Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə227/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Tuxumning turlari.


Saqlash usuli va muddatiga ko‘ra tuxumlar parhezbop, yangi, sovitgichda saqlangan va ohaklangan turlarga bo‘linadi.


Parhezbop tuxumlar deb, massasi kamida 44 g, tovuq tuxum qilgan kundan tashqari 7 kundan kechikmasdan iste’- mol qilinadigan va sovitgichda saqlanmagan tuxumlarga aytiladi.
Yangi tuxumlarga —1°C dan —2°C haroratda 30 sutkagacha saqlangan tuxumlar kiradi.
Sovitgichda saqlangan tuxumlarga shu haroratlarda bir oydan ortiq saqlangan tuxumlar kiradi.
Ohaklangan tuxumlarga ohak eritmasida saqlangan tuxumlar kiradi; ularning po‘chog‘i yupqa, nozik bo‘ladi, qaynatilishidan oldin tuxum yorilib ketmasligi uchun o‘tmas tomonidan igna bilan teshib qo‘yiladi.
Kuvlanganda mustahkam va ko‘p ko‘pik hosil qiladigan, mustahkam oqsilga ega bo‘lgan parhezbop va yangi tuxumlar kuvlatilgan oqsilli yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. Sovitgichda saqlangan va ohaklangan tuxumlar qandolat va bulochka mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Parhezbop tuxumlar massasiga ko‘ra, qolgan tuxumlar massasi va sifatiga ko‘ra I va II toifalarga bo‘linadi.


Tuxum mahsulotlari.


Qayta ishlangan tuxum mahsulotlariga muzlatilgan tuxum mahsulotlari (melanj) va tuxum kukuni (tolqoni) kiradi.


Melanj tuxum oqi va sarig‘ining tabiiy nisbatda aralashtirilgan va muzlatilgan holati. Muzlatishdan oldin melanj eruvchanligini oshirish uchun 5% shakar yoki 0,8% limon kislotasining natriyli tuzi qo‘shiladi. Tuxum massasini muzlatishdan oldin pasteriza- tsiyalash uning mikroblar bilan zararlanishini 96—99% ga kamaytiradi. Melanj —18—20°C haroratda muzlatiladi. Sekin muzlatishda mahsulotning kolloid strukturasi buziladi, eritish vaqtida esa u quyuq jelesimon massaga aylanadi. Tez muzlatilganda melanjning saqlanish muddati uzayadi. Melanjning harorati —5°C dan yuqori bo‘lmasligi kerak, shu haroratda tuxum oqi va sarig‘ining xossalari o‘zgarmaydi.
Tuxum sarig‘i muzlatilgan holatda to‘q sariq rangda, qattiq konsistensiyali bo‘lishi, eritilgandan keyin sariqdan to‘q sariq ranggacha, quyuq ammo oquvchan konsistensiyaga ega bo‘lishi kerak.
Tuxum oqi muzlatilgan holatda oqdan sarg‘ish yashil ranggacha, qattiq konsistensiyali, eritilgandan keyin oq rangli, suyuq konsistensiyali bo‘lishi kerak.
Issiqlik ishlovi berishdan oldin melanj tuxumning oqi va sarig‘i 20°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda eritiladi. Bunda melanj yaxshilab aralashtirilidi. Muzlatilgan tuxum sarig‘i pechenyelar, shirmoy bulka mahsulotlari, tuxum oqi tuxum sarig‘i ishlatilmaydigan parhezbop mahsulotlar tayyorlashda, melanj esa tuxumning o‘rniga ishlatiladi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə