Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə226/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Po‘choq tuxum namligini bug‘lanishdan va tarkibini tashqi ta’sirlardan himoya qiladi. Yangi tuxumning yuzasi xira bo‘lib, po‘choq usti qavati deb nomlangan qavat bilan qoplangan. Birqancha muddat saqlangan tuxumlarning yuzasi yaltiroq bo‘ladi.
Po‘choqning ostida po‘choq osti qavati, uning ostida oqsildan iborat bo‘lgan oqsil qavati mavjud. Gaz, suv bug‘lari va tuz eritmalarini o‘tkazadigan po‘choq osti va oqsil qavati mikroorganizmlarni o‘tkazmaydi.
Tuxumning_oqi'>Tuxumning oqi tarkibida odam organizmiga tez singuvchi oqsillar (10,8%) bo‘ladi. Tuxum oqi tarkibida uglevodlardan glukoza (0,9%) bor, mineral moddalardan natriy, kaliy, kalsiy,
Tuxumning oqi va sarig‘ining kimyoviy tarkibi bir-biridan farq qiladi. 100 g tovuq tuxumining energetik qiymati — 157 kkal. 100 g tuxum oqining energetik qiymati — 47 kkal. 100 g tuxum sarig‘ining energetik qiymati — 370 kkal.
Tuxum sarig‘i oqsilga boy bo‘lib, tarkibida odam organizmiga kerak bo‘ladigan aminokislotalar bor. Tuxum sarig‘ida yog‘ miqdori ko‘p (32,6%), emulsiya ko‘rinishida bo‘ladi, ular past haroratda eruvchanlik xususiyatiga ega, chunki uning tarkibida turli yog‘ kislotalari mavjud.
Tuxum sarig‘i tarkibida uglevodlar galaktoza va glukoza ko‘rinishida bo‘ladi. Mineral moddalar esa tuxum oqi tarkibidagi mineral moddalar bilan bir xil. Tuxum sarig‘ida A, D, Bj, B2, B6, PP darmondorilari bor. Tuxum sarig‘ining singishi 96% ni tashkil etadi.
Tuxum po‘chog‘ining ostida po‘choq osti qavati, uning ostida oqsildan iborat bo‘lgan oqsil qavati mavjud. Po‘choq osti va oqsil qavati o‘rtasida havo kamerasi mavjud bo‘lib, uning o‘lchami saqlash vaqtida oqsil qurishi natijasida katta- lashib boradi .
Tuxum sarig‘i oqidan yengil bo‘lib, tuxumning o‘tkir va o‘tmas uchlari o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. U oqsildan iborat ipcha bilan mahkamlangan. Sarig‘lik parda bilan qoplangan tuxum sarig‘i navbat bilan keluvchi och va to‘q rangdagi qatlamlardan iborat. Sarig‘likning ustki qismida murtak joylashgan, u yangi tuxumda kam seziladi. Urug‘lantirilgan tuxumda murtak yumaloq, to‘q rangli, diametri 3—5 mm ni tashkil qiladi, urug‘lantirilmagan tuxumda (saqlashga ko‘proq chidamli) cho‘zinchoq, uzunligi 2,5 mm, qora dog‘siz bo‘ladi.



Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə