Mahsulotlari tovarshunosligi


Achitilgan sut pishloqlari



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə224/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Achitilgan sut pishloqlari ko‘pincha yog‘i olingan (separatdan chiqqan) sutni ivitib tayyorlanadi. Yashil pishloq shu pishloqlarning bir turidir.
Yumshoq pishloqlar (qayta ishlangan, eritilgan pishloqlar) konsistensiyasida, rangi, shakli va ko‘zchalarida kamchiliklari bo‘lgan shirdon, qatiqli, namakobli pishloqlardan hamda maxsus tayyorlangan pishloq massasidan tayyorlanadi. Eritilgan pishloq massasiga suzma, sariyog‘, yog‘i olinib quritilgan sut, turli ziravorlar (garmdori, qalampirmunchoq, dolchin, muskat, kardamon va boshq.) hamda pishloq xamirini bo‘yash uchun ozuqa bo‘yoqlari qo‘shiladi. Erituvchi sifatida limon kislotasidan foydalaniladi.
Eritishga mo‘ljallangan pishloq po‘sti artilib maydalanadi va vakuum-qozonlarga joylanib, unga tuz, eritgichlar, bo‘yoqlar qo‘shiladi hamda 70—75°C gacha isitiladi. Bu issikliqda pishloq eriydi. Erigan pishloq massasini alumin zarqog‘oz solingan turli burchakli past silindr yoki yarim silindr qoliplarga quyiladi va sovigandan so‘ng chiroyli etiketkalarga o‘raladi.
Yurtimizda yumshoq pishloq ko‘plab turda ishlab chiqariladi. Ular xamirining tarkibi, ta’mi, shakli, rangi, konsistensiyasi va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.


Qayta ishlangan sut mahsulotlari


Sut konservalari ishlab chiqarish sut tarkibidagi suv miqdorini keskin
kamaytirish va shu asosda sut tarkibida asosiy ozuqaviy moddalarning konsentratsiyasini oshirishdan iborat.
Sut konservalari sutni konservalash usuliga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: qand qo‘shib (quyultirilgan sut konservalari); sterilizatsiya qilish yo‘li bilan (bankalarda quyultirib sterilizasiya qilingan konservalar); suvini batamom qochirish yo‘li bilan konservalangan (quritilgan sut mahsulotlari).
Quyultirilgan sut konservalari(сгущенное молоко). Bu guruhga qand qo‘shib quyultirilgan tabiiy sut, qand qo‘shib quyultirilgan qaymoq, qand va kakao qo‘shib quyultirilgan sut, qand va qahva qo‘shib quyultirilgan sut va shunga o‘xshash konservalar kiradi.
Quruq sut tarkibida ko‘p miqdorda to‘liq qiymatli oqsil moddalari, kalsiy va B guruh darmondorilari mavjudligi uchun yuqori ozuqaviy ahamiyatga egadir.
Quruq sutlarni ishlab chiqarish tabiiy sut tarkibidagi 95—97% suvni quritish yo‘li bilan mahsulotdan chiqarib yuborishga asoslangan. Sut tarkibidagi suv miqdorini belgilangan darajagacha kamaytirish mikroorganizmlarning yashash sharoiti uchun noqulay sharoit tug‘diradi. Ular bu sharoitda uzoq muddat saqlaganda esa asosan qirilib bitadi.
Muzqaymoq sut yoki meva-rezavor meva xomashyo aralashmalariga stabilizatorlar qo‘shib kuvlash, muzlatish yo‘li bilan olinadigan shirin, rohatbaxsh oziq-ovqat mahsuloti. U uglevod, yog‘, oqsil, ma’danli tuzlar va darmondorilarga boy.
Muzqaymoq ishlab chiqarish uchun qaymog‘i olinmagan va qaymog‘i olingan sut, qaymoq, sariyog‘, qand qo‘shib quyultirilgan sut mahsulotlari, quruq sut va qaymoq, shakar, lazzat va xush- bo‘ylantiruvchi xomashyolar (kakao, qahva, yong‘oq va bodom mag‘zi, essensiyalar, vino, konyak va h.k.) ishlatiladi. Muzqaymoq ishlab chiqarishda stabilizatorlar ishlatiladi. Stabilizatorlar sifatida agar, agaroid, pektin, kraxmal va oliy navli bug‘doy uni singari xomashyolardan foydalaniladi.
Muzqaymoq hozirgi kunda xilma-xil assortimentda chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga va qo‘shiladigan xomashyolarning turiga qarab muzqaymoqlar sutli, qaymoqli, plombir, meva- rezavor mevali, xushbo‘ylantirilgan va boshqalarga bo‘linadi.
Organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha muzqaymoqlar tegishli me’yoriy hujjatlar talabiga javob berishi kerak.



Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə