Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə229/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Nazorat savollari. 1.Tovuq tuxumining xususiyatlarini tushuntiring? 2.Tovuq tuxumining tuzilishini ayting?

  1. Tuxumning turlari haqida ma’lumot bering?

  2. Qayta ishlangan tuxum mahsulotlari haqida tushuncha bering? 5.Melanjni ayting?

6.Quruq tuxum mahsulotlarini tushunturing? 7.Parranda go‘shtlari haqida ma’lumot bering? 8.Ilvasin go‘shtlarini ayting?
  1. Mavzu: Yog‘larni ahamiyati, kimyoviy tarkibi. O‘simlik moylari. Xayvon yog‘lari.


Reja: 1.Yog‘larni ahamiyati,kimyovi y tarkibi. 2.O‘simlik moylari.

3.Xayvon yog‘lari.


Ozuqaviy yog‘lar inson ratsioni uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston yog‘-moy sanoati, oziq-ovqat yog‘laridan tashqari, yog‘- moy chiqindilarini qayta ishlash orqali margarin, oshxona moylari, kir va atir sovun, olif, glitserin, yog‘ kislotalari, qimmatbaho to‘yimli hayvon ozuqasi — kunjara, shuningdek, kimyo sanoati uchun turli xomashyolar ishlab chiqaradi.


Qaysi xomashyodan olinishiga qarab, yog‘lar o‘simlik, hayvon va kombinatsiyalashgan, konsistensiyasiga qarab, suyuq va qattiq bo‘ladi. O‘simlik yog‘larini moylar deb atash qabul qilingan.
Kombinatsiyalashgan yog‘lar deb, hayvon, o‘simlik va gidratlangan yog‘larni aralashtirib olingan yog‘larga aytiladi. Bu margarin, pazandalik va maxsus yog‘lardir.
Yog‘lar xomashyo sifatida turli xil oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llanilib, bu mahsulotlarning ozuqaviy va biologik qiymatini, ta’mini belgilaydi.
Yog‘-moy sanoatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichi toza- langan yog‘ miqdorining chiqishi bilan belgilanadi.

Yog‘larning kimyoviy tarkibi.


Yog‘lar murakkab efir bo‘lib, yog‘ kislotalari va chiqin- dilardan iboratdir.
Tarkibidagi yog‘ kislotalarning turiga qarab hamma yog‘lar ikkiga bo‘linadi: 1.Suyuq yog‘lar, ularga, asosan, o‘simlik yog‘lari va ayrim baliq, kit moylari kiradi. 2.Quyuq yog‘lar, ularga, asosan, hayvon yog‘lari va ba’zi o‘simlik moylari (kakao, kokos) ham kiradi.
Yog‘lar odam organizmida plastik va energetik ahamiyatga ega bo‘lib, organizmning o‘sishida, toliqishda sarflanadi, teri va ichki organlardagi yog‘lar himoyalovchi vazifani bajaradi, tanani sovuq qotishdan, mexanik shikastlanishlardan saqlaydi.
Yog‘lar odam organizmida quyidagi vazifalarni bajaradi: organizm to‘qimalari tashkil topishida ishtirok etadi; A, E, D, K darmondorilarni o‘ziga biriktirib olib, ularning o‘z- lashishini ta’minlaydi; to‘yinmagan yog‘ kislotalari xoles- terin birikmalarini bartaraf etish va aterosklerozning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Yog‘lar tarkibida organizm uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fosfatidlar, o‘ta to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalari, sterinlar, tokofe- rollar bor. Yog‘lar jinsiy gormonlar va buyrakusti bezlari gormonlari hosil bo‘lishida, D darmondorisi hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə