Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109

 
54
muh’imi “Kitob masolik ul-mamolik” (“Ywllar va mamlakatlar h’aqida kitob”) 
nomli asari bwlib, u  846 yili ёzib tamomlangan. 
Asarning qisqartirilgan tah’riri bizgacha etib kelgan va M. de Gue tarafidan 
1889 yili chop qilingan. Ruscha tarjimasi (tarjimon Noila Velixanova) 1986 yili 
Bokuda chop etilgan. 
Kitob arab xalifaligi qwl ostidagi mamlakatlar, shah’arlar, ularga boriladigan 
ywllar, shah’arlar va mamlakatlar orasidagi masofa, ah’olidan undiriladigan soliq 
va jarimalarning miqdori h’aqida qimmatli malumotlar keltirilgan. 
Ayniqsa, qadimiy Swg’d shah’arlaridan Kushoniya (Samarqand atrofida 
joylashgan), Samarqand, Ustrushana, Shah’riston (Ustrushana shah’arlaridan), 
qadimgi Shosh, İspijob (Sayram) shah’arlarida ah’oli wrtasida muomalada bwlgan 
pul birligi, Nuh’ ibn Asad (vaf. 842 y.) va Ah’mad ibn   Asad (819-846 y.) davrida 
Swg’d va Farg’onaning umumiy ah’voli, Movarounnah’r va Farg’onada IX asrda 
istiqomat qilgan turkiy xalqlar h’aqidagi malumotlar benih’oya qimmatlidir. 
 
7.3.9. “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” 
Bu asar avtori yirik qomusiy olim Abu Jafar Muh’ammad ibn Jarir at-
Tabariy (836-923 y.)dir. U Eronning Tabariston viloyatiga qarashli Omul shah’rida 
tug’ilgan, umrining kwp qismini Bag’dodda wtkazgan va shu erda vafot etgan. 
Tarixchi xalifalikning kwp shah’arlarini aylanib chiqqan, birmuncha vaqt Ray, 
Basra, Kufa, Suriya va Misrda turgan. 
Tabariy davrining keng malumotli kishilaridan bwlib, wndan ortiq kitob ёzib 
qoldirgan. Musulmon qonunshunoslari orasida mavjud bwlgan ixtiloflar baёn 
etilgan  “Kitob ixtilof al-fuqah’o” (“Faqih’lar wrtasidagi ixtiloflar h’aqida kitob”), 
“Quroni karim” oyatolri sharh’iga bag’ishlangan wttiz (boshqa malumotlarga 
qaraganda qirq) jilddan iborat “Jome al-baёn at-tavil al-Quron” (“Quron” swzlari 
manosining keng baёni majmuasi”) va nih’oyat, “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” 
(“Payg’ambarlar va podshoh’lar tarixi”) ana shular jumlasidandir. Tarix ilmi uchun 
eng muh’imi swnggi asar h’isoblanadi. 
“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” ёki qisqa nomi “Tarixi Tabariy” asari umumiy 
tarix tipida ёzilgan kitob. Lekin mukammalligi va daliliy materiallarga boyligi 
bilan boshqa asarlardan tamoman aloh’ida ajralib turadi. 
Asarda olimning “yaratilishi”dan to 912-913 yillarga qadar Arabiston, Rum 
(Kichik Osiё), Eron va Arab xalifaligi asoratiga tushib qolgan mamlakatlarda, 
shuningdek Wzbekiston h’ududida bwlib wtgan ijtimoiy-siёsiy voqealar h’ikoya 
qilinadi. Voqelar yilma-yil, xronoligik tarzda baёn etilgan. Bu esa asardan 
foydalanishda kwp jih’atdan qulaylik yaratgan. Tabariy mazkur asarini yaratishda 
yah’udiy va xristianlarning naql-rivoyatlari, Sosoniylar (224-651 y.) solnomasi 
“Xvaday namak” (“Podshoh’noma”), al-Voqidiyning (747-823 y.) “Kitob ul-
mag’oziy” (“Urushlar h’aqida kitob”), al-Madoiniyning “Tarixi xulafo” (“Xalifalar 
tarixi”),  İbn Tayfurning (819-893 y.) “Tarixi Bag’dod” (“Bag’dod tarixi”) kabi 
asarlardan keng foydalangan. Lekin u kwp h’ollarda “Hadis ilmi” printsipiga kwra, 
ayniqsa asarning qadimiy tarixiga bag’ishlangan qismlarida  boshqa manbalardan 
olingan dalil va malumotlarni aynan keltirgan. 


 
55
Kitobning qadimiy tarixidan bah’s yurituvchi qismlari h’am malum ilmiy 
qiymatga ega, chunki bularda bizgacha etib kelmagan  manbalarda (rivoyatlar, 
“Xvaday namak”, “Tarixi xulafo” va boshqalar) mavjud bwlgan qimmatli 
malumotlar, lavh’alar saqlangan.   
“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” musulmon mamlakatlari, shuningdek 
Movarounnah’rning VIII-IX asr tarixi bwyicha asosiy va eng mwtabar 
manbalardan biri bwlib, tarix ilmining keyingi taraqqiёtiga katta tasir wtkazgan. 
Mazkur asarning arabcha ikki xil (mufassal va qisqartirilgan) tah’riri bwlgan, lekin 
bizgacha uning faqat qisqartirilgan tah’riri etib kelgan va asar matni gollandiyalik 
sharqshunos M.Ya. de Gue tarafidan 1879-1901 yillari 15 jildda nashr etilgan. 
Tabariy asarining forsiy tah’riri h’am bor bwlib, u Somoniy Abu Solih’ 
Mansur ibn Nuh’ning (961-976 y.) vaziri, atoqli ilm-fan h’omiysi al-Balamiy (vaf. 
974 y.) tomonidan 963 yili ёzilgan.  
Balamiy tah’riri shunchaki oddiy tarjima bwlib qolmay, balki asarning qayta 
ishlangan va ayrim h’ollarda yangi faktlar bilan boyitilganidir.  
Unda, birinchidan, qisqartirilgan tah’ririda uchramaydigan malumotlar 
mavjud bwlib, ularni Baoamiy Tabariy asarining twla nusxasidan olgan. 
İkkinchidan, Balamiy tah’riri boshqa manbalar asosida yangi malumotlar 
bilan twlatilgan. 
Tabariyning mazkur asaridan ayoim parchalar bir necha Evropa tillariga 
tarjima qilingan. Uning twla frantsuzcha tarjimasi G.Zotenberg tomonidan 1867-
1874 yillari Parijda nashr etilgan. 
Asarning forsiy va turkiy tarjimalari h’am bwlib, ularning mwtabar qwlёzma 
nusxalari Sankt-Peturburg va Toshkent kutubxonalarida mavjud. Baoamiy 
tah’ririning  matni twla tarzda Lakxnav, Kanpurda (1874, 1896, 1916 y.) va 
Teh’ronda (1962, 1967 y.) chop qilingan. 
“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” asarining qwlёzma nusxalari MDH, Angliya, 
Turkiya, Eron va Hindiston kutubxonalarida saqlanadi. Toshkentda, Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik  instituti xazinasida arab tilidan twrtta mwtabar 
qwlёzmalari va wzbek va uyg’ur tillaridagi tarjimalari mavjud. Qisqartirilgan 
ruscha tarjima tarjimon V.İ.Belyaev) 1987 yili Toshkentda “İstoriya Tabari” yani 
“Tabariy tarixi” nomi bilan chop etildi. 
 
7.3.11. “Kitob al-masolik val-mamolik” 
Ushbu nomdagi etti jildlik ulkan asarni vatandoshimiz, davlat arbobi va olim 
Jayh’oniy (870-942 y. h’alok bwlgan) ёki Abu Abdulloh’ Muh’ammad ibn 
Ah’mad ibn Nasr al-Jayh’oniy yaratgan. U Buxoroda Somoniylar davlatida katta 
obrwga ega bwlib, 914 yildan h’aёtining oxirigacha vazir bwlib xizmat qilgan. 
Olimning asosiy asari tarixiy jug’rofiyaga oid bwlib, u yana “Kitob al-molik 
fi marifiyi al-mamolik” (“Mamlakatlarni  bilishda masofalar kitobi”) deb h’am 
atalgan. Bu kitob wz davrida juda mashh’ur bwlib, barcha keyingi olimlar Beruniy
Gardiziy,  İbrisiy, Muqaddasiy va boshqalar undan qimmatli va ishonchli manba 
sifatida foydalanganlar, iqtibos (tsitatalar) keltirganlar. 
Jayh’oniy asarida Sharq mamlakatlari, xususan Movarounnah’r, turk 
qabilalari twg’risida qimmatli malumotlar bwlgan. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə