Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109

 
56
Mazkur asar bizgacha etib kelmagan bwlsa-da, uningnomi barcha yirik 
olimlar asarlarida zikr qilingan va Beruniy, İbn Xavqal, Gardeziy va Avfiy 
asarlarida parchalar ukltirilganligi, uning qimmatli manba ekanligidan guvoh’lik 
beradi. 
 
7.3.12. “Kitob axbor uz-zamon va ajoyib ul-buldon” 
Bu kitob al-Masudiy ёki Abulh’asan Ali ibn al-Masudiy (vaf.956 y. Qoh’ira) 
X asrning kwzga kwringan geograf va tarixshunos olimi asaridir. Muallif IX asr 
oxirlarida Bag’dodda zodagon oilasida dunёga kelgan. Juda kwp (915-945 y.) 
saёh’at qilgan, turli wlkalarda bwlib, adabiёt, falsafa, fiqh’, geografiya va tarix 
ilmlari bwyicha chuqur malumotga ega bwlgan, xususan Movarounnah’rda 
bwlganda shah’arlar va odamlar h’aqida qimmatli malumotlar twplagan. 
Al-Masudiy ilmning turli soh’alariga oid “Kitob axbor uz-zamon va ajoyib 
ul-buldon”( “Davr xabarlari va mamlakatlarning ajoyibotlari h’aqida kitob”), 
“Kitob ul-avsat” (“Wrtacha kitob”), “Kitob at-tavorix fi axbor al-umum min arab 
va-l-ajam” (“Arab va Ajam xalqlari tarixi”), “Xazoin ul-muluk va sirr al-olamayn” 
(“Podshoh’larning xazinalari va ikki olam sirlari”), “Kitob ar-rasoil” (“Risolalar 
twplami”), “Kitob at-tanbih’, va-l-ishraf” (“Ogoh’lantirish va ishontirish h’aqida 
kitob”) singari 20dan ortiq asar ёzgan. 
Al-Masudiyning asarlari arab xalifaligi, Movarounnah’rning IX-X asrlar 
tarixini wrganishda zwr ah’amiyatga ega. Ular wziga xos geografik qomus bwlib, 
jah’on xalqlari va turkiy xalqlarning tarixi, ijtimoiy-siёsiy ah’voli, urf-odatlari 
h’aqida boy malumotga ega. 
Tarixchining yana “Muruj az-zah’ab va madan al-javoh’ir” (“Oltin 
tozalagich va qimmatbah’o toshlar koni”) nomli asari h’am bor. Bu kitobning 
arabcha matni frantsuzcha tarjimasi bilan birga, 1861-1877 yillari Parijda twqqiz 
jildda nashr etilgan. 
 
7.3.13. “Kitob ul-xiroj va sanat al-kitoba” 
Asar muallifi Abulfaraj Qudama, filolog va geograf olimdir. Uning twla ismi 
Abulfaraj ibn Jafar Qudama al-Basriy al-Bag’dodiy (vaf.922-948 y.).  U yuasraoik 
aslzoda bwlib, avval nasroniy bwlgan, saroy xizmatiga qabul qilingandan keyin 
xalifa al-Muqtafiyning tasiri ostida islom dinini qabul qilgan. 
Dastlab mamuriy mah’kamalardan birida (majlis az-zimam)  xizmat qilgan, 
umrining oxirida esa aloqalar devoniga (devoni soh’ib barid) boshchilik qilgan.   
Abulfaraj Qudama 928 yili “Kitob ul-xiroj va sanat al-kitoba” (“Xiroj 
undirish va maktublar ёzish sanati h’aqida kitob”) nomli ikki jildlik (8 qismdan 
iborat) asar ёzgan. Mazkur asar arab xalifaligining mamuriy bwlinishi, xalifalikka 
tobe bwlgan mamlakatlar wrtasidagi aloqa xizmati, soliq va moliya tizimining 
umumiy ah’voli h’aqida qimmatli malumot beradi. 
“Kitob ul-xiroj va sanat al-kitoba” asarida Movarounnah’rning geografik 
h’olati va uning turkiy zabon ah’olisi h’aqida h’am muh’im daliliy malumotlarni 
uchratamiz. Kitobning faqat ikkinchi jildigina saqlanib qolgan. Uning ayrim 
parchalari frantsuzcha tarjimasi bilan M.Ya. de Gue tarafidan 1889 yili chop 
etilgan.    


 
57
 
7.3.14. “Kitob masolik ul-mamolik” 
Ushbu kitob muallifi İstaxriy ёki Abu İsh’oq İbroh’im ibn Muh’ammad al-
Forsiy (850-934) nomi bilan mashh’ur bwlgan sayёh’ va geograf olim. U 915 
yildan blshlab Eron, Movarounnah’r, Suriya, Misr va Mag’rib  bwylab saёh’at 
qilgan. Mana shu saёh’at vaqtida twplangan boy daliliy material va zamondoshi 
Abu Zayd Ah’mad ibn Sah’l al-Balxiyning (850-934 y.) “Suvar al-aqolim” 
(“İqlimlar surati”) kitobi asosida 930-933 yillari wzining “Kitob masolik ul-
mamolik” (“Mamlakatlarga boriladigan ywllar h’aqida kitob”) nomli qimmatli 
asarini ёzgan. 
Asar yigirma bobdan iborat. Unda musulmon mamlakatlari  Arabiston, 
Mag’rib, Misr, Suriya, İroq, Eron, Movarounnah’r), shuningdek, Hindistonning 
chegaralari, iqlimi, mamuriy bwlinishi, mashh’ur shah’arlari, ularga olib 
boriladigan ywllar, ah’olisi va uning mashg’uloti, atoqli kishilari, savdo-sotiq va 
boshqa masalalar baёn etilgan. 
“Kitob masolik ul-mamolik” asarining asl matni uch marta 1870, 1927 va 
1967 yillari Leydenda chop etilgan. U Abulmah’osin Muh’ammad ibn Sad ibn 
Muh’ammad an-Naxchivoniy tarafidan XVI asrning ikkinchi yarmida fors tiliga 
tarjima qilingan, qwlёzma nusxalari Sankt-Peterburg va Toshkentda saqdanmoqda. 
 
7.3.15.“Kitob ul-masolik va-l-mamolik” 
Ushbu kitobning muallifi  İbn Havqal (vaf. 976 y.)dir. U wz davrining 
kwzga kwringan yirik geograf olimi va sayёh’i bwlgan. Olimning twla ismi 
Abulqosim ibn Havqal an-Nasibiy bwlib, nisbasiga kwra vchlm Shimoliy 
Mesopotamiyada joylashgan Nisibin shah’ridan chiqqan. 
İbn Havqal 943 yildan boshlab savdogar sifatida turli mamlakatlar Markaziy 
Afrika, İspaniya, İtaliya, Eron, Hindiston bwylab saёh’at qilgan.  U İstaxriy bilan 
shaxsan uchrashgan. Uchrashuv vaqtida İstaxriy gwёki undan wz asaridagi xato va 
chalkashliklarni xalos qilish va kaytadan ishlashni iltimos qilgan. 
“Men,-deb  ёzadi  İbn Havqal,- uning kitobidagi bir emas, bir necha 
xaritalarni tuzatdim, swngra ushbu wz kitobimni ёzishga qaror qildim. İstaxriy 
kitobida uchragan xatolarni tuzatdim, kitobimga bir nechta (yangi) xaritalarni ilova 
qildim va ularni izoh’lab berdim.” 
İbn Havqalning asari “Kitob ul-masolik va-l-mamolik” (“Ywllar va 
mamlakatlar h’aqida kitob”) ёki qisqacha “Kitob surat al-arz” (“Erning surati”) 
nomi bilan mashh’ur bwlib, Hamadoniylardan Sayfulla Ali I ga (945-967 y.) 
bag’ishoangan. Uni ёzishda muallif saёh’atlari vaqtida twplagan, savdogarlardan 
swrab-surishtirib yiqqan  materiallardan h’amda İbn Xurdodbeh’, al-Jayh’oniy, 
Qudama asarlaridan foydalangan. Kitobda tavsiflangan h’ar bir mamlakat va 
viloyatning xaritasi h’am berilgan. Masalan, Movarounnah’r qismiga ilova 
qilingan xaritada Jayh’un (Amudarё), Buxoro, Samarqand, Usrushana (Wratepa), 
İspijob (Sayram), shosh va Xorazm shah’arlari va viloyatlari tasvirlangan. Asarda 
turkiy va g’uzzlar, ularning mashg’uloti, shuningdek, Movarounnah’r shah’arlari, 
xalqlari xususida keltirilgan malumotlar nih’oyatda qimmatlidir. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə