Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə56/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Shokoladlar assortimenti. Qandolat fabrikalari ishlab chiqarayotgan shokoladlar oddiy va desert shokoladlarga bo‘linadi. Ularning har bin, o‘z navbatida, qo‘shimcha xom- ashyolar qo‘shilgan yoki qo ‘ shilmaganligiga qarab turlarga ajratiladi
Shokolad sifatiga qo ‘yiladigan talablar. Shokoladlar organoleptik va fizik- kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tegishli talablarga javob berishi kerak. Shokoladning organoleptik ko‘rsatkichlariga shakli, yuzasi, rangi, konsistensiyasi, ta’mi va hidi kiradi.
Shokoladlarni nisbiy namligi 75% dan, harorati esa 18°C dan ortiq bo‘lmagan quruq, toza, yaxshi shamollatiladigan, zararkunandalar bilan zararlanmagan omborlarda saqlash tavsiya etiladi.
Shokoladlarni saqlash muddati ularning turiga, o‘ralgan va o‘ralmaganligiga qarab 2 oydan 6 oygacha qilib belgilangan.

Konfet mahsulotlari


Konfet mahsulotlariga konfetlar, iris va drajelar (yumaloq konfetlar) kiradi. Konfetlar konfet massalaridan tayyorlanadi. Ular karamellardan konsistensiyasining yumshoqligi, chiroyli bezatilganligi, yuqori oziqaviy qiymatga egaligi bilan ajralib turadi va ko‘pincha mayda kristall tuzilishda bo‘ladi (26-rasm).
Konfetlar qanday masalliqdan (konfet massasi) tayyor- lanishiga, konfet korpusiga ishlov berilishiga qarab guruhlanadi. Masalliqning turiga qarab pomadali,
mevali, sutli, likyorli, yong‘oqli, marsipanli, kremli bo‘lishi mumkin. Korpusiga ishlov berilishiga qarab sirlangan va sirlanmagan konfetlarga bo‘linadi. Konfet massasiga shakl berilishiga qarab esa konfetlar qoliplarga quyish, surkash, presslash yo‘llari bilan ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Tashqi bezagi bo‘yicha konfetlar etiketka qog‘ozlariga o‘ralgan, o‘ralmagan (ochiq), bezak berilgan qutilarga joylangan holda ishlab chiqariladi.

Sharq va o‘zbek milliy qandolat mahsulotlari


Sharq xalqlarining milliy xususiyatlariga va ta’biga xos bo‘lgan qandolat mahsulotlari sharq shirinliklari deb nomlangan. Ular shakar asosida va mahsulot turiga qarab ancha miqdorda yog‘, tuxum, yong‘oqlar, yog‘li urug‘larning mag‘zi, quruq mevalar, bo‘yoqlar, kislotalar va xushbo‘y moddalar qo‘shib tayyorlanadi. Shu tufayli bu mahsulotlar yuqori oziqaviy qiymatga ega.
Sharq shirinliklari keng assortimentda ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish usullari, qo‘llaniladigan xomashyo, strukturaviy- mexanik va mazali xususiyatlariga ko‘ra bu mahsulotlarni shartli ravishda uch asosiy: karamelsimon, yumshoq kon- fetsimon va unli sharq qandolati guruhlariga ajratish mumkin.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə