Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109

 
48
(Farg’ona vodiysidan) Samarqandga kwchirib olib keldi. Uning vafotidan keyin 
wg’illari wrtasida taxt uchun kurash boshlandi. Bu kurashda Abu İsh’oq İbroh’im 
ibn Nasrning Shams ul-mulk Nasr ismli wg’li g’olib chiqdi. 
Shams ul-mulk Nasr davrida (1068-1080-yy.) Qoraxoniylar va Saljuqiylar 
wrtasida Termiz va Balx uchun kurash kuchaydi. Buning ustiga Tomg’ochxon 
Qodir Yusuf va uning wg’illari unga qarshi kurash boshladilar va Sirdarёning 
shimoliy soh’ilidagi erlarni h’amda Farg’onani undan tortib oldilar. 
Abu İsh’oq İbroh’im ibn Nasr va uning avlodi bilan musulmon ruh’oniylari 
wrtasidagi ziddiyatlar Shams ul-mulkning taxt vorislari Xidir va Ah’mad (1081-
1089 yy.) davrida benih’oyat  kuchaydi. Saljuqiy Malikshoh’ I 1089 yili 
Movarounnah’rga qwshin tortib, Buxoro va Samarqandni zabt etdi. Lekin 
Saljuqiylar tez orada sulh’ tuzib, Movarounnah’rdan chiqib ketishga majbur 
bwldilar. Sulton Sanjar davrida (1118-1157 yy.), 1130 yildan boshlab, 
Qoraxoniylar unga tobe bwlib qoldilar. Mamlakatda siёsiy tarqoqlik kuchaydi – 
viloyat va wlkalarning kwpchiligi mustaqillik elon qildi. Ana shunday mustaqil 
viloyatlardan biri Buxoro bwlib, bu erda h’okimiyat Sadrlar (Burh’oniylar) deb 
ataluvchi ruh’oniylar sulolasi (1130-1207 yy.) qwliga wtdi. 
  Qoraxoniylar inqirozga yuz tutgan va Movarounnah’r tarqoqlik iskanjasiga 
tushib qolgan paytda uning shimoliy-sharqiy va g’arbiy tarafida ikki yirik h’arbiy 
siёsiy kuch paydo bwldi. Bulardan biri qoraxitoylar bwlib (etnik tarkibi 
aniqlanmagan), bazi malumotlarga kwra, ularning asli tungus, ayrim olimlarning 
fikricha –mwg’ul edi. Ular XII asr boshlarida dastlab Chug’uchak, keyinchalik 
Bolosog’un shah’ri bilan birga butun Ettisuv voh’asini ishg’ol qildilar. 
Qoraxitoylarning oliy h’ukmdori shurxon deb atalgan. Yana bir yirik h’arbiy siёsiy 
kuch Xorazmda shakllandi. İlgari Saljuqiylarga tobe bwlgan Xorazm 1127 yili 
mkstaqillikka erishdi. 
XII asrning 30-yillari boshlaridan qoraxitoylarning Movarounnah’rga 
talonchilik xurujlari boshlandi. Ular Shosh va Farg’ona bilan kifoyalanib qolmay, 
Zarafshon h’amda Qashqadarё voh’alariga h’am kirib bordilar. Qoraxitoylar 1138 
yili Samarqand xoni Qoraxoniy Mah’mudxonni (1132-1141) tor-mor keltirdilar va 
katta wlpon olib Ettisuvga qaytib ketdilar. 1141 yili ular Samarqandga yaqin 
Katavon degan joyda Maxmudxon va Sulton Sanjarning birlashgan kuchlarini tor-
mor keltirib, Samarqand, swngra Buxoroni egalladilar. Lekin ular Ettisuvdan 
Movarounnah’rga kwchib wtmadilar, balki h’ar yili wlpon olib turish bilan 
kifoyalandilar. 
Xorazmning mustaqillikka erishuvi Xorazmshoh’ Otsiz (1127-1156 yy.) 
nomi bilan bog’liq. U qisqa vaqt ichida Sirdarёning quyi oqimida joylashgan Jand 
shah’rini va Mingqishloqni egalladi. Suton Sanjar Xorazmni yana bwysundirishga 
h’arakat qildi, lekin bunga erisha olmadi. El Asrlon (1156-1172-yy.) va Sulton 
Takash (1172-1200 yy.) vaqtida Xorazmshoh’lar davlati birmuncha 
mustah’kamlandi. Xorazmshoh’lar 1156-1192- yillar orasida Hind darёsidan 
İroqqacha bwlgan erlarni bwysundirishga muvaffaq bwldilar. Xorazmshoh’ 
Muh’amad (1200-1220-yy.) davlati h’ududini juda kengaytirdi. 1206 va 1212 
yillari Buxoro va Samarqandni bosib oldi, 1210 yili esa Ettisuvda Gurxon 
qwshinlariga qaqshatqich zarba berdi va bu bilan qoraxitoylarning 


 
49
Movarounnah’rga bwlgan davolariga chek qwydi.   Ammo bu ulkan davlat 
markazlashgan va mustah’kam emas edi. Shuning uchun h’am u mwg’ullarning 
kuchli zarbasiga dosh berolmadi. 
Qoraxoniylar davrida davlat tepasida xon (manbalarda Tomg’ochxon) 
turgan va u rasman oliy h’ukmdor h’isoblangan, aslida esa nomigagina shunday 
bwlib, ijtimoiy-siёsiy h’aёtda ulus h’okimlarining, manbalarda ular iligxon atalgan, 
tutgan mavqei kuchli bwlgan. Ulardan ayrimlari mustaqil siёsat yuritganlar. 
Farg’ona (markazi Wzgand) h’amda Movarounnah’r (markazi Samarqand) 
iligxonlari shular jumlasidandir. Qoraxoniylar davdat tuzulmasi h’aqida malumot 
kam. Lekin vazir, soh’ib barid, mustavfiy atalmish lavozimlarning mavjud 
bwlishiga qaraganda, ular davrida h’am Somoniylar davlati idoralari saqlangan 
kwrinadi. 
XI asrdan boshlab Wzbekistonda erga egalik qilishning yangi shakli – iqto, 
toju taxt oldida kwrsatgan xizmatlari uchun shah’zoda va xonzodalar, amir va 
mansabdorlarga inom   tariqasida beriladigan er-suv, taraqqiy eta boshladi. 
Qoraxitoylar bosib olingan erlardan wlpon yig’ib olish (h’ar bir xonadondan 
bir dinor miqdorida) bilan kifoyalandilar. 
Meh’natkash xalqning ah’voli og’ir edi. U ikki tomonlama, mah’alliy yirik 
er egalari va xorijlik bosqinchilar zulmi ostida qoldi, muntazam ravishda xiroj 
h’amda boshqa soliq va jarimalar twlab turishga, davlat, xon va yirik er egalarining 
shaxsiy qurilishlarida tekinga ishlab berishga majbur edilar. 
Bu davrda chet el bosqinchilariga qarshi xalq qwzg’olonlari h’am bwldi. 
Masalan, 1206 yili Buxoroda va 1212 yili Samarqandda bwlib wtgan kosiblar 
qwzg’olonlari shular jumlasidandir. 
X-XII asrlarda Wzbekistonda ilm-fan, adabiёt birmuncha rivoj topti, 
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv, Gurganj kaba shah’arlar kengaydi, 
rivojlandi. Bu davrda Abu Rayh’on Beruniy (973-1048 yy.), Abu Ali ibn Sino 
(980-1037-yy.), Abubakr Muh’ammad ibn Jafar Narshaxiy (X asr), Maxmud 
Koshg’ariy (taxminan 1029-1038- yillar orasida tug’ilgan) kabi zabardast olimlar, 
Unsuriy, Amoq Buxoriy, Swzaniy Samarqandiy, Nishomiy Aruziy Samarqandiy
Yusuf Xos Xojib Bolosog’uniy kabi ajoyib shoirlar va adiblar etishib chiqdi. 
Mamlakatimizda kwplab masjid, madrasa, karvonsaroylar, baland minoralar va 
boshqa monumental bino va inshootlar barpo etildi. Hazora tumanidagi (Buxoro) 
Deggaron masjidi, wsha atrofdagi Raboti malik karvonsaroyi (XI asr), Buxorodagi 
masjidi kalon (1127 yili qurilib bitkazilgan), Vobkentdagi minora (1198-1199- 
yillari qurilgan, Shoh’i zinda va Afrosiёbdagi (Samarqand) ayrim binolar, 
Xorazmdagi Bwron qala, Noib qala va Faxriddin Roziy maqbarasi (XII asr) 
shuningdek, h’ozirgi Qirg’iziston va Turkmaniston wramida qurilgan bino va 
inshootlar shular jumdasidandir. 
 
7.2. Huquqiy h’ujjatlar va ёzishmalar 
Wzbekistonning qadimgi va wrta asrlar tarixini wrganishda ilmiy tekshirish 
institutlarining kutubxonalarida, davlat tarix arxivida, wlkashunoslik muzeylarida 
saqlanaёtgan rasmiy h’ujjat va ёzishmalarning ah’amiyati benih’oya kattadir. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə