Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə49/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Asal


Asal — asalarilar ishlab chiqaradigan o‘tkir shirali mahsulot. U to‘yimlilik, shifo- profilaktika va bakteritsid xususiyatlarga ega. 100 g asalning kaloriyaliligi 308— 315 kkal yoki 1289—1300 kJ ni tashkil etadi. Jigar, o‘pka, buyrak, oshqozon, yuqori nafas organlari xastaliklarini davolashda ishlatiladi. Asal tarkibida odam organizmi uchun muhim bo‘lgan 70 dan ortiq modda bor. Uning tarkibi quyidagicha: suv — 17— 21%; uglevodlar — 75%, organik kislotalar, oqsil moddalar, mineral moddalar, xushbo‘y va bo‘yovchi moddalar, darmondorilar. Asal turlari: tabiiy va sun’iy asal.
Tabiiy asal. Nektar olish manbayi qandayligiga qarab gul asali va barg asali bo‘ladi. Asal o‘simlik turiga qarab 30 dan ziyod turga bo‘linadi. Gul asali guldagi nektardan olinadi. U monofil va polifil bo‘lishi mumkin. Jo‘ka, beda asali gul asalining eng yaxshi navlaridir. Terma gul asali bilan barg asalining sifati pastroq bo‘ladi.
Jo‘ka asali suyuq holda, rangsiz, shaffof, qotgan holda sal sarg‘ish yoki yashil- kulrang bo‘ladi.
Akas asali suyuq holda shaffof, qotgan holda — oq, ba’zan tillarang-sariq bo‘ladi. Ta’mi yaxshiligi va nozik xushbo‘yligi bilan farq qiladi.
Marjumak asalning rangi qizg‘ish rangdan to‘q jigar- ranggacha bo‘ladi. Ta’mi o‘ta shirin, taxirroq, juda xushbo‘y bo‘ladi. Quyuqlangani suyuq bo‘tqachaga aylanib qoladi.
Barg asali rangining to‘qligi, yopishqoqligi, ta’mi va hidining kamroq yoqimliligi, qandning kamroqligi, kislotaliligi va qumoqligi ko‘proqligi, kristallanishi yomonligi bilan farq qiladi.
Sun’iy asal qand sharbatiga organik kislotalar va xushbo‘y essensialar qo‘shib qaynatib quyiltirilib olinadi. Sun’iy asal tarkibiga quyidagilar kiradi: glukoza — 25%, saxaroza — 30%, suv — 20%, yana ovqatga solinadigan sariq rang, asal essensiyasi qo‘shiladi. Sun’iy asal shirinliklar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Asalning sifatiga qo‘yiladigan talablar. Tabiiy asal navlarga bo‘linmaydi. Uning konsistensiyasi quyuq, tiniq yoki kristal langan bo‘ladi. Asal rangiga qarab tiniq sariqdan, oqdan to‘q jigarranggacha, ta’mi shirin, begona ta’m aralashmagan bo‘lishi kerak. Tarkibidagi suv ko‘pi bilan 21%, tiklovchi shakar moddalar 79%, saxaroza ko‘pi bilan 7% bo‘lishi mumkin.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə