Mavzu: bodom turkumi



Yüklə 135,78 Kb.
səhifə2/10
tarix22.03.2024
ölçüsü135,78 Kb.
#180617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BODOM TURKUMI

Kurs ishi vazifalari:

  • bodomdoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumotlar bilan tanishish;

  • bodomdoshlar oilasining asosiy turkumlari bilan tanishish va ularni o’rganish;

  • bodomdoshlar oilasining yo’qolib ketayotgan turlarini aniqlash.

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kirish, asosiy qism, 3 ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan va 25 sahifadan tashkil topgan.


ASOSIY QISM
1. Bodom turkumi haqida umumiy ma’lumotlar


Bodom (Amygdalus L.)raʼnodoshlar (anorgullilar oilasiga)mansub daraxt va butalar turkumi. 40 ga yaqin turmaʼlum. Osiyo, Shimoliy hamda Markaziy Amerikada, Yevropaning janubida, Zakavkazye, OʻrtaOsiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda 5 turi mavjud. Ulardan bittasi — shirin magʻizli B. (A. communis L.)
ekiladi, qolganlari yovvoyi holda uchraydi. Oʻzbekistonning dengiz sathidan
1000–1200 m gacha boʻlgan togli zonalarida (Fargʻona vodiysi, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida) oʻstiriladi.
Botanik tavsifi. Daraxti 6– 10 m, shoxshabbasi piramidasimon yoki tarvaqaylagan. ildiz tizimi yaxshi rivojlangan. Barglari nashtarsimon. Oʻsuv va meva novdalari chiqaradi. Erta bahorda, barg chiqarishdan oldin gullaydi. Guli oq yoki pushti, ikki jinsli. Gʻoyat yorugʻsevar va qurgʻoqchilikka chidamli. Chetdan changlanganda yaxshi hosil beradi. Mevasi (bodomi) pust (pishganda yorilib ketadi) bilan qoplangan qattiq qobikli danak (yongʻoqcha). Iyul—sentabrda pishadi. Bodomi 0,5—4 g (magʻzi 12—80%). Magzi tarkibida 35—67% yogʻ, 30% gacha oqsil moddalar, shuningdek qand, yelimsimon moddalar (achchiq B. tarkibida 2,5% gacha amigdalin) bor. Poʻchogʻi naviga qarab yupqa (gʻalvirak), oʻrtacha va qattiq, magʻzi shirin yoki achchiq boʻladi.
Xoʻjalik ahamiyati. B. asosan, shirin magʻzi uchun yetishtiriladi. B. magʻzi isteʼmol qilinadi, konditer sanoatida, moyi tibbiyotda, achchiq magʻiz B.dan olinadigan efir moyi kosmetika sanoatida, poʻchogʻi likyor, konyak va vinolar rangi va taʼmini yaxshilashda ishlatiladi.
Biologik xususiyatlari. B. 100, hatto 130 yilgacha yashaydi. Koʻchati danakmevalilar (shaftoli, olcha, oʻrik) yoki achchiq B. danagini ekib olingan nihollarga shirin B. navlarini payvand qilish yoʻli bilan yetishtiriladi. Koʻchati kuzda yoki bahorda 8×6, 8×8, 10×10 m sxemada ekiladi. Soz va toshloqi tuproqli, sugʻoriladigan boʻz yerlarda yaxshi usadi. Ekilgan yili 8—10-marta, hosilga kirgach, 4—6-marta sugʻoriladi. Shoxshabbasiga siyrak yarusli, baʼzan kosasimon shakl beriladi. Daraxti 4—5 yildan boshlab meva beradi. 12—15yili toʻliqhosilga kiradi. Bir tupidan 60–80 kg gacha hosil olinadi. Daraxti 20—25° sovuqqa bardosh beradi.



Oʻzbekistonda ekiladigan asosiy navlari. Boʻstonliq — shaftoli bilan chatishtirish natijasida yetishtirilgan. Bodomi 2 g keladi. Poʻchogʻining qalinligi oʻrtacha, magʻzi shirin. Bahorgi qorasovuqqa chidamli. Ertagi — Buxoro bodomini oddiy B. bilan chatishtirib olingan. Erta gullaydi, mevasi iyudda pishadi. Magʻzi shirin. Sovuqqa chidamli. Gʻalvirak (yupqapoʻchoq) — bodomining oʻrtacha ogʻirligi 1,9 g, magʻzi toʻq, erta gullaydi, mevasi avg,da pishadi, sovuqqa chidami oʻrtacha. B.ning Yalta, Kosmos, Nikitskiy 62, Turkmenistan aʼlosi kabi navlari ham ekilmoqda.
O’rta Osiyoda oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, O’zbekistonda
11 ta turkumga oid 96 ta turi o’sadi, Ra’nodoshchalar (Rosaideae), Ra’nodoshchalar oilasiga Maymunjon (Rubus), Na’matak (Rosa), Pochaqirqar (Hulthemia), Qulupnay (Fragaria) kabi turkumlar kiradi .Na’mataklar ichida itburun na’matak (R. canina) O’zbekistonda keng tarqalgan.
Itburun na’matagi (Rosa canina): Raʼnodoshlar, atirguldoshlar (Rosaceae) — ikki urugʻ pallali õsimliklar oilasi. Daraxt, buta va õtlardan iborat.Oilacha vakillari: Madaniy olma (Malus domestica), yovvoyi olma (M.Sylvestris), nok (Pyrus), bexi (Cydonia), sariq dulana (Crataegus pontica).
Rosaceaening ayrim guruhlari ba’zida alohida oilalar deb tasniflanishiga qaramay, olimlarning ta’kidlashicha, bunday o’simliklarning barchasi hali ham bitta oila sifatida tavsiflanishi mumkin, chunki uning aksariyat vakillari bitta nasabdan kelib chiqqan.Biologiyani esga olib, biz ikki pallali o’simliklar sinfiga Rosaceae oilasini kiritamiz.
Xalq tabobatida do’lana mevasidan ichburug’ kasalligini davolashda keng foydalaniladi. Shuningdek do’lananing ba’zi turlaridan og’riqni pasaytiradigan yurak ish faoliyatini yaxshilaydigan dori-darmonlar tayyorlanadi.
Hozirgi davrda florogenez va filogenez muammolarini hal qilish yoʼlida oʼsimliklar ontogʼenezini tadqiq qilish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Pallabarg, yuvenil va definitive barglarning anatomik tuzilishini oʼrganish orqali oʼsimlik assimilyatsiya aʼzolarining primitiv turlaridan hozirgi turlarigacha boʼlgan rivojlanish sikli va tashqi muhit sharoitiga adaptatsiyasi oʼrganiladi.

Yüklə 135,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə