Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109

 
39
qilindi. 1889 yili fmn olimlari Eniseydan topilgan ёzma  ёdgorliklar xaritasini 
tuzdilar. 
 
5.2.2. Mwg’ulistondan topilgan bitiklar 
Mwg’ulistondan topilgan bitiklar orasida Twnyuquq, Kul tegin, Bilga xoqon 
va Ongin muh’im wrin tutadilar. 
Twnyuquq bitigi Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqda, Bain Tsokto 
manzilida joylashgan va ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarish xoqonning 
(681-691-yy.) maslah’atchi sarkarda Twnyuquqqa atalgan va 712-716 yillari 
ёzilgan. 1897- yili rus olimi D.A.Klements (1848-1914) va uning xotini Elizaveta 
Klementslar tarafidan ochilgan, V.V.Radlov (1899 y.), V.Tomsen (1922 y.), 
X.Sheder (1924 y.), D.Ross (1930 y.) h’amda G.Aydarov (1971) tarafidan yaxshi 
wrganilgan va matni nemischa, daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan 
chop etilgan. Obida G’.A.Abdurah’monov h’amda A.Rustamov tomonidan wzbek 
tiliga qisqacha tarjima qilingan (1982 y.). 
Kul tegin bitigi. Bilga xoqonning (716-734 yy.) inisi Kul tegin (731- yili 
vafot etgan) sharafiga ёzilgan. Mwg’ulistonning Kosho Tsaydan vodiysida 
Kwkshin Wrxun darёsi bwyidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.Yadrintsev 
(1842-1894 yy.) tomonidan 1889 yili topilgan. 
Bitik V.V.Radlov (1891 y.), A.Xeykel (1892 y.), V.Tomsen (1896 y.), 
P.M.Melioranskiy (1897 y.), X.Sheder (1924 y.), S.E.Malov (1951 y.), G.Aydarov 
(1971 y.)lar tomonidan nemischa, frantsuzcha, ruscha tarjimalarda chop etilgan. 
G’.A.Abdurah’monov va A.Rustamov tomonidan wzbek tiliga qilingan qisqacha 
tarjimasi (1982 y.) h’am bor. 
Bilga xoqon bitigi. Kul tegin bitigidan 1 km janubi-g’arbda  - Kwkshin 
Wrxun darёsi h’avzasida topilgan bu obida 735 yili bitilgan. Uni V.V.Radlov, 
S.E.Malov, P.M.Melioranskiy va V.Tomsen tomonidan wrganilgan va chop 
etilgan. 
Ongin bitigi Mwg’ulistonning  Kosho Tsaydan vodiysidan topilgan va 
kimga atalganligi aniq malum emas. Bazi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga 
olingan Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qwyilgan (735 y.), 
boshqa fikrga kwra Qopag’on xoqonga (691-716-yy.), yana bir malumotga 
(J.Klosson) qaraganda Bilga xoqonning h’arbiy boshliqlaridan Alp Eletmish 
(taxminan 731 yilda wlgan) sharafiga qwyilgan. 
Obida 1892 yili V.V.Radlov tarafidan (estompaji) va 1957 yili J.Kloson 
tomonidan (inglizcha tarjimasi va tadqiqot bilan nashr qilingan.  
Bulardan tashqari, Qarabalsag’un shah’ri (Ulan-Batordan taxminan 400 km 
janubda joylashgan qadimiy shah’ar) xarobalaridan, Xayto Tamir, Chwyren, 
Beyshin-Udzur, Bayan-Xwngur va boshqa joylardan topilgan ёzuvlar h’am 
muh’imdir. 
Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi darёlari, Qwshog’och 
h’amda tog’li noh’iyalaridan topilgan bitiklarni aytib wtish mumkin. Bular Wrxun-
Enisey bitiklaridan fvrqli wlaroq, etnografik materialga boydir. Oltoydan topilgan 
ёzuvlar P.M.Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, 
V.M.Nadelyaev h’amda D.D.Vasilev tomonidan elon qilingan. 


 
40
Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar orasida Turfon voh’asidagi g’orlarga 
joylashgan ibodatxona devorlariga ёzilgan bitiklar aloh’ida wrin tutadi. Bitiklar 
V.Tomsen tarafidan chop qilingan. 
Qozog’iston h’amda Qirg’izistonda topilgan bitiklar (asrimizning 60-70- 
yillarida topilgan) h’ali chuqur wrganilmagan. Bular orasida Talas voh’asidagi 
(Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqwrg’on, Urjor, Sirdarё,  İla, Olma Ota, 
Tolg’ar, Tinbas va h’okazo) topilgan bitiklar muh’im ilmiy ah’amiyat kasb etadi. 
Qozog’iston h’amda Qirg’iziston h’ududidan  topilgan bitiklarning bazilari 
S.Sodiqov, M.E.Masson, A.N.Bernshtam, A.S.Omanjolov, G.Musaboev, Ch. 
Jumag’ulov h’amda G.Karag’ulovalar tomonidan elon qilingan. 
Qadimiy turk runik ёzuvlari (asosan sopol idishlarga ёzilgan) Farg’ona, 
Oloy vodiysi h’amda Janubiy Wzbekiston va Tojikiston h’ududidan, yani 
Bekobod,  İsfara, Marg’ilon, Farg’ona, Andijon, Quvasoy, Wsh, Wzgand, 
Kofirnih’on, shuningdek Swg’ddan h’am topilgan va A.N.Bernshtam, 
B.A.Litvinskiy, V.A.Bulatova, E.R.Tenishev, Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan 
wrganilgan. 
Umuman, qadimiy turk runik ёzuvlari xalqimiz tarixini ёritishda juda 
qimmatli manbadir. 
 
5.3. Xitoy manbalari 
Xitoy manbalari h’aqida swz boshlashdan oldin shuni aloh’ida qayd etib 
wtish kerakki, ular h’am xitoy h’ukmdorlarining maqsad va manfaatlarini kwzlab 
ёzilgan, boshqa xalqlarning tarixi kwp h’ollarda bir taraflama ёritilgan. Lekin xitoy 
manbalarida bwlib wtgan voqealarning vaqti va wrni aniq kwrsatiladi, bir-biriga 
qarshi turgan qwshinlarning umumiy soni aniq kwrsatiladi. 
Qadimiy Wzbekistonning uzoq wtmishdagi ijtimoiy-siёsiy tarixini 
wrganishda quyidagi xitoy manbalari muh’im rol wynaydi. 
 
5.3.1. Shi Tszi 
“Shi Tszi” (“Tarixiy esdaliklar”) xitoy tarixshunoslarining otasi 
h’isoblanadigan Sima Tsyanning 130 bobdan iborat asaridir. 
Sima Tsyan –(taxminan miloddan avvalgi 145 ёki 135-86-yillar) Lunmin 
(h’ozirgi Shensi  viloyati) shah’rida saroy tarixchisi Sima Txan oilasida tug’ilgan, 
mamlakat bwylab kwp saёh’at qilgan, otasi vafot etgandan (miloddan avvalgi 108 
yili) keyin uning wrniga saroy tarixchisi sifatida qabul qilingan. Miloddan avvalgi 
98 yili imperatorga qarshi chiqib, sarkarda Li Linni h’imoya qilgani uchun qattiq 
jazoga tortilib (bichilgan) saroydan quvib yuborilgan. Lekin u ruh’iy tushkinlikka 
tushib qolmadi va bwlajak tarixiy kitobi ustidagi ishni davom ettirdi. Kwp vaqt 
wtmay Sima Tsyan yana saroyga taklif etildi va imperator Bosh mah’kamasi 
boshlig’i etib tayinlanadi, kitobini ёzib tamomlashga sharoit yaratib berildi. 
 
Uning “Shi Tszi” nomli asarida Xitoyning qadimiy zamonlardan to 
miloddan avvalgi 1 asr boshlariga qadar wtgan tarix baёn etilgan. Asarda 
Wzbekiston, uning 123 bobida xususan Farg’ona va uning qadimiy xalqi, h’aёti 
h’aqidagi qimmatli malumotlar mavjud. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə