvchilar. Uzbekiston 
xududida je z davri mil. avv. II ming yillik boshlarini o ‘z ichiga oladi. Xuddi shu 
davrda ikki turdagi mustaqil madaniyat shakllanib aniq ajraladi: o ‘troq 
dehqonchilik vohalaridagi madaniyat; ko‘chmanchi dashtliklar madaniyati. o ‘troq 
dehqonchilik madaniyati dastlab Surxondaryo vohasidagi Sopollitepa, Jarqo‘ton 
madaniyatlari, Farg‘ona vodiysidagi Chust madaniyati, ikkinchisi- Zamonbobo, 
Tozabog‘yob, Suyargan va Amirobod kabi joylarda vujudga keldi. O’zbekiston 
janubi-Surxondaryo viloyatida hozirda ham mashhur bo‘lgan ustalar, zargarlar va 
san’atkor - quruvchilar yaratgan madaniyat eng qadimgi madaniyatdir. Mil. aw . 
XVIII-X ming yillikka oid Sopollitepa va Jarqo‘ton manzilgohlarida qadimgi sharq 
turidagi ilk shahamoma sivilizatsiyaning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni 
kuzatiladi. Sopollitepa labirintnoma (qasr) to ‘g ‘ri burchakli ko‘cha tarm og‘i va 
istehkom tizimi bo‘lgan manzilgohlar majmuidan tashkil topgan. Jarko‘tonda ham 
monumental me’morchilik xom g ‘ishtdan qurilgan. Markazda qal’a joylashgan, 
uylar xom g ‘ishtdan baland ko‘tarib qurilgan. xar bir guzarda binoning o ‘rtasida 
yumaloq o ‘choq shaklida devor tokchasida olov mehrobdan iborat sig‘inadigan 
markazi bo‘lgan. Ikkala manzilgohda je z eritish, to‘qimachilik, kulolchilik, 
zargarlik; suyak, tosh, yog‘ochga ishlov berish gullab-yashnagan. Turli kulolchilik 
buyumlarini kulolchilik dastgohida pishirib sifatli tayyorlanganligi, shaklining 
chiroyliligi kulolchilik sohasining texnika va texnologiyasi yuqoriligidan dalolat 
beradi. Topilgan namunalardan m a’lum bo‘lishicha Ozbekistonning Janubida 
yashovchi aholi qadimgi sharq, ayniqsa hind vodiysidagi Xarappa sivilizatsiyasi 
namunalari bilan keng hamkorlikda bo‘lgan. Buni Sopollitepa va Jarko‘ton 
shuningdek, Uzbekistonning boshqa dehqonchilik madaniyatida ham uchratish 
mumkin. Bronza davrida shakllangan «ko‘chmanchi chorvadorlar» madaniyati mil. 
avv. Ill ming yillik oxiri-II m. y. boshlariga oid boMgan Buxoro vohasidagi 
Zamonbobo manzilgohida o ‘rganilgan. Zamonbobo aholisi katta yarim erto‘lalarda 
yashab, bronza va tosh qurollar ishlatishgan. Kulolchilik dastgohisiz qo‘lda 
ishlangan tagi yumaloq, yassi sopol idishlardan foydalangan. Jez davrida 
madaniyat yodgorliklari Amudaryo va Zarafshonning qo‘yi oqimidan, Toshkent 
vohasi, Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyatidan topilgan. Ular chorvador 
qabilalar madaniyatining vujudga kelishi haqida qimmatli m a’lumotlar beradi. 
Chorvador qabilalar jez davrida o ‘troq turmush tarziga o ‘ta boshladi, qisman 
dehqonchilik bilan shug‘ullanadi, keyinchalik ko‘chmanchi chorvudorlarga 
aylanishgan. Arxaik madaniyat o ‘m iga qadimgi sivilizatsiya madaniyati o'rnutildi: 
murakkab-ijtimoiy tizimga ega bo‘lgan dastlabki davlatlar, diniy vu qonunchilik 
shakllarining rivojlanishi, shahar va yozuvlar. Biroq arxaik muduniyut i/siz 
y o ‘qolmadi. Uning ayrim qirralari jahon xalqlari miflarida, Iblklaridii, inson
11


ruhiyatining chuqur «arxetiplari» da saqlangan. K. Yungning nazariyasiga ko‘ra 
arxetiplar- «ongsiz jam oaning» ruhiy tuzumidir. Ular zamondan tashqarida 
namoyon bo‘lib, shunga muvofiq tarzda qiyofalar, yashagan va yashovchi 
kishilam ing tuyg‘usi va fikri shakllanadi, ramziy tasvirlarda, miflarda aks etgan 
jam oaga xos boMgan tarixiy tajribada olamrfi anglashning ibtidoiy shakllari 
saqlangan. Kisjiilar ko‘p in c h a o ‘zlari payqamagan holda u yoki bu an’analari bilan, 
" ulardagi arxetipik ramzlardan ajralgan holda yashaydilar. Barcha zamonaviy 
madaniyatlar asosidagi bu chuqur negizni sezish va o ‘rganish hozirda sodir 
bo‘Iayotgan jarayonlarni yaxshi tahlil qilishimizga, m a’lum m a’noda kelajakka 
nazar tashlashimizga yordam beradi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə