Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109

 
46
3.  Muxammad Sodiq. «Tafsiri Hilol».-T.: 1991.  
4.  Entsiklopedicheskiy slovar.-M.: Nauka. 1991.  
5.  «Quroni karim», wzbekcha izoh’li tarjima. Tarjima va izoh’lar muallifi 
Alouddin Mansur.-T.: 1992.   
 
6.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
1.  «Quron»da qanday tarixiy malumotlar mavjud?  
2.  Tarixiy manbalarda «Quron»dan qaysi wrinlarda foydalanilgan?  
3.  Hadislarning tarixiy ah’amiyati nimada?  
4.  Tafsir deganda nimani tushunasiz?  
5.  İslomning jamiyatimiz tarixida tutgan wrni qanday?  
 
7 - mavzu: IX-XII asrlar tarixiga oid manbalar 
 
Darsning mazmuni: Ushbu darsda talabalarga 1X-X11 asrdagi ijtimoiy-
siёsiy ah’vol va bu davrda yaratilgan arab, fors va turkiy tildagi asosiy tarixiy 
manbalar va ulaning umumiy xususiyatlari twg’risida tasavvur berishdir. 
 
Reja: 
7.1. Asosiy ijtimoiy-siёsiy voqealar. 
7.2. Huquqiy h’ujjatlar va ёzishmalar. 
7.3. Arab tilida ёzilgan manbalar. 
7.4. Arab tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari 
7.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 
7.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
Asosiy tushunchalar: Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, 
Buvayh’iylar, Ziёriylar, qoraxitoylar, gurxon, Xorazmshoh’lar. 
 
7.1. Asosiy ijtimoiy-siёsiy voqealar 
Bag’dod xalifaligining sobiq h’ududida tashkil topgan eng yirik davlatlardan 
biri Somoniylar davlati (819-999) edi. Unga Nuh’ ibn Asad (819-842 yy.) asos 
soldi. Bu davlat ayniqsa X asrning birinchi yarmida, İsmoil ibn Ah’mad davridan 
(892-907-yy.) boshlab kuchaydi. Somoniylar Movarounnah’r, Xuroson, Eron, 
h’ozirgi Afg’onistonning katta qismi, shuningdek, Toshkent, Turkiston va İspijob 
(Sayram) ustidan wz h’ukmronligini wrnatdilar. 
Somoniylar yirik er egalari, nufuzli ruh’oniylar h’amda yirik 
savdogarlarning kwmagiga tayanib, feodal tarqoqlik va ichki urushlarga barh’am 
berdilar,  İla vodiysida va Sirdarё bwylarida kwchib yurgan qorliqlarning 
Movarounnah’rning ichki tumanlari ustiga qilib turgan xurujlariga barh’am 
berdilar(893 y.). Bu h’ol mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga ywl 
ochdi. 
Bu sulola davrida markaziy davlat boshqaruvi birmuncha takomillashdi. 
Amir davlatni wnta muassasasi (devon): devoni vazir (Bosh mah’kama), devoni 
mustavfiy  (moliya ishlari mah’kamasi), devoni omid ul-mulk (insho va elchilik 


 
47
idorasi),  devoni soh’ib shurat (amir gvardiyasi  ishlari bilan shug’ullanuvchi 
idora)
16
,  devoni soh’ib barid (pochta ishlari mah’kamasi), devoni mushrif (wziga 
xos davlat xavfsizligi idorasi), devon ad-diya (amirning er-mulkini boshqaruvchi 
idora),  devoni muxtasib (shariat ishlari mah’kamasi), devoni vaqf (vaqf ishlarini 
nazorat qiluvchi idora), devoni quzzot (qozilik mah’kamasi) ёrdamida boshqargan. 
Lekin, davlatni boshqarishda turk amirlarining roli juda katta bwldi. 
Somoniylar davrida h’unarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Buni 
Buxoro, Samarqand, Marv, Balx, G’azni, Hirot va Toshkent kabi yirik, taraqqiy 
etgan shah’arlar misolida kwramiz. Bu davlat Hazar xoqonligi, Bulg’or xonligi, 
Rus va Xitoy bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari birmuncha rivoj topdi. 
Bu davr ilm-fan va madaniyatning wrta asr sharoitida benih’oyat rivojlangan 
davri h’isoblanadi. Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy singari ulkan shoirlar, Farobiy, 
Beruniy, İbn Sinodek allomalar etishib chiqdi. 
 Katta er egaligi munosabatlarining rivojlanishi, mah’alliy er egalari bilan 
byurokratik apparat, katta er egalari bilan ijarachi deh’qonlar wrtasidagi ziddiyatlar 
natijasida wzaro feodal kurash va yirik er egalarining ayirmachilik-ajralib 
chiqishga bwlgan h’arakati kuchayib ketdi.  
X asr oxirlariga kelib  feodal tarqoqlik yanada kuchaydi, Hamadon, İsfah’on 
va Rayda Buvah’iylar, Tabariston va Jurjonda Ziёriylar mustaqillikka erishdilar
962 yilda Somoniylarning G’aznidagi noibi Alptakin h’am mustaqillik elon qildi. 
Sirdarёning wng soh’ilidagi erlar, shuningdek, Chag’oniёn va Xorazm h’am 
somoniylarga itoat etishdan bosh tortdilar. 
Mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siёsiy parokandachilikdan Qoraxoniylar 
ustalik bilan foydalandilar. Ular 996 yili Zarafshonning shimoliy tarafidagi barcha 
erlarni, 999 yili esa Buxoroni ishg’ol  etib, Somoniylar h’ukmronligiga barh’am 
berdilar. 
Qoraxoniylar (X asrning 90-yillarida Sharqiy Turkiston, Ettisuv va 
Tyanshanning janubiy qismida tashkil topgan feodal davlatga asos solgan sulola) 
996-999 yillari Nasr ibn Ali (1012-yili vafot etgan) boshchiligida butun 
Movarounnah’rni egalladi. Faqat Somoniylar lashkarboshisi Abu İbroh’im İsmoil 
(Muntasir) 1001 yilgacha Qaroxoniylar bilan kurashdi, lekin ulardan ustun 
kelolmadi. 
Nasr ibn Alidan keyin Movarounnah’rni İligxon Ali takin(1034 yilning 
kuzida vafot etgan) idora qildi. 1025 yili Koshg’ar xoni Qodirxon (Tamg’ochxon) 
bilan Mah’mud G’aznaviy (998-1030-yy.) birgalikda Movarounnah’r ustiga yurish 
boshladilar. Ali takin Buxoro va Samarqandni qoldirib chwlga chekinishga majbur 
bwldi.  İttifoqchilar Movarounnah’rda wzlarining h’arbiy-siёsiy mavqelarini 
mustah’kamlay olmadilar va uni tashlab chiqishga majbur bwldilar. 
1032 yili Xorazm h’ukmdori Oltintosh (1017-1032 yy.) h’am urinib kwrdi
lekin uning barcha h’arakatlari zoe ketdi. Tarixiy manbalar, masalan Abulfazl 
Bayh’aqiy bergan malumotlarga qaraganda, Ali takindan keyin taxminan 1040 
yilga qadar uning wg’illari h’ukmronlik qildilar. Ulardan keyin 1060 yilgacha Abu 
İsh’oq İbroh’im ibn Nasr h’ukm yuritgan. U Qoraxoniylar poytaxtini Wzganddan 
                                                 
16
 Амир гвардияси турк ғуломларидан ташкил топган ва давлатни идора қилишда катта роль ўйнаган.
 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə