Mavzu: pulning va uning vazifalari


  Pulning takomillashuvi



Yüklə 475,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix19.02.2022
ölçüsü475,53 Kb.
#83921
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
700. PULNING VA UNING VAZIFALARI с паролем.

2.3

 

Pulning takomillashuvi

Kishilik jamiyatida ayirboshlash munosabatlarining chuqurlashuvi, mehnat 



taqsimotining rivojlanishi  pulning  oddiy  tovar  shaklidan,  hozirgi  kunda  hisob  

–  kitoblarda  qo‘llanilayotgan elektron pullar ko‘rinishi  darajasigacha yetib 

kelishiga sabab bo‘ldi. Albatta bu juda uzoq davrni o‘z  ichiga  oladi.  Kishilar  

stixiyali  tarzda  hayot  kechirgan  va  natural  xo‘jalik  tuzumi  sharoitida turli 

buyumlar, hayvonlar, mahsulotlar pulning vazifasini bajargan bo‘lsa,  miloddan 

oldingi VII – VI asrlarda metallar pul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda 

qog‘oz pullar, XX asrdan esaelektron pullar iqtisodiyotga to‘lov vositasi sifatida 

kirib keldi. 

Demak, pul  bugungi  kundagi  ko‘rinishiga  yetib  kelguncha  juda  uzoq  davr  

va  ijtimoiy –iqtisodiy  jarayonlarni  bosib  o‘tgan.  Pulning  turlarini  o‘rganishda  

uni  asl  qiymatga  ega  bo‘lgan (haqiqiy)  pul  va  asl  qiymatga  ega  bo‘lmagan  

(o‘rinbosar)  pul  sifatida  o‘rganish  maqsadga muvofiq.  Odatda  haqiqiy  pullar  

to‘lov  vositasini  bajarganda  ular  o‘z  qiymati  bo‘yicha  ayirboshlash  jarayonida  

ishtirok  etgan,  iqtisodiyotda  pul  massasini  tartibga  solish  bo‘yicha muammolar 

mavjud  bo‘lmagan.  Asl  qiymatga    ega  bo‘lmagan  pullarning  haqiqiy    qiymati 

nominal  qiymatiga  nisbatan  birnecha  marta  past    bo‘lib,    ular    muomalaga 

chiqarilgandan  keyin  doimiy  ravishda  tartibga  solinib turish  lozim.  Aks  holda  

iqtisodiyotda  pul  massasi  tovar  massasiga  nisbatan  ortib  ketadi  va qog‘oz pullar 

o‘zining  to‘lov  vositasi  sifatidagi  qobiliyatini  yo‘qotadi.  Haqiqiy  pullar  quyidagi 

xossalarga ega bo‘lgan: 

– nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi

– qiymatning qardsizlanmasligi, ya’ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda ham 

o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotmagan; 

– ularni boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkinligi. 

Biroq,    natural    pullarning    hammasi    ham    yuqoridagi    xossalarni    uzoq  

muddatga  saqlab turish  imkoniyatiga  ega  bo‘lmagan.  Masalan,  bug‘doy,  tamaki,  

choy,    baliq,    jun    kabilar    vaqt  o‘tishi  bilan  o‘zining  dastlabki  xususiyatlarini 

yo‘qotgan. 

Natural pullar 

Jamiyatning  dastlabki  davrlarida  to‘lov  vositasi  sifatida  foydalanilgan  pullar 

buyum yoki natural ko‘rinishida bo‘lgan. Natural pullar  – bu real ko‘rinishga ega 

bo‘lgan  tovarlardir,  ushbu  pullarning    qiymati    tovarning    o‘zida    aks    ettirilgan 

bo‘lib,  ularning  sotib  olish qobiliyati  tovarlar qiymati  bilan  ifodalangan.  Ma’lum  

bir  tovarning  pul  o‘rnida  foydalanishda  uning  iste’mol qiymati muhim ahamiyat 

kasb  etgan.  Natural  shakldagi  pullarni  uchta  guruhga  ajratgan  holda  tasniflash 

mumkin. 



49 

 

1.  Hayvonlar  shaklida.  Ushbu  pul  tarkibiga  tirik  hayvonlar  va  ulardan  



tayyorlangan 

buyumlar kiradi. Masalan, qo‘y, buqa, jun, suyak va boshqalar. 

2.    Buyum  shaklida.  Bu  shakldagi  pullar  tarkibiga  foydali  qazilmalar  va 

metallar  hamda  ulardan  yasalgan  mehnat  qurollarini  keltirish  mumkin.  Masalan, 

qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar. 

3.  O‘simlik  shaklida.  Bularning  tarkibiga  turli  o‘simliklar  va  ularning  

mevalari  kiradi. Masalan, bug‘doy, mevalar, tamaki va boshqalar. 

Natural  pullarning  paydo  bo‘lishi  va  ulardan  foydalanish  tarixi  juda  chuqur  

va 

qiziqarlidir.    Odamlar    dastlab    yovvoyi    holda    yashagan    davrda    barcha  



kishilar    topgani   o‘rtada  bo‘lgan,   birgalikda   iste’mol    qilgan,    keyinchalik    bir  

urug‘ga  mansub  kishilar  qabila  –  qabila bo‘lib  yashay  boshlagan.  Qabila  ichida  

odamlar  bir  –  biriga  yordam  berishi,  oziq  –  ovqatlarni baham  ko‘rishi  kerak  

bo‘lgan.  Bu  beg‘araz  tartibda  amalga  oshirilib,  buning  o‘rniga  ular  bir  – biridan 

hech  narsa  umid  qilmagan,  hamma  narsa  o‘rtada  bo‘lgan.  Keyinchalik  ibtidoiy 

urug‘chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila qatlamlari vujudga kelgan.  Vaqti  

–  vaqti  bilan  ular  o‘rtasida  dahshatli  qonli  to‘qnashuvlar  bo‘lib  turgan.  Ushbu 

to‘qnashuvlar  natijasida  bir  qabila  ikkinchisi  ustidan  g‘alaba  qozongandan 

keyin, ularning barcha narsalarini  talon  taroj  qilgan.  Shu  bois,  ayrim  qabilalar  

tinchlikni    saqlash    maqsadida    kuchli  qabilalarga    narsalar,    asosan    iste’mol  

qilinadigan  narsalarni  bergan.  Aynan  shu  jarayon  ham kishilar  o‘rtasida  bir  

tomonlama    ayirboshalash    munosabatlarini    vujudga    kelishining    asosiy 

sabablaridan biri hisoblanadi. Tosh  asri  davrida  kishilar  yerlarni  o‘zlashtirib  ekin  

eka    boshlagan,    keyinchalik  dehqonchilikdan    chorvachilik    ajralib    chiqqan.  

Dastlab    yaratilgan    narsalar    barchasi    bir    yo‘la  iste’mol  qilingan  bo‘lsa,  endi 

ma’lum miqdorda  zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u yerda  ortiqchalik  

vujudga  kelgan.  Ortiqcha  narsalar  esa  unga  egalik  qiluvchi  tomonidan  erkin 

ravishda    tasarruf    qilingan.    Buning    natijasida    ayirboshlash    jarayoni    jonlana  

boshlagan. Shuningdek,  keyinchalik  hunarmandchilik  vujudga  kelgan,  bularning  

barchasi    kishilar  o‘rtasidagi    bir    tomonlama    ayirboshlashdan    ikki    tomonlama  

ayirboshlash    zaruriyatini    keltirib  chiqargan.  Odamlar    o‘rtasida    dastlab  

ayirboshlash  vositasi  sifatida  juda  keng  tarqalgani  mehnat qurollari  hisoblanadi.  

Mehnat  qurollariga  dehqonda,  chorvadorda  yoki  hunarmandda  juda  katta ehtiyoj  

mavjud    bo‘lib,    ular    o‘z    mahsulotlarini    iloji    boricha    mehnat    qurollariga  

ayirboshlashga intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy tovar – pullar hisoblanadi. 

Metall pullar 




50 

 

Kishilar    o‘rtasida    ayirboshlash    jarayonlarining    tezlashuvi    va    mehnat  



taqsimotining  chuqurlashuvi    ayirboshlash    hajmining    ortishiga    olib    keldi.  

Iqtisodiy  munosabatlarning takomillashuvi natijasida kishilar metalni kashf etdilar, 

undan turli xil mehnat qurollarini yasab kundalik  hayotida  foydalandilar.  Shu  bilan  

birga,  ushbu  mehnat  qurollari  to‘lov  vositasi vazifasini  ham  bajardi.  Keyinchalik  

esa  metalldan  tanga  pullarni  zarb  qilish  yo‘lga  qo‘yildi. Bularning  barchasi  

ayirboshlash    munosabatlari    jarayonida    foydalanib    kelinayotgan    natural    pul 

shakllarini metall pul shakliga o‘tishiga zamin tayyorladi. 

Metaldan    yasalgan    mehnat    qurollarining    to‘lov    vositasi    sifatida  

foydalanganligining  xususiyati    shunda    ediki,    kishilar    metaldan    tayyorlangan  

bolta    va    shunga    o‘xshash    narsalardan  to‘lov    vositasi    sifatida    foydalangan  

bo‘lsada,  ular  boshqa  maqsadda,  ya’ni  kundalik  hayotda foydalanish  uchun  

yaratilgan    edi.    Masalan,    kishilar    metaldan    yasalgan    boltadan    ayirboshlash 

vositasi  sifatida  keng  foydalangan,  lekin  u  to‘lov  vositasini  bajaradigan  tanga  

ko‘rinishiga    ega  bo‘lmagan.    Odamlar    stixiyali    ravishda    metalldan    yasalgan  

boltani    to‘lov    vositasi    o‘rnida  foydalanishgan.  Pulning    natural    ko‘rinishidan  

metall    tanga    shakliga    o‘tishi,    yuqorida    ta’kidlanganlardan  tashqari  quyidagi 

omillar muhim ahamiyat kasb etgan. 

1.Kishilar  metallarga  turli  shaklda  ishlov  berishni  kashf  etilishi. 

Ta’kidlaganimizdek, bolta va  shunga  o‘xshash  temir  qurollardan  pul  vositasi  

sifatida  foydalanilgan,  lekin  ularni  puldan foydalnishning  metall  davri  deb  yurita  

olmaymiz.    Chunki,    ushbu    mehnat    qurollarining  funktsiyalari  boshqa  bo‘lgan. 

Kishilar metalni kashf qilganlaridan keyin oradan juda ko‘p davrlar o‘tishi  bilan  

unga  ishlov  berish  yo‘llarini  o‘rgandilar.  Bu  o‘z  –  o‘zidan  metall  tangalarni  

zarb etishga turtki bo‘ldi. 

2.Davlatchilikning  paydo  bo‘lishi.  Metall  kashf  etilib,  odamlarga  unga  

ishlov  berish yo‘llari ma’lum bo‘lgandan so‘ng, ma’lum hudud va qabilalar alohida 

kishilarning hukmronligi, xonligi  va  qirolligi  ostida  boshqarila  boshlandi.  Bu  

o‘z  o‘zidan  o‘sha  davrning  hukmroni,  xoni. 

3.Kishilar  o‘rtasida  tovar  ayirboshlash  hajmining  ortib  borishi  natijasida  

ushbu 


jarayonning  murakkablashuvi.  Masalan,  dehqon  bir  qop  bug‘doyni  bitta  

boltaga  ayirboshlashi uchun  temirchi  kosibning  hoxishi  dehqonning  hoxishiga  

mos  kelishi  lozim.  Ya’ni  mazkur holatda,  temirchining    bir  qop  bug‘doyga  

ehtiyoji  bo‘lishi  kerak.  Biroq,  temirchiga  bir  qop bug‘doy  emas,  balki  bitta  

qo‘y  kerak  bo‘lsa,  u  holda  dehqon  bug‘doyni  qo‘yga  almashtirishi, so‘ngra 

qo‘yni  temirchiga  olib  kelib  bitta  boltaga  almashishi  zarur  bo‘lar  edi.  Ko‘rinib 

turibdiki,  kishilar  o‘rtasida  mehnat  taqsimotining  chuqurlashuvi  va  ayirboshlash 



51 

 

hajmining ortishi natural pullarni to‘lov vositasi sifatidagi vazifasini amalga oshirish 



imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi. 

4.  Natural  shakldagi  pullarni  saqlash  va  olib  yurishning  qiyinligi.  Alabatta, 

o‘sha paytlarda pulning  vazifasini  bajargan  bolta  yoki  boshqa  mehnat  qurollarini  

saqlash    qiyin    bo‘lmagan  bo‘lsada,    lekin    ularni   olib    yurish    va  xavfsizligini  

ta’minlash  odamlarga  turli  noqulayliklarni keltirib chiqargan. Pulning vazifasini 

bajargan bug‘doy, jun, qo‘y  yoki boshqa shunga o‘xshash narsalar  esa  vaqt  o‘tishi  

bilan  buzilgan,  o‘zining  dastlabki  xususiyatini  yo‘qotgan.  Shu  bilan birga, ularni 

olib yurish, ayniqsa saqlash ham odamlarga qo‘shimcha tashvish keltira boshlagan. 

Bularning  barchasi  natural  pullar  o‘rniga  metall  pullarni  muomalaga  to‘lov 

vositasi sifatida kirib kelishiga zamin yaratdi. Dastlab  metall  tangalar  qora  rangli  

temirlardan    slitka    ko‘rinishida    tayyorlangan    bo‘lsa,  keyinchalik  to‘rtburchak, 

uchburchak, yumaloq ko‘rinishdagi tanga shaklini olgan. 

 

Qog‘oz pullar 



Qog‘oz  pullarning  muomalaga  kiritilishi  jamiyatda  ijtimoiy   –  iqtisodiy  

voqelik  bo‘lib, ushbu  jarayon  o‘zi  bilan  birgalikda  qator  muammolarni  keltirib  

chiqardi.  Bu  muammolarning asosiysi inflyatsiya hisoblanadi. Qog‘oz pullarning 

muomalaga  chiqarilishi  natijasida  inflyatsiya  muammosining    paydo    bo‘lishini  

asosiy  sabablaridan  biri,  ushbu  pullar  haqiqiy  qiymatga  ega bo‘lmagan,  ya’ni  

haqiqiy  pullarning  o‘rinbosarlari  hisoblanadi.  Qog‘oz  pullarda  aks  ettirilgan 

nominal  qiymati  ularning  haqiqatdagi  qiymatidan  juda  yuqoridir.  Chunki  qog‘oz  

pullarning haqiqiy qiymati juda past. Manabalarga  ko‘ra, dastlabki  qog‘oz  pullar  

Xitoy,  Turkiston  va  Rossiyada  davlati  tomonidan  muomalaga chiqarilgan. 

Jamiyatda  tovar  –  pul  munosabatlarining  jadal  rivojlanib  borishi  natijasida,  

kishilar o‘rtasida  ayirboshlash  hajmi  misli  ko‘rilmagan  darajada  o‘sib  bordi.  Bu  

jarayon  oltinlarni saqlash  va  ularning  xavfsizligini  ta’minlash  borasida  qator  

muammolarni    keltirib    chiqara  boshladi.    Bularni    bartaraf    etish    maqsadida  

oltinlarni  saqlab  berish  evaziga  daromad  oluvchilar paydo  bo‘ldi. 

 Oltin    saqlovchilar    asta    –    sekinlik    bilan    odamlarning    ishonchiga    kirib  

borishi 


natijasida  kishilar    vaqtinchalik  bo‘sh  oltin  tangalarini  ma’lum  haq  to‘lash  

evaziga    ularga  topshira    boshladi.    Oltin    saqlovchi    oltinlarni    saqlar,    ularning  

xavfsizligiga    javobgar    edi,  shuningdek,    kimga,  qachon    va  qancha    oltin  kerak 

bo‘lsa  tegishli  yozuvlarni  (oltinni  olganligini tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan holda 

bera boshladi. 



52 

 

“A”  shaxs  “B”  shaxsga  sotib  olgan  tovari  uchun  to‘lagan  oltin  tangani  “B” 



shaxs  ham  o‘z  navbatida  ehtiyojidan  ortiqcha  qismini  oltin  saqlovchiga  eltib 

topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni  saqlashga  beruvchilar  o‘rtasida  o‘zaro  

ishonchning  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi. Keyinchalik  oltin  saqlovchi  odamlar  

orasida  tanilib,  ishonchga  kira  boshlaganlaridan  so‘ng odamlar  ehtiyojlari  uchun  

zarur    bo‘lgan    oltinni    olmasdan,    tovar    va    mahsulot    uchun    sotuvchiga  

tilxatlarning  o‘zini  to‘lov  vositasi  sifatida  bera  boshladi.  O‘z  navbatida  sotuvchi 

ushbu  tilxatlarni  to‘lov  vositasi  sifatida  qabul  qildi,  zarur  hollarda  ushbu  tilxat 

asosida  oltin  saqlovchidan  kerakli  miqdordagi    oltinlarni    oldi,    yoki    uchinchi  

shaxsga  to‘lov  vositasi  sifatida  o‘tkazib  yubordi.  Shu tariqa muomalada qog‘oz 

pullar paydo bo‘ldi. Bu  jarayon  shu  darajada  rivojlanib  ketdiki,  barcha  taniqli  

va    yetarli    darajada    ishonchga  ega  bo‘lgan  oltin  saqlovchilarning  tilxatlari 

muomalada  to‘lov  vositasini  bajara  boshladi.  Dastlab  muomalaga    chiqarilgan  

qog‘oz  pullar  to‘lig‘icha  oltin  bilan  ta’minlangan  edi.  Keyinchalik  esa oltin  

saqlovchining  kasodga  uchrashi,  yoki  odamlarning  ishonchini  suiste’mol  qilishi  

natijasida  muomalada   ta’minlanmagan       qog‘oz    pullar    paydo    bo‘la    boshladi.  

Natijada  ushbu  pullar  oltin saqlovchilarga  taqdim  etilganda  ular  buning  evaziga  

oltin    tangalar    berishdan    bosh    tortdi.  Bularning    barchasi    mamlakatda    pul  

muomalasini    izdan    chiqishi    oqibatida    xo‘jalik    yuritish    va  hisob  –  kitoblarni 

amalga  oshirishda  tanazulliklarni  keltirib  chiqardi.  Aynan  shu  jarayonda  davlat  

qog‘oz  pullarni  tartibga  solish  va  yagona  emissiya  qilishni  o‘z  qo‘liga  oldi.  

Buning    uchun  Bir  necha  asrdan  keyin  ushbu  “oltin  saqlovchilar”  banklarga 

aylandilar.   alohida  davlat  banki,  ya’ni  Markaziy  bankni  tashkil  etdi,  unga  

muomalaga  qog‘oz  pullarni chiqarish,  pul  muomalasini  tartibga  solish  vazifalari  

yuklatildi.    Tijorat    banklari    esa    muomalga  naqd    pullarni    emissiya    qilish  

huquqidan    mahrum    etilib,    mijozlarga    bank    xizmatlarini  ko‘rsatadigan  tijorat 

muassasalariga aylantirildi.Angliyada  qog‘oz  pullar  1817–1843  yillarda  tijorat  

banklari    tomonidanmuomalaga  chiqarilgan,    1813    yilda    Angliya    Banki    o‘z  

banknotasini  muomalaga  chiqardi.  1844  yildan boshlab  esa  tijorat  banklariga  

pulni    emissiya    qilish    bekor    qilindi    va    R.Pilning    qonuniga    asosan  Angliya 

Bankining  emissiya  huquqi  joriy  etildi.  Qog‘oz    pullar    ta’minlanmagan,    asl  

qiymatga    ega    pullar    bo‘lmaganligi    sababli    ayrim  davlatlarda    muomalaga  

chiqarilgan  pullar  dastlabki  davrlarda  to‘lov  vositasi  sifatida  hisob  – kitoblarda  

keng qo‘llanilishida muammolar  uchrab  turgan.  Buning  oldini  olish  maqsadida 

og‘ir  choralar  qo‘llanilgan.  Masalan,  Xitoyda  qog‘oz  pulning  o‘ziga  uni  to‘lov 

vositasi sifatida qabul qilmagan shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Frantsiyada 

25  yil  qamoq  jazosi,  ba’zi  hollarda  o‘lim    jazosi    ham    qo‘llanilgan.    Angliyada  

chiqarilgan    qog‘oz    pullarni    to‘lov    vositasi    sifatida  qabul  qilmagan  kishilarni 

davlatga  qarshi  xiyonat  darajasigacha  olib  chiqilgan.  Davlat  tomonidan  emissiya 

qilingan  qog‘oz  pullar  bevosita  va  bilvosita  ta’minlangan  edi.  Bevosita 

ta’minlangani  oltin    tangalar  bilan,  davlatning  soliqlarni  va  boshqa  majburiy 




53 

 

to‘lovlarni  shu  qog‘oz  pullarda  qabul  qilishi  bilvosita  ta’minlanganligi  sifatida 



belgilab qo‘yildi. 

Iqtisodiy  adabiyotlarda  “emissiya  qilish”  va  “muomalaga  pul  chiqarish”  

tarzidagi ma’nosi  bir  –  biriga  yaqin  bo‘lgan  iqtisodiy  terminlarni  uchratamiz.  

Biroq    bu    ikki    iqtisodiy  termin  ma’nosi  va  iqtisodiyotga  ta’siri  jihatidan  bir  – 

biridan  tubdan  farq  qiladi.  Naqd    pullarni    muomalga    emissiya    qilinishi  

iqtisodiyotda  pul  massasining  hajmini oshiradi.  Bu  ishni  mamlakat  Markaziy  

banki    amalga   oshiradi.   Muomalaga   naqd    pullarni  chiqarish    esa   mavjud    pul  

massasi    hajmini    o‘zgartirmagan    holda    tijorat    banklari    tomonidan  amalga 

oshiradi.  Mamlakatda    iqtisodiy    inqirozlar,    tabiiy    ofatlar    va    urushlar    ro‘y  

berganda  davlatning xarajatlari  juda  ortib  ketardi.  Ushbu  xarajatlar  davlatning  

topshirig‘i  bilan  muomalaga chiqariladigan qo‘shimcha pul emissiyasi orqali hal 

etilar edi, bu o‘z navbatida qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga va pul muomalasining 

izdan chiqishiga olib kelardi. Shuning  uchun  ham  qog‘oz  pullar  asl  qiymatga  

ega  bo‘lmagan,  o‘rinbosar  pullar hisoblanib,  ularni  doimiy  ravishda  tartibga  

solib  borish  va  tegishli  nazoratni  amalga  oshirishni talab etadi. 

Elektron pullar 

Banklarning rivojlanishi, o‘zaro to‘lovlar va hisob – kitoblar hajmining ortishi, 

shuningdek, texnika  va  texnologiyaning  takomillashuvi  natijasida  XX  asrning  

ikkinchi    yarmidan    electron  pullar    vujudga    keldi.    Elektron    pullarning    to‘lov  

instrumenti  bo‘lib    –    plastik  kartalar hisoblanadi. 

 Plastik  karta  –  bu  pullarni  naqdsiz  ko‘rinishda  ko‘chirish  yoki  naqd  pul  

ko‘rinishda  olish imkoniyatini  beradigan,  banklar  va  boshqa  kredit  muassasalari  

tomonidan  chiqarilgan  nomli to‘lov hujjat hisoblanadi. Plastik  kartalar  bank  tizimi  

va  undan  foydalanuvchilar  uchun  qulaylik  jihatlari  juda  ko‘p. 

Xususan: 

–  kishi  1,  2,  3  mln  so‘mni  hamyonida  olib  yurolmaydi,  lekin  plastik  

kartada  bunday muammo mavjud emas; 

–  hamyoningizdagi  pulni  yo‘qotsangiz  yoki  unutib  biror  joyda  qoldirsangiz 

ularni  begona  shaxs    foydalanishi    mumkin,    lekin    plastik    kartalardan    begona  

shaxslarni  foydalanish  imkoniyati juda  chegaralangan.  Chunki  ularning  maxsus  

paroli  mavjud,  shu  bilan  birga,  plastik  kartani yo‘qotgan  shaxs  zudlik  bilan  

bankka  xabar  bersa  uning  hisobraqamlari  bo‘yicha  to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yish 

mumkin; 

–  banklar  naqd  pullarni  tashish,  saqlash,  ularning  hisobini  yuritish  va  

mijozlarga  berish kabi qo‘shimcha mehnat va sarf xarajatdan forig‘ bo‘ladi. 


Yüklə 475,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə