Mahsulotlari tovarshunosligi


Qattiq shirdon pishloqlari



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə223/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Qattiq shirdon pishloqlari eng ko‘p tarqalgan xushxo‘r turlaridan hisoblanadi. Qattiq pishloqlar yumshoqlaridan farq qilib, zich va elastik konsistensiyaga ega bo‘ladi, ularning namligi 40—48% ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha qattiq shirdon pishloqlar quyidagi turlarda bo‘ladi: shveysar; golland; chedder; kostroma pishloqlari.
Bu pishloqlar oliy navli xom sutdan yoki pasterizatsiya qilingan sutdan tayyorlanadi. Kalesi juda mayda, tariq kattaligida qilib ishlanadi. Pishib yetilgan pishloqlarda deyarli yirik yoki o‘rtacha kattalikdagi dumaloq yoki oval shakldagi ko‘zchalar paydo bo‘ladi: butunlay bir xil massadan iborat xamiri silliq, sof, bir oz chuchmalroq, xushbo‘y ta’mli bo‘lib,

5— 6 oyda pishib yetiladi. Bu pishloqlar tarkibidagi yog‘ 50% dan kam bo‘lmasligi lozim.
Yumshoq shirdon pishloqlar. Bu guruhdagi pishloqlar yumshoq konsistensiyali bo‘ladi, chunki ularning kalesi mayda- lanmaydi, maydalansa ham zarralari yirik- yirik bo‘ladi, ammo presslanmaydi. Tayyor pishloqlarning yog‘liligi 45—50%, namligi 46—60% bo‘ladi, 25—45 kunda pishib yetiladi.
Yumshoq pishloqlar pishib yetilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: shilliq modda ishtirokida; mog‘or ishtirokida yetiladigan pishloqlar.
Yumshoq pishloqlar turli shaklda, yupqa, pishloq shillig‘i bilan qoplangan, yumshoq qobiqli bo‘lishi; ta’mi va hidi o‘z turiga xos aniq; nafis, biroz yopishqoq yog‘dor konsistensiyali; sarg‘imtir oq rangli, xamiri silliq yoki ozroq ko‘zchalari bo‘lishi lozim. Yumshoq pishloqlar sifatiga qarab tovar navlariga bo‘linmaydi.
Namakobli pishloqlar shirdon pishloqlar guruhiga xosdir. Ular sigir sutidan tayyorlanadi, namakobda yetiladi va shu namakobda saqlanadi. Brinza va Sulugun pishloqlari namakobli pishloqlardir.
Bu pishloqlardan tovar sifatida ahamiyatlisi brinzadir. Brinza echki va sigir sutidan yoki ularning aralashmasidan tayyorlanadi. Sut ivigandan so‘ng hosil bo‘lgan quyqa bo‘z qoplarga solinadi, zardobi siqib chiqarilgandan so‘ng og‘irligi 1,5 kg qilib kvad- ratlarga bo‘linadi va bochkalarga taxlab ustidan 18—22% li namakob quyiladi, brinza shu namakobda yetiladi va saq- lanadi.
Sifatiga ko‘ra brinza oliy va 1-navga ajratiladi.
Yangi brinza sof, shilliqsiz, nafis, sinuvchan, biroq uvalanib ketmaydigan konsistensiyali; rangi oq yoki sarg‘imtir; ta’mi toza, qatiqsimon, sho‘rtangroq bo‘ladi. Brinzaning namligi 49—52%, tarkibida 40—50% yog‘, 4—8% tuz bo‘ladi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə