Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə232/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Hayvon yog‘lari.


Hayvon yog‘lari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy xomashyo hayvonlarning yog‘ to‘qimalari hisoblanadi. Hay- vonlar va baliqlarda yog‘lar juda muhim organlar (yurak, buyrak)ni o‘rab turgan va teri osti to‘qimalarida hamda miya va asab to‘qimalarida to‘planadi.
Hayvon yog‘lari savdoga xom va erigan yog‘ ko‘rinishida chiqariladi.
Qoramol yog‘i qoramolning yog‘ to‘qimalaridan olinadi. Rangi och sarg‘ish, konsistensiyasi qattiq, erish harorati — 50°C, o‘ziga xos hid, ta’mga ega bo‘ladi. Sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra a’lo va I navlarda chiqariladi.
Qo‘y yog‘i, asosan, ichki charvi yog‘larni eritib olinadi. Hayvon yog‘lari ichida eng zich va qattiq konsistensiyasi bilan ajralib turadi. Erish harorati — 55°C. Qo‘y yog‘i o‘ziga xos yoqimli hid va ta’miga ega. Ammo organizmda sekin va qiyin o‘zlashtiriladi. A’lo sortlarining rangi tiniq oq, toza, mayin konsistensiyali, I navlari zichroq sarg‘ish, xira rangli bo‘ladi.
Cho‘chqa yog‘i xira sarg‘imtir, surkaluvchan yumshoq konsistensiyali bo‘ladi.
Erish harorati — 40—45°C. O‘ziga xos hid va ta’mga ega.
Terma yog‘go‘sht nimtalarini tozalash, kalla-pocha, kolbasa va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash vaqtida ajratiladigan yog‘ chiqindilaridan eritib olinadi. Rangi oq, xiraroq, surkaluvchan, zich bo‘ladi.

Eritilgan hayvon yog‘lari asosiy turlarining tavsifi.


Eng ko‘p tarqalgan eritilgan hayvon yog‘lariga mol, qo‘y, cho‘chqa, suyak va yig‘ma yog‘lar kiradi. Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga qarab eritilgan hayvon yog‘lari (navlarga bo‘linmaydigan yig‘ma yog‘dan tashqari) oliy va I navlarga bo‘linadi.
Eritilgan mol yog‘i. Oliy va birinchi navli yog‘lar 15—20°C haroratda qattiq konsistensiyaga ega, yashil tusli oqdan sariq ranggacha bo‘lib, eritilgan holda rangsiz bo‘ladi. Hidi va ta’mi shu turdagi yog‘ga xos begona hid va ta’msiz, I navli yog‘da yoqimli qovurilgan hid bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Mol yog‘ining erish harorati 42—52°C bo‘lib, bu uning hazm bo‘lish xususiyatini pasaytiradi.
Oliy navli eritilgan qo‘y yog‘i oq rangdan och sariqqacha, I navlisi esa sariq ranggacha, yashil tusli bo‘lishiga ruxsat etiladi. Hidi va ta’mi shu turdagi yog‘ga xos begona hid va ta’msiz, I navli yog‘da yoqimli qovurilgan hid bo‘lishiga ruxsat etiladi.

Xona haroratida qattiq konsistensiyali, eritilgan holda ikkala nav ham rangsiz bo‘lishi kerak. Qo‘y yog‘ining erish harorati — 42—52°C, hazm bo‘lishi 80—90% ni tashkil qiladi. Eritilgan dumb a yog‘ining erish harorati p astro q (33—41°C), oddiy sharoitlarda surkaluvchan konsistensiyaga ega bo‘ladi.



Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə