Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   109

 
210
«saёh’at»i paytida kwrgan-bilganlarini esdalik sifatida ёzib qoldirgan. Unda juda 
kwp noaniqliklar, ayrim voqealarni bwrttirib ёki kamsitib ёzishlar bor. Shunga 
qaramay,  İogann Shiltbergerning kundaliklarida qimmatli tarixiy malumotlar, 
muh’im dalillarni uchratamiz. Bir-ikkita misol; 
1)Temuriylar, xususan ularning Ozarbayjondagi noiblari, masalan 
Abubakr Mirzo Oltin Wrda h’ukmdorlarining wzaro kurashlariga aralashib 
turganlar. 
2)XU asrning boshida Oltin Wrdaning ichki ah’voli va bunda qudratli 
amir Edigey (İdiku Wzbek)ning nomi kwrsatib wtiladi. 
3)Ozarbayjon, Dashti qipchoq va uning xalqi h’aqida muh’im malumotlar 
keltiriladi. Masalan, Ozarbayjon h’aqida bunday malumotlar bor; Tabriz 
Eronning bosh shah’arlaridan. Uning savdodan oladigan foydasi tamom bir 
xristian davlati topadigan foydadan ortiq. «Sultoniya, Ray, Marog’a, Axlat, 
Gilon h’am ushbu mamlakatning yirik shah’arlaridan... Rayning xalqi 
boshqalardan shu bilan farq qiladiki, u Muh’ammadga emas, balki Aliga imon 
keltiradi. Ularni rofiziylar
113
 deb ataydilar». Dashti qipchoq va uning xalqi 
h’aqida İogann Shiltbergerning «Esdaliklari» da mana bunday gaplar bor; «Men, 
shuningdek, Buyuk Tataristonda
114
 h’am bwldim. Xalqi don ekinlaridan faqat 
tariq ekadi. Ular umuman non va vino istimol qilmaydilar. Vino wrniga ot va 
tuyaning sutini ichadilar, shu va boshqa h’ayvonlarning gwshtini uydilar ...Yana 
shuni h’am aytish kerakki, xon saylashda uni oq kigizga wtqizib, uch marta 
kwtarib erga qwyadilar, swng chodir atrofida aylantirib, keyin ichkariga olib 
kiradilar va taxtga wtqazadilar.» 
Umuman, bu kitob Sharqiy Evropa, Kichik Osiё, Eron, Movarounnah’r, 
Dashti qipchoq, İroq, Suriya va Misr mamlakatlari tarixi va xalqi h’aqida ayrim, 
diqqatga sazovor malumotlar beradi. İogann Shiltbergerning mazkur asari 
«İogann Shiltbergerning Evropa, Osiё va Afrika bwylab qilgan saёh’ati (1394-
1427 yy.)» deb ataladi va uning rus tilida (nemischa nashri 1859 yili amalga 
oshirilgan) uchta yaxshi nashri bor. Birinchis Odessa Universitetining profkssori 
F.K.Braun tarafidan 1867 yili, ikkinchisi Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi 
akademigi Z.M.Bunёdov 1984 yili va uchinchisi 1997 yili Toshkentda amalga 
oshirilgan.  
 
18.2.5. «Samarqandga Amir Temur saroyiga saёh’at kundaliklari» 
(1403-1406 yy.) 
Lui Gonsales de Klavixoning «Samarqandga Amir Temur saroyiga saёh’at 
kundaliklari» asarida XV asr boshidagi Movarunnah’rning ichki ah’voli, uning 
obod shah’ar va qigloqlari, xususan Shah’risabz va poytaxt shah’ar Samarqand 
h’aqida, Amir Temur saroyidagi udumlar, soh’ibqironning xotinlari va ularning 
jamiyatda tutgan wrni h’aqida muh’im malumotlar keltiriladi. 
Masalan, Kesh (Shah’risabz) h’aqida Klavixoning «Kundaliklar»ida 
quyidagilarni wqiymiz; «Ertasi kuni, 1404 yilning 28 avgust payshanba kuni, 
                                                 
113
 Рофизийлар - ғайридинлар. Сунна мазҳабидаги мусулмонлар шиаларни шу ном билан атаганлар.
 
114
  Буюк  Татаристон – европаликлар  Дашти  қипчоқ  (Иртиш  дарёсининг  бошланишидан  Днепр  дарёсигача 
бўлган ерлар)ни ХI . асрдан юошлаб шундай атаганлар.
 


 
211
tushlik paytida Kesh deb atalmish katta bir shah’ar oldiga kelib twxtadik. 
Shah’ar h’ar bir tarafini soy va ariqlar kesib wtgan tekislik erda joylashgan ekan. 
Shah’arning tevaragi obod qishloqlar va bog’lar bilan wralgan edi. Uning 
tevarak atrofi h’am tekis bwlib, kwpgina obod qishloqlar, nah’rlar, wtloqlar bor. 
Ёzda bu er juda chiroyli. Sug’oriladigan erlarida bug’doy, uzum, paxta, qovun-
tarvuz etishtiriladi, katta mevali daraxtlar wsadi. Shah’ar paxsa devor va chuqur 
xandaq bilan wralgan, darvozalari qarshisida osma kwpriklar wrnatilgan. 
Temurbekning asli Keshdan. Otasi h’am shu erda tug’ilgan. Katta imoratlar va 
masjudlar kwp. İmoratlardan biri, Temurbek h’ali qurib bitirmagan juda katta 
saroy, uning ichida katta bir maqbara joylashgan. Unga Temurbekning otasi dafn 
etilgan. Yana bitta maqbara h’am bwlib, uni Temurbek wzi uchun qurdirgan. 
Lekin u h’ali bitkazilmagan. Aytishlaricha, u bundan bir oy oldin Keshda 
bwlganida uni kwrib ёqtirmagan, chunki eshiklari past qilib qurilgan ekan. 
Temurbek uni qaytadan kwrishni buyurgan. Hozir qurilishda ustalar ishlab 
turibdi. Bundan tashqari, mazkur maqbara ichida h’ozir uning Jah’ongir ismli 
twng’ich wg’li ёtibdi. Masjid bilan maqbaraning devor va shiplari oltin, lojuvard 
va koshinlar bilan qoplangan, sah’ni katta va unga daraxtlar ekilib, h’ovuzlar 
qurilgan. U erga Temurbekning amri bilan h’ar kuni, otasi va wg’lining ruh’ini 
ywqlab yigirmata pishirilgan qwy gwshti yuborilib turiladi. Elchilarni ushbu 
masjidga olib bordilar va ularning oldiga dasturxon ёzib, kwp gwsht va mevalar 
tortib ziёfat qiladilar. Ziёfatdan keyin ularni katta bir qasrga olib borib 
joylashtirdilar. 
Ertasiga, juma kuni, elchilarni Temurbekning amr-farmoni bilan 
qurilaёtgan katta bir saroygva olib bordilar. Aytishlaricha, unda yigirma yildan 
beri ustalar va ishchilar tinim bilmay ishlab turibdilar. Saroyga kirish ywli uzun, 
darvozalar baland. Kirishda, darvozalarining wng va swl tarafida pishiq 
g’ishtdan qurilgan va h’ar xil naqshin koshinlar va naksh bilan bezatilgan 
peshtoq bor. Peshtoq ostidagi supalarda Temurbek saroyda bwlgan paytlarda 
soqchilar wtirgan. Birinchi darvozaning ketidan ikkinchi darvoza keladi va 
ulardan wtib saroyning sah’niga wtiladi. Ustiga oq marmar ёtqizilgan va atrofi 
bezatilgan ayvonlar bilan wralgan katta h’ovliga kiriladi. Hovli wrtasida katta 
h’ovuz bor. Hovlining sah’ni eniga uch yuz qadam keladi. Saroyning eng katta 
xonasiga shu h’ovli orqali kiriladi. Unga katta ywlak va oltin suvi berilgan, 
lojuvard va koshin bilan qoplangan, katta sanat bilan ishlangan udkan va baland  
eshik orqali kiriladi. Eshik tepasida, uning wrtasida, quёsh fonida turgan sher 
tasviri tushirilgan. Bu Samarqand podshosining gerbidir...Shu eshik orqali 
twrtburchak, oltin, lojuvard va boshqa rangdagi koshinlar bilan qolangan 
qabulxonaga kiriladi...» 
Klavixoning bu h’ikoyasida Amir Temur Shah’risabzda qurdirgan 
mah’obatli va gwzal Oqsaroy kishini kwz oldida namoёn bwladi. Lekin, Klavixo 
bwlgan paytda, saroy qurilishi h’ali oxiriga etkazilmagan edi. Shuning uchun 
uning asl moh’iyatini, ne maqsadda qurdirilganligini birdan anglash qiyin 
bwladi. Jumboqni taxminan 90 yil wtib ketgan Zah’iriddin Muh’ammad Bobur 
echib bergan. Uning swzlariga qaraganda h’azrat soh’ibqiron Keshni boshda 
poytaxt qilmoqchi bwlgani uchun oqsaroyni h’am podshoh’ning ah’lu oilasi 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə