Mahsulotlari tovarshunosligi


Qand-rafinadning assortimenti



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə48/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Qand-rafinadning assortimenti. Qand-rafinad quyidagi assortimentda ishlab chiqariladi: presslangan yorma qand, presslangan quyma qand, presslangan tez eruvchan qand, mayda hajmda o‘ralgan qand, qand upasi va boshqalar.
Qand upasi quyma rafinad qandlarni kesib bo‘laklanganda hosil bo‘ladi, u maydalangan qand zarrachalari diametri
0, 25 mm bo‘lgan elaklarda elanib qand upasi sifatida chiqariladi.
Qand-rafinadning sifat ko ‘rsatkichlari. Sifatli qand- rafinadning rangi oq, toza, dog‘siz va begona aralashmasiz bo‘lishi kerak. Qand-rafinad tarkibidagi saxarozaning miqdori quruq modda hisobida 99,9% dan kam bo‘lmasligi shart. Demak, qand bo‘lmagan moddalarning miqdori qand-rafinadda shakardagiga nisbatan 2,5 marta kam bo‘lib, 0,1 % dan oshmasligi lozim.
Quyma qandda namlik 0,4%, presslangan qandda 0,25%, presslangan tez eruvchan qandda esa 0,20% dan oshmasligi kerak.
Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talabiga javob bermaydigan, ya’ni begona ta’m va hidlarga ega bo‘lgan, sariq dog‘li, mexanik aralashmalari bo‘lgan qandlar sotishga chiqarilmasligi kerak.
Qand mahsulotlarini o‘rash, joylash, saqlash va tashish qoidalari. Qand mahsulotlarini saqlash, tashish paytida tashqi muhitdan yaxshi himoya qilinsa, ular o‘zining dastlabki xususiyatlarini o‘zgartirmaydi.
Shakar 50 kg sig‘imga ega bo‘lgan yangi qoplarga yoki 25, 30, 40 kg sig‘imli qog‘oz qoplarga joylanadi. Qand solinadigan qoplar zig‘ir, kunjut, kanop tolalari aralashmasidan to‘qiladi. Qoplar toza, quruq va begona hidsiz bo‘lishi kerak.
Shakarlarni avtomobil vositalari bilan tashiganda ularni
40 kg sig‘imli 5—6 qavatli qog‘oz yoki polietilen xaltalarga joylashtiriladi. Savdo tarmoqlariga qand-rafinadlar 0,3, 0,5, 1 kg og‘irlikdagi karton qutilarga yoki turli shakldagi qog‘ozlarga o‘rab chiqarilmoqda. Bu quti va o‘ramlar sig‘imi 30—35 kg bo‘lgan yashiklarda savdo shoxobchalariga jo‘natiladi. Shakar ham savdo shoxobchalariga 0,5—1,0 kg sig‘imli polietilen paketlarga qadoqlanib chiqariladi.
yaxlit massa hosil bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə