Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə235/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Qo‘shimchali margarinlar tarkibida 62% yog‘ bo‘lib, kakao, qand, sut kislotasi qo‘shiladi.
Konditer margarini tuzsiz, bo‘yoqlarsiz tayyorlanib, konditer sanoatida ishlatiladi. Uning tarkibida yog‘lar kamroq, ya’ni 2% ni tashkil etadi.
Buterbrod margarinlari uy sharoitida va umumiy ovqatlanish korxonalarida
buterbrodlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Ularga «Ekstra», «Щедрое лето» kabi margarinlar kiradi. Buterbrod margarinlari, albatta, qadoqlab o‘ralgan holda savdo tarmoq- lariga chiqarilishi kerak. Ularda namlik 16,5—17% ni, yog‘ning miqdori 72—75% ni tashkil qilishi kerak. Tarkibida 62% yog‘ va 18% shakar bo‘lgan shokoladli-qaymoqli margarin yumshoq, surkaluvchan konsistensiyaga, kakaoning aniq sezilib turgan ta’mi va hidiga ega bo‘ladi.
Xo‘raki margarinlar.«Молочный», «Сливочный», «Yayla», «Маселко»,
«Солнечный» xo‘raki margarinlari oshpazlikda taom tayyorlashda va non mahsulotlari, unli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Xo‘raki margarinlarda yog‘ning miqdori 72—82% ni, namlik esa 17—27%ni tashkil etadi.
Sanoatda qayta ishlashga mo‘ljallangan margarin esa novvoylik va qandolat sanoatida foydalanishga mo‘ljallangan.
Margarin kichik qadoqlarda 200, 250, 500, 1000 g dan, pergamentga, folgaga o‘ralgan va 20—25 kg dan yog‘och yoki karton yashiklarga joylangan bo‘ladi.
Margarinlar tez buziluvchan mahsulotlar qatoriga kiradi. Shu sababli ularni saqlashda maxsus sharoitlar tashkil eti- ladi. Margarin 10—15°C da — 20 kun; 10°C da — 30 kun;
0— 4°C da — 45 kun, 0 dan —9°C gacha bo‘lgan haroratda 60 kun davomida saqlanadi.
Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bilan standart talablariga javob bermaydigan, achigan, metall, baliq, mog‘or ta’mli va hidli, suvi oqib turgan, unsimon va tvorogsimon konsistensiyali, ifloslangan idishga qadoqlangan, noto‘g‘ri yorliqlangan marga- rinlar savdo uchun qabul qilinmaydi.


Oshpazlik, novvoylik va qandolatchilik yog‘lari.


Oshpazlik, novvoylik va qandolatchilik yog‘lari qattiq konsistensiyali bo‘lib, tarkibida 99% gacha yog‘ mavjud. Ular hayvon yog‘lari (mol, qo‘y, cho‘chqa), rafinatsiyalangan o‘simlik yog‘lari (paxta, kungaboqar, soya) va ayrim hollarda gidro- genlangan o‘simlik va hayvon yog‘lari (salomaslar) aralash- masidan maxsus ishlov berish yo‘li bilan tayyorlanadi.



Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə