Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109

 
52
Bag’dodda tug’ildi, lekin umrining kwp qismini Armaniston, Xuroson, Falastin, 
Misr va Mag’ribda wtkazdi. 
Al-Yaqubiyning ikki yirik va muh’im asari bizning zamonamizgacha etib 
kelgan. Biri ”Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar h’aqida kitob”), ikkinchisi esa 
“Tarix” nomi bilan mashh’urdir. 
”Kitob al-buldon” (taxminan 891 yilda ёzilgan) twrt qismdan iborat. Asarda 
arablar qwl ostidagi mamlakatlarning geografik h’olati, yirik shah’arlar va qalalari, 
ah’olisi va uning asosiy mashg’uloti, urf-odatlari, wsha mamlakatdan olinadigan 
xirojning umumiy miqdori h’aqida qimmatli malumotlar keltiriladi. 
Ushbu asarning ikki mwtabar qwlёzmasi G’arbiy Germaniya 
kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitobning arabcha matni gollandiyalik mashh’ur 
sharqshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop etilgan. 
 Al-Yaqubiyning ikkinchi asari “Tarix” umumiy tarix tipida ёzilgan bwlib, 
Sharq mamlakatlari, shuningdek Wrta Osiёning VII-IX asrlardagi tarixi bwyiyaa 
muh’im manbalardan biri h’isoblanadi. Asar ikki qismdan iborat bwlib, Odam 
Atodan  islomgacha bwlgan va musulmon mamlakatlari tarixlari, yani wsha 
mamlakatlarda 873 yilgacha sodir bwlgan voqealar baёn etilgan.     
“Tarix”ning arabcha matni 1883 yili gollandiyalik olim M.T.Xautsma 
(1851-1943 y.) tomonidan chop etilgan. 
 
7.3.5. “Kitob futuh’ al-buldon ” 
“Kitob futuh’ al-buldon”(“Mamlakatlarning zabt etilishi”) IX asrda wtgan 
yirik geograf va tarixchi olimi Balazuriy (vaf. 892 y.)ning asaridir. Muarrix 
Madoiniyning shogirdi bwlib, uning twla ismi Abubakr Ah’mad ibn Yaxё Jabir al-
Balazuriy, asli eronlik Abbosiylardan al-Mutavakkil (847-861 y.) va al-Mustain 
(862-866 y.) saroyida tarbiyachi bwlib xizmat qilgan. 
Balazuriy ikki yirik asar “Kitob futuh’ al-buldon” va “Kitob al-ansob ao-
sharif”(“Sharofatli kishilarning nasablari h’aqida kitob”ning muallifidir. 
“Kitob futuh’ al-buldon” arab istilolari tarixi bwyicha eng yaxshi asarlardan 
biri h’isoblanadi. Faqat shu asarda arablarning xalifa Usmon (644-656 y.) va uning 
Xurosondagi noibi Abdulloh’ ibn Amr davrida Movarounnah’rga bir necha bor 
bostirib kirganliklari va Maymurg’ni (Samarqand tumanlaridan biri) talab 
qaytganliklari h’aqida malumot bor. 
Asarda arablar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, ularning diqqatga 
sazovor shah’arlari va osori-atiqalari, xalqi, pul muomalasi, undiriladigan soliklar, 
shuningdek arab tilining joriy qilinishi h’aqida h’am qimmatli malumotlarni 
uchratamiz. 
“Kitob futuh’ al-buldon”ning qisqartirilgan tah’riri      etib kelgan, xalos. 
Arabcha matni de Gue tarafidan 1866 yili Leydenda chop etilgan. Uning inglizcha 
tarjimasi (tarjimonlar Xitti va Murgotten) h’am bor. Balazuriyning ushbu asarining 
twliq nusxasi Ёqut va İbn al-Asir asarlari uchun manbalardan biri bwlib xizmat 
qilgan. 
 
7.3.6. “Kitob ul-xiroj” 


 
53
“Kitob ul-xiroj” (“Xiroj solig’i h’aqida kitob”) asarining muallifi Abu Yusuf 
Yaqubdir (731-798 yy.). Bu qonunshunos olimning twla ismi Abu Yusuf Yaqub 
ibn  İbroh’im Kufiydir. U asli Shomning Kufa shah’ridan, imom Abu Hanifaning 
(699-767 yy.) shogirdi, Abbosiylardan al-Mah’diy (775-785 yy.) va Xorun ar-
Rashid (786-809 yy.) davrida Bag’dod qozisi bwlgan. 
“Kitob ul-xiroj” asarida Arab xalifaligining VII-VIII asrlardagi ijtimoiy-
iqtisodiy ah’voli, xususan er egaligi va undan foydalanish kabi ijtimoiy masalalarni 
wrganishda qimmatli manba h’isoblanadi. Xalifa Xorun ar-Rashidning topshirig’i 
bilan  ёzilgan bu asarda wrta asrlarda ah’olidan yig’iladigan asosiy soliq - xiroj, 
uning turlari va miqdori, twlash tartibi baёn etilgan. Bundan tashqari feodal 
mulkchilik, xususan korandalik tartibi, yirik er egalarining shaxsiy xwjaliklarida 
qwl meh’natidan foydalanish h’aqida h’am malumotlar mavjud. 
Asarning arabcha matni 1884 yilda Misrning Buloq shah’rida chop qilingan. 
Uni E.Fanyan frantsuzchaga tarjima qilgan.  
 
 
7.3.7. “Kitob axbor ul-buldon” 
İbn al-Faqih’ “Kitob axbor ul-buldon” (“Mamlakatlar h’aqida xabarlar” asari 
bilan mashh’ur bwlgan tarixchi olim. Uning twla ismi Abubakr Ah’mad ibn 
Muh’ammad al-Hamadoniydir. Ushbu asaridan (taxminan 903 yili ёzilgan) malum 
bwlishicha, u xalifalardan al-Mwtadid (892-902 y.) va al-Muqtafiy (902-908 y.)lar 
bilan zamondosh bwlgan. “Kitob al-fih’rist” muallifining swzlariga qaraganda, İbn 
al-Faqih’ wz zamonasining atoqli adiblaridan bwlib, naql-rivoyat va adabiёtni 
yaxshi bilgan. 
“Kitob axbor ul-buldon” asari siёsat, tarix va madaniy h’aёtga oid 
materiallarga boydir. İbn al-Faqih’ning ayniqsa yirik shah’arlar, Balx, Samarqand 
va boshqalar h’aqida keltirgan malumotlari nih’oyatda qimmatlidir. 
“Kitob axbor ul-buldon”ning Ali ibn Jafar ash-Shayzoriy tarafidan 
bajarilgan (1022 y.) qisqa tah’riri de Gue tomonidan 1885 yili Leydenda chop 
etilgan. 
Ushbu asarning mwtabar qwlёzmasi, aniqrog’i uning ikkinchi qismi, 1923 
yili Mashh’addagi (Eron) İmom Rizo masjidi kutubxonasidan topildi. Unda Eron 
va Movarounnah’rning iqtisodiy va tarixiy geografiyasiga oid diqqatga sazovor 
malumotlar bor. 
 
7.3.8. “Kitob masolik ul-mamolik” 
Ushbu asar muallifi İbn Xurdadbeh’ ёki Abulqosim Ubaydulloh’ 
Xurdadbeh’ (820 tax 913 y.) asli eronlik bwlib, u oliy martabali mansabdor 
xonadoniga mansub edi. Otasi IX asr boshlarida Tabariston h’okimi bwlgan, 
Daylam viloyatini bwysundirib, xalifaning diqqat etiborini qozongan. İbn 
Xurdadbeh’ Bag’dodda wqigan va keng malumot olgan.  U xalifa Mwtamid (870-
892 y.) davrida yuksak davlat lavozimlarida turgan, dastlab nadim, swng Eronning 
g’arbiy-shimoliy tarafida joylashgan Jibal viloyatida soh’ib barid va-l-xabar 
(pochta va razvedka boshlig’i) lavozimini egallagan. İbn Xurdadbeh’ turli 
mavzuda, adab, tarix, geografichga oid wnga yaqin asar bitgan bwlib, ulardan eng 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə