Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109

 
50
Lekin ularni topish, wrganish va wz wrnida foydalanish wta qiyin bwlib, 
tadqiqotchidan chuqur bilim, maxsus malaka, qunt va sabot-matonat talab qilinadi. 
Huquqiy h’ujjatlarni h’am, jamiyatda katta nufuzga ega bwlgan shaxslar 
wrtasida olib borilgan ёzishmalarni h’am yuir erdan, aniqrog’i bir ёki ikki asar 
ichidan, bir muzey, arxiv va fondidan topib bwdmaydi. Ularni barcha muzey, arxiv 
va fondlar ichidan, qwlёzma kitob va chop etilgan asarlardan qidirib topish 
mumkin.  
Huquqiy h’ujjatlar – podshoh’ va xonlarning farmonlari, ёrliqlari, 
inoyatnomalar, rah’nomalar, vasiqalar, vaqfnomalar va boshqalar Wzbekistondagi 
tarix va wlkashunoslik muzeylarida, maxsus ilmiy-tekshirish institutlari va 
universitetlarning kutubxonalarida, shuningdek Davlat tarix arxivdarida h’amda 
shaxsiy majmuadarda saqdanadi. Ammo IX-XII asrga oid h’ujjatlar h’ali aloh’ida 
twplanib wrganilganicha ywq. 
Bu davrda maxsus kotib ёki dabirlikka qancha katta etibor berilgani Nizimiy 
Aruziy Samarqandiyning “Twrt maqola” asarida baёn etilib, ayrim maktublar 
namunalari keltirilgan. Musulmonchilik h’ujjatlari Burxoniddin Marg’inoniyning 
“Hidoya” asarida keyincha wzining rasmiy tavsifini topdi. 
 
7.3. Arab tilida ёzilgan manbalar. 
Wzbekistonning VII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bwlgan tarixi 
kwproq va deyarli arab tilidagi ёzma manbalarda ёritilgan va bu anana keyincha 
h’am Temuriylar davrigacha davom etgan. Bu davrda yurtimiz avval arab 
xadifaligi tarkibida, swngra Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, 
Xorazmshoh’lar davlatlarini boshdan kechirdi. Arab tilida vatanimiz tarixiga oid 
ёzma manbalarni mualliflarning kelib chiqishiga qarab, ikki guruh’ga ajratish 
mumkin. 
Birinchi guruh’ - arab tilida ijod etgan yurtimizdan chiqqan tarixchi va 
olimlar. Bular Muh’ammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayh’on Beruniy, Mah’mud 
Koshg’ariy, Mah’mud Zamaxshariy, Abu Said Samoniy, Shah’obuddin 
Muh’ammad Nisoviy va boshqalardir. Ushbu muarrixlar asarlarida ona vatanga 
muh’abbat aloh’ida namoёn bwladi, bu ayniqsa Abu Rayh’on Beruniyning “Osor 
ul-boqiya” asarida xalqimiz qadimgi madaniyati twg’risidagi malumotlarida 
aloh’ida kwzga tashlanadi. 
İkkinchi guruh’ - xorijlik  olimlardan iborat bwlib, ular yaratgan arab tilidagi 
asarlarida yurtimiz tarixi madaniyati, siёsiy-ijtimoiy h’aёti  ёritilgan. Ushbu 
mualliflarning eng yiriklari Abulh’asan Madoiniy (vaf. 840 y.), Abulabbos al-
Yaqubiy (IX asr), Abubakr al-Balazuriy, İbn Xurdodbeh’ (820-taxm.913), Abu 
Jafar Tabariy (839-923 y.), İsh’oq al-İstah’riy (850-934 y.) va boshqalardir. 
Mazkur muarrixlar yurtimiz h’ududini umummusulmon  olami, arab 
xalifaligi bir qismi sifatida ёritganlar. Ular asosan arab xalifalikni ikki qismga, yani 
arab va ajam - g’ayri arabga ajratib wrganar edilar. Arablar tomonidan yurtimizga 
berilgan nom Movarounnah’r – darёning u ёg’idagi mamlakat mazmunini 
bildiruvchi jug’rofiy nom bizgacha etib kelgan bwlib, asosan arab mualliflari 
asarlarida istefoda etiladi. 


 
51
Quyida arab tilida bitilgan eng muh’im manbalar va ularning mualliflari 
h’aqida ixcham malumot keltiriladi. (Ushbu malumotlardan maruzachi wz 
xoh’ishiga binoan tanlab ana wshalardan foydalanishi mumkin.) 
 
7.3.1. “Kitob at-tarix” 
Ushbu arab tilida bitilgan qimmatli asar muallifi buyuk matematik 
Muh’ammad Muso al-Xorazmiy(VIII asr oxiri – IX asr birinchi yarmi)dir. Biz uni 
birinchi Wrta Osiёlik tarixchi olim deb atashimiz mumkin. Chunki al-Xorazmiy 
birinchilardan bwlib wzining “Kitob at-tarix” (“Tarix kitobi”) asarini ёzgan. 
Ammo ushbu asar bizgacha mukammal h’olida etib kelgan bwlmasada, undan 
olingan parchalarni swnggi davr tarixchilari İbn an-Nadim, al-Masudiy, at-Tabariy, 
Hamza al-İsfah’oniylar wz asarlarida keltiradilar. Bu kitobni Abu Rayh’on Beruniy 
wzining “Osor ul-boqiya” asarida h’am eslatadi. Mazkur asar xalifalik tarixiga oid 
malumotlardan iborat bwlgan. 
 
7.3.2. “Kitob al-surat al-arz” 
Mazkur asar h’am al-Xorazmiy tomonidan yaratilgan bwlib, yunon olimi 
Ptolomiyning jug’rofiyaga oid kitobini arab tiliga tarjima qilgan va uni wzining 
yangi malumotlari bilan boyitgan. “Kitobi surat al-arz” (“Er tasviri kitobi”) asarida 
Kaspiy dengizi ёki Xorazm dengizi h’aqida qimmatli malumotlar bor. Ushbu 
tarixiy jug’rofiyaga oid asardagi Wrta Osiёga oid malumotlar katta ilmiy 
ah’amiyatga ega. Kitobning 937 mklodiy, h’ijriy 428 yili kwchirilgan mwtabar 
qwlёzmasi yuizgacha etib kelgan bwlib, unga turli xaritalar chizib ilova qilingan. 
Ushbu mwtabar qwlёzma matni 1926 yili sharqshunos H.M.Mjik tomonidan 
Leyptsigda nashr qilingan. Kitobni wzbek tiliga A.Ah’medov tarjima qilib, ilmiy 
sharh’lar bilan 1983 yili chop etgan. 
 
 
7.3.3. “Kitob al-mag’oziy” 
Kitob muallifi Madoiniy Abulh’asan Ali ibn Muh’ammad (vaf. 840 y.) 
Arabiston, Xuroson va Movarounnah’rning VII-VIII asr boshlaridagi ijtimoiy-
siёsiy tarixiga oid ikki yuzdan ziёd asar ёzgan yirik arab tarixchi olimidir. “Axbor 
al-xulafo”(“Xalifalar h’aqida xabarlar”), “Kitob al-mag’oziy” (“Urushlar h’aqida 
kitob”), “Kitob futuh’ ash-Shom” (“Shomning bosib olinishi h’aqida kitob”), 
“Tarix al-buldon” (“Mamlakatlar tarixi”) ana shu asarlar jumlasidandir. 
“Kitob al-mag’oziy” Eron, Afg’oniston va Wzbekistonning arablar istilosi 
va VIII asrning birinchi yarmidagi siёsiy tarixi bwyicha muh’im manbalardan 
h’isoblanadi. Muarrifning tarixiy asarlari bizgacha etib kelmagan, lekin ayrim 
parchalari Balazuriy va Tabariy asarlarida saqdanib qolgan. 
 
7.3.4.”Kitob al-buldon” 
Asar ijodkori al-Yaqubiy IX asrda wtgan yirik geograf tarixchi olimdir. İsmi 
Abulabbos Ah’mad ibn Abu Yaqub ibn Jafar ibn Vah’b ibn Vadih’ al-Kotib al-
Abbosiy bwlib, u yirik mansabdor h’onadoniga mansubdur. Al-Yaqubiy 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə