Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə237/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Palov uchun yog‘ 50—80% o‘simlik salomasi va 20% eritilgan qo‘y yog‘i yoki 15—50% qo‘yning dumba yog‘i aralashmasidan iborat. Palov va boshqa taomlarni tayyorlash uchun ishlatiladi.
Non mahsulotlariga mo‘ljallangan yog‘lar o‘simlik va hayvon salomaslari aralashmasidan (60—65%), o‘simlik yog‘i (17—22%) va fosfatid konsentratidan iborat.
Sariqdan kulranggacha, qattiq yoki surkaluvchan konsis- tensiyaga ega, fosfatidlarning mazasiga ega bo‘lishi va eritilganda xiralanishi mumkin. Yog‘ning miqdori 99%, namlik 1%, kislota soni 6 mg KON, erish harorati 28—36°C ni tashkil qiladi.
Novvoylik sanoati uchun xona haroratida (15—22°C) oquv- chanlikka ega bo‘lgan novvoylik yog‘i ham ishlab chiqariladi. Uning tarkibi o‘simlik yog‘i, qisman gidrogenlangan o‘simlik yog‘i, juda qattiq gidrojir, fosfatid konsentrati, emulgator T-2 va aromatizatordan tashkil topgan. Ushbu yog‘ qatlamlarga ajralmaydi, sifati o‘zgarmay uzoq muddat saqlanadi, xamir xossalari va non mahsulotlari sifatini yaxshilaydi.
Qandolatchilik yog‘lari. Bu tur yog‘lar turli xil qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Shokolad mahsulotlari, konfet va oziq-ovqat konsentratlari uchun mo‘ljallangan yog‘ paxta va yeryong‘oqdan tayyorlangan yuqori qattiqlikdagi oziqaviy salomaslardan iborat. Qattiqligi 550—600 g/sm, rangi oqdan och sariqqacha, konsistensiyasi qattiq, erish harorati 34—36,5°C.
Vafli masalliqlari tayyorlashga mo‘ljallangan yog‘. O‘simlik salomaslari (60—80%) va kokos yoki palma yadrosidan tayyorlangan yog‘larning (20—40 %) aralashmasidan iborat. Rangi oqdan oq-sariqqacha, konsistensiyasi qattiq, bir jinsli, plastik bo‘lishi ham mumkin. Yog‘ miqdori 99,7%, nam- ligi — 0,3%, erish harorati 26—30°C ni tashkil qiladi.
Pechenye tayyorlashga mo‘ljallangan yog‘ o‘simlik salomasi (73%), oliy navli mol yog‘i (12%), oziqaviy fosfatid kon- sentratidan (3%) iborat bo‘ladi. Sariq rangdan kulranggacha, bir jinsli qattiq yoki surkaluvchan konsistensiyaga (15°C haroratda) ega, eritilgan holda fosfolipidlarning mavjudligi sababli biroz xiraroq bo‘lishi mumkin. Yog‘ miqdori — 99,7%, namlik — 0,3%, erish harorati 34—36°C ni tashkil qiladi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə