Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə225/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Nazorat savollari.


    1. Pishloqlar haqida tushuncha bering? 2.Qattiq shirdon pishloqlarini ayting?

3.Yumshoq shirdon pishloqlari haqida ma’lumot bering? 4.Namakobli pishloqlarni ayting?
5.Achitilgan sut pishloqlari haqida ma’lumot bering? 6.Yumshoq pishloqlarni ayting?
7.Sut konservalari tayyorlash jarayonini tushuntiring? 8.Quyultirilgan sut konservalari haqida ma’lumot bering? 9.Muzqaymoqlar haqida ma’lumot bering?
  1. Mavzu: Tovuq tuxumi. Qayta ishlangan tuxum mahsulotlari. Parranda va ilvasin go‘shtlari.


Reja:
  1. Tovuq tuxumi.


  2. Qayta ishlangan tuxum mahsulotlari. 3.Parranda va ilvasin go‘shtlari.

Tuxum g‘oyat muhim oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tuxumning har xil turlari ishlatiladi. Bularga tovuq, o‘rdak, g‘oz, kurka, bedana, qirg‘ovul tuxumlari kiradi.


Non, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda tabiiy tuxum bilan bir qatorda turli xil tuxum mahsulotlari (melanj, tuxum kukuni, tuxum oqsili, tuxum sarig‘i)dan ham foydalaniladi. Ularning qo‘llanilishi mahsulotlarning oziqaviy qiymatini oshirish bilan bir qatorda ta’mi, rangi, konsistensiyasi va boshqa xossalarini yaxshilashini ta’minlaydi.
Tuxum sarig‘ida emulgator hisoblangan letsitin mavjudligi sababli xamir mahsulotlarning strukturasi ancha yaxshilanadi. Tuxum oqsili yaxshi ko‘pik hosil qilishi tufayli u pastila va zefir kabi kuvlangan qandolat mahsulotlari, pirojnoye va tortlar uchun kremlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Oshpaz- likda tuxum va tuxum mahsulotlaridan turli xil taomlar tayyorlashda foydalaniladi.
Barcha uy parrandalari ichidan tovuq tuxumi eng qimmatli va keng tarqalgani hisoblanadi. G‘oz va o‘rdak tuxumi odamlarning paratif va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi manbayi bo‘lganligi sababli yangi holda iste’mol qilinmaydi. Ular pishirish vaqtida yuqori harorat ta’sir ettiriladigan mahsulotlar (pechenye, bulochkalar) tayyorlashda ishlatiladi.
Tovuq tuxumida po‘choq, oqsil va sarig‘likning nisbati, tuxumning kimyoviy tarkibi parrandaning yoshi va zoti, oziqlantirish sharoitlari, tuxumning qo‘yilgan vaqti, saqlanish muddati, sharoitlariga va tuxumning kattaligiga bog‘liq. Tuxum tarkibida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan hamma moddalar mavjuddir. Ayniqsa, tovuq tuxumi yuqori ozuqaviy qiymatga ega ekanligi, letsitin, temir, kalsiy tuzlariga hamda A, D, E darmondorilariga boyligi uchun parhez va davolash maqsadlarida ishlatiladi. Lekin jigar, ateroskleroz kasalliklarida va qariyalarga tuxumni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Tovuq tuxumining kimyoviy tarkibiga: oqsillar — 12,7%, yog‘lar — 11,5%, uglevodlar — 0,7%, mineral moddalar — 1,0%, suv — 74,0%, darmondorilardan A, D, Bj, B2, PP va boshqalar kiradi.
Tovuq tuxumining massasi 45—76 g (o‘rtacha 52 g), o‘rdakniki — 75—100 g, kurkaniki — 80—100 g, g‘ozniki 160—200 g ni tashkil qiladi.
Tovuq tuxumining og‘irligiga nisbatan, asosan, uch qismdan iborat: tuxum po‘chog‘i (12%), tuxum oqi (56%), tuxum sarig‘idan (32%).

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə