Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109

 
41
 
“Shi Tszi”ning twla matni olti jild qilib 1959 yili Pekinda elon etilgan, rus 
tiliga tarjima etilib (İ.Ya.Bichurin, L.S.Vasilev, L.S.Perelomov, Yu.L.Krol va 
boshqalar) 1972, 1975, 1984, 1986 yillari chop etilgan. E.Shavann (1865-1905) 
tomonidan frantsuz tiliga tarjima qilinib, 1895-1918 yillari 5 jildda bosmadan 
chiqqan. 
 
5.3.2. “Tsyan Xan shu” 
“Tsyan Xan shu” (“Avvalgi Xan sulolasining tarixi”) yirik tarixchi olim 
Byan Gu (39-92) asaridir. Tarixchi Anlin (Shensi viloyati) shah’rida G’arbiy Xan 
sulolasi (miloddan avvalgi 206 – milodning 220 y.) xizmatida turgan yirik 
mansabdor va tarizshunos oilasida tug’ilgan, 47-55 yillari Loyanda oliy talim 
olgan, 58-82 yillari wz asarini ёzgan. 
“Tsyan Xan shu”ning 95 bobida Wzbekiston (ayniqsa, kangli, yuechji va 
usunlar h’aqida) va Sharqiy Turkistonning qadimiy tarixi, xalqi va uning h’aёti 
h’aqida kwp muh’im malumotlarni uchratamiz. 
“Tsyan Xan shu” 1962 yili Pekinda 12 jildda nashr qilingan. İnglizcha 
tarjimasi (G.Dubs, Baltimor, 1938-1944-yy.) h’am bor. 
 
5.3.3. “Xou Xan shu” 
“Xou Xan shu” (“Keyingi Xan sulolasi tarixi”) tarixchi Fan Xua (398-445 
yy.) asari. Olim avvalgi Xan sulolasi (25-220-yy.)ga xizmat qilgan. Kichik davlat 
lavozimida turgan va 424 yili viloyat h’okimligiga kwtarilgan. Davlatga qarshi 
isёnda qatnashganlikda ayblanib qatl etilgan. 
“Xou Xan shu” Xitoyning avvalgi Xan sulolasi davridagi tarixni wz ichiga 
olgan katta asar (130 bobdan iborat. Unda Wzbekiston, Sharqiy Turkiston va 
Jung’oriyaning 25-221- yillarorasidagi tarixi h’aqida diqqatga sazovor malumotlar 
bor.  
5.3.4. “Bey shu” 
“Bey shu” (“Shimoliy sulolalar tarixi”) 100 bobli asar bwlib, Tan sulolasi 
(618-907 yy.) davrida yashagan yirik tarixchi Li Yan-shou (taxm.595-678-yy.) 
qalamiga mansub. Unda Shimoliy Xitoyda h’ukmronlik Vey (386-535-yy.), Tsi 
(550-577-yy.), Chjou (557-581-yy.) sulolasi h’ukmronligi, yani 386-581 yillar 
tarixi baёn etilgan. 
Asarda Wzbekiston, xususan Xorazm h’amda Sharqiy Turkiston h’aqida 
qimmatli malumotlarni uchratamiz. 
“Bey shu”ning matni 1958 yili Shanxayda chop etilgan. 
 
5.3.5. CUY ShU 
“Suy shu” (“Cuy xonadonining tarixi”) Xitoy tarixchilari jamoasi tarafidan ёzilgan 
asar. Uni ёzishda Vey Chjen (580-643 yy.) –Tan sulolasi davrida wtgan tarixchi
imperator Chjen-Guan (626-650) davrida uning wg’li va toju taxt vorisiga 
tarbiyachi bwlgan, Yan Shi-Gu h’amda Kxun İn-da bilan birgalikda ishtirok etib, 
asarda Xitoyning Suy sulolasi davrida, U-U1 asrlardagi  ijtimoiy-siёsiy tarixi 85 
bobda baёn etilgan. Kitobning 55 bobi 637 yili ёzib tamomlangan. Qolgan 30 
bobiga esa 20 yil vaqt ketgan.   


 
42
 
Asarda imperatorning iqtisodiy siёsati, qwshinning tuzilishi, mamlakatning 
ah’voli, xalqning urf-odatlari h’aqida malumotlar keltirilgan. Uning 83-bobida 
Wzbekiston va Sharqiy Turkiston h’aqida h’am diqqatga sazovor malumotlarni 
uchratamiz. Kwp jildli “Sulolalar tarixi” tarkibida 9 jild sifatida 1958 yili 
Shanxayda bosilgan. 
 
5.3.6. “TsZYu TAN ShU” VA ”SİN TAN ShU” 
 
“Tszyu Tan shu” (“Tan sulolasining eski tarixi”) imperator Jen-Tszun (1023-
1063-yy.)ning topshirig’i bilan 940-945 yillari ёzilgan. 
 
Ouyan Syu (1007-1072-yy.) va Sun Tsi (998-1061 yy.) 960-1279 yillari 
h’ukmronlik qilgan Sun (Janubiy va Shimoliy Xitoy) sulolasi tarixchilari1043-
1060-yillari shu sulolaning yangi tarixi “Cin Tan shu” (“Tan sulolasining yangi 
tarixi”) ёzganlar. Har ikkala asar h’am wziga xos afzalliklariga ega bwlib, malum 
darajada bir-birini twldiradi. 
 
XU111 asrda tarixchi Shen Bin-chjen h’ar ikkala tarixni bir-biriga bog’lab, 
unga “Sin tszyu Tan shu xechao” (“Tan sulolasining bir-biri bilan qwshilgan yangi 
h’amda eski tarixi”) deb nom qwydi. Asarda 618-907- yillar vlqealari baёn etilgan.  
 
“Cin Tan shu”da Wzbekiston janubi, Afg’oniston, Eron h’amda Sharqiy 
Turkiston h’aqida malumotlar uchraydi. 
 
1958 yili kwp jildli “Sulolalar tarixi”ning 12 jildi sifatida Shayxayda chop 
etilgan. 
 
5.4.Swg’d tilidagi manbalar 
Swg’d tilidagi manbalar asosan IV-X asrlarga oid bwlib, turli mazmundagi 
h’uquqiy h’ujjatlar – ah’dnomalar, nikoh’ h’aqidagi shartnomalar, oldi-sotti 
h’ujjatlari, tilxatlar, Swg’d, Shosh, Turk va Farg’ona h’ukmdorlari wrtasidagi 
ёzishmalar, xwjalikning kundalik  faoliyatiga oid h’uddatlar, masalan, xarajatlar 
ёzilgan h’ujjat h’amda farmonlardan iborat. 
Bu h’ujjatlar Swg’diёnaning wzidan, Mug’ qaladan, Samarqandda 
Afrosiёbdan, Qirg’iziston va Sharqiy Turkistonda topilgan. 
Bular orasida Mug’ qala xarobalaridan 1932 yili topilgan h’ujjatlar aloh’ida 
ah’amiyatga ega. Hujjatlar bah’orda Tojikistonning Varziminor (h’ozirgi 
Zah’matobod) tumaniga qarashli Xayrobod qishlog’ida shu tumanning sobiq 
birinchi rah’bari A.Pwlotiy tomonidan ochilgan. Huddatlar jami 79 ta bwlib, 
bulardan 74 tasi qadimgi swg’d, 1 dona arab, 3 tasi xitoy va yana biri turk tilidadir. 
Ular h’ar xil materialga – charmga, taxtaga va qog’ozga ёzilgan. Hujjatlar swg’d 
deh’qoni, katta er egasi, podshoh’i Devashtich (708-722-yy.) va yirik 
mansabdorlar-framandarning, shuningdek, Xoxsar h’amda Kshtut deh’qonlarining 
shaxsiy arxiviga tegishli bwlib, Swg’dning VIII asrning birinchi choragidagi 
iqtisodiy, siёsiy va madaniy h’aёtini wrganishda muh’im manba rolini wynaydi. 
Mug’ qalasidan topilgan h’ujjatlar A.A.Freyman, A. V.Vasilev, 
İ.Yu.Krachkovskiy, M.N.Bogolyubov, V.A.Livshits, M.İsh’oqov, U.N.Mansurov 
h’amda O.İ.Smirnovalar tarafidan chuqur wrganilgan.   
Mug’ qalasi h’ujjatlarining topilishi tarixi va ular h’aqidagi dastlabki 
malumotlar 1934 yili maxsus twplam shaklida (“Cogdiyskiy sbornik”, Leningrad, 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə