Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə236/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Oshpazlik yog‘lari. Oshpazlik yog‘larini tayyorlash uchun salomaslar va o‘simlik yog‘lari yaxshilab oqlanadi va dezo- doratsiyalanadi, eritiladi va filtrlanadi. Oshpazlik yog‘lari uchun mo‘ljallangan yog‘ aralashmalarining erish harorati 40°C dan oshmasligi kerak. Suyuq va qattiq yog‘larning nisbati tay- yorlanadigan yog‘ning qo‘llanilish maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.
Suyuq o‘simlik yog‘lari salomaslar va hayvon yog‘lari bilan aralashtirilib, erish harorati qiyin eruvchi qo‘shimchalarnikidan past va yaxshi hazm bo‘ladigan aralashma hosil qilinadi.
Tayyorlangan yog‘ aralashmasi mahsulotning erish haro- ratidan 2—3°C yuqori haroratgacha qizdiriladi, undan so‘ng tezda qotish haroratidan 1—2°C past haroratgacha sovitiladi. Bu yog‘larni yog‘och yashiklarga va bochkalarga joylash imkonini beradi va bunda yog‘ idish devorlariga so‘rilmaydi.
Oshpazlik yog‘lari o‘simlik va aralash turlarga bo‘linadi. o‘simliklardan olingan
oshpazlik yog‘lari tarkibida hayvon yog‘lari bo‘lmaydi. Aralash yog‘lar turli xil yog‘larning aralashmasidan iborat bo‘lib, ularga frityur yog‘i, palov uchun mo‘ljallangan yog‘lar kiradi.
O‘simlik yog‘i 10—20% oqlangan o‘simlik yog‘i va 20% paxta palmiti (paxta yog‘ining qattiq konsistensiyali qismi)dan iborat bo‘lgan oziqaviy salomasdan iborat bo‘lib, ba’zida aralashma ranglanishi va xushbo‘ylantirilishi mumkin. Erish harorati 28—34°C. Oshpazlikda va qandolatchilikda ishlatiladi.
Frityur yog‘i toza o‘simlik salomasidan yoki 25—50% kit salomasi qo‘shilgan aralashmadan iborat bo‘ladi. Uning erish harorati 18—25°С va 31—34°C bo‘lishi mumkin. Frityur yog‘i va o‘simlik salomasi toza ta’mli, oqdan sariqqacha bo‘l- gan rangga, qattiq yoki surkaluvchan konsistensiyaga ega bo‘lib, eritilgan holatda rangsiz bo‘ladi. Namligi 0,3% ni, yog‘ miqdori 99,7% ni tashkil qiladi.
Sharq yog‘i 20—60% o‘simlik salomasi, 15% qo‘y yog‘i, 20—25% o‘simlik yog‘i va ba’zida 30% paxta palmitining qo‘shilgan aralashmasidan iborat. Yog‘ning miqdori 99,7%, namlik 0,3%, kislota soni — 0,8 mg KON, erish harorati 28—36°C ni tashkil qiladi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə