Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə228/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Quruq tuxum mahsulotlari. Qaysi xomashyo ishlatilishiga qarab tuxum kukuni (tuxum oqi bilan sarig‘ining aralashmasi), quruq tuxum oqi, quruq tuxum sarig‘i, shuningdek, tuxum massasi va pasterizatsiyalangan tabiiy yoki yog‘sizlantirilgan sut bilan aralashmasi tuxum quymoq ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Tuxum massasi pasterizatsiyalanadi va issiq havo bilan plyonkali va purkash usulida quritiladi. Suvsizlantirish jarayoni bir lahzadan oshmasligi, quritish zonasidagi harorat 50°C dan oshmasligi oqsil moddalari tabiiy xossalarining saqlanishiga imkon yaratadi.
Tuxum kukuni aralashmasining rangi butun massa bo‘yicha och-sariq, strukturasi kukunsimon, qumoqlari oson eziladigan, ta’mi va hidi quritilgan tuxumga xos bo‘ladi.
Tuxum kukuni qog‘oz paketlarda 100 va 200 g dan, faner barabanlarda va shtamplangan bochkalarda 25 kg dan, ger- metik tunuka bankalarda 10 kg dan, karton qutilarda 250 g dan qilib chiqariladi.
Barabanlar, bochkalar, karton qutilarning ichi pergament yoki parafinlangan qog‘oz bilan yopilgan bo‘ladi.
Muzlatilgan tuxum mahsulotlari havoning —12°C haroratida va 0—85% nisbiy namligida 8 oygacha, —18°C da 15 oy- gacha; tuxum kukuni 10°C dan —2°C gacha haroratda germetik mahkamlangan idishda 1 yil, nogermetik idishda 8 oy saqlanishi mumkin.
Muzlatilgan tuxum mahsulotlarida past haroratlarda 3 oy- dan ortiq saqlanganda tuxum sarig‘i jelelanadi, tuxum oqida sekin boradigan denaturatsiyalanish jarayoni hisobiga oq tolalar hosil bo‘ladi.
Quritilgan tuxum mahsulotlari uzoq vaqt saqlanganda ularning eruvchanligi o‘zgaradi. Harorat va tuxum kukuni namligi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning eruvchanligi va ko‘pik hosil qilish qobiliyati shunchalik ko‘p pasayadi.


Parranda va ilvasin go‘shtlari.


Qishloq xo‘jaligi parrandalariga tovuq, g‘oz, o‘rdak, kurka, jo‘ja, o‘rdakcha, kurkachalar kiradi. Parranda go‘shti oqsil, yog‘, mineral moddalar, PP, A, D va В guaihidagi darmondorilarga boy bo‘ladi.


Parrandamuskul to‘qimasi ipsimon ingichkatoladan iborat bo‘lib, tarkibidagi elastin va kollagen mol go‘shtinikidan ikki barobar kam bo‘ladi. Yog‘i past haroratda eruvchan xususiyatga ega. Ekstraktiv moddalarining ko‘pligi parranda go‘shtining alohida xushxo‘rligini ta’minlaydi. Yosh parranda go‘shti tarkibida ekstraktiv modda yetuk parranda go‘shtidagi ekstraktiv moddaga nisbatan kam bo‘ladi. Shuning uchun sho‘rva tayyorlashda yetuk, lekin qari bo‘lmagan parranda go‘shtini ishlatmoq lozim. Qari parranda go‘shtidan tayyorlangan sho‘rva xushxo‘r, rangi tiniq bo‘lmaydi.
Qari parranda go‘shti, asosan, qaynatib, pishirib dimlangan holda, yosh parranda go‘shti esa qovurish uchun ishlatiladi.
Qishloq xo‘jaligi parrandalari so‘ydgan holda pati bilan, patsiz, yarim tozalangan, tozalangan, tozalanib ishlovdan o‘tgan, kalla-pochalari bilan birga sovigan, sovitilgan, muzlatilgan holda keltiriladi. Semizligi va sifatiga qarab I va II darajalarga bo‘linadi.
Ilvasinlar umumiy ovqatlanish korxonalariga cho‘ldan, o‘tloqlardan, botqoqlardan, suvdan tutilgan holda keltiriladi. Cho‘ldan tutilgan ilvasinlarga bedana, kulrang va oq kaklik; o‘tloq va o‘rmonlardan tutilganlarga bulduruq, qur, qirg‘ovul; botqoqlikdan tutilganlarga loyxo‘rak, baliqchi qush; suvdan tutilganlarga yowoyi g‘oz va o‘rdaklar kiradi.
Ilvasinlaming go‘shti boshqa parranda go‘shtlaridan farq qilib, oqsil va ekstraktiv moddalarga boy, yog‘i kam bo‘ladi o‘ziga xos hid va mazaga, qoramtir rangga ega bo‘lib, parranda go‘shtiga nisbatan qattiq bo‘ladi. Asosan qovurish uchun ishlatiladi, chunki ularning umurtqasidagi taxir maza beruvchi modda qaynatib pishirish natijasida suyuqlikka o‘tib, sho‘rva mazasi va sifatini buzadi.
Ilvasinlar pati va ichi tozalanmay, muzlatilgan holda keltiriladi. Ular sifatiga qarab I va II navlarga ajratiladi.



Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə