Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   109

 
212
bilan, turar joyi h’amda davlat muassasalari joylashgan rasmiy qarorgoh’ sifatida 
qurdirgan. «Boburnoma»da, masalan, mana bunday deyilgan; «Temurbekning 
zobu budi Keshdin (bwlg’oni) uchun shah’ar va poytaxt qilurg’a kwp say va 
eh’timollar qildi, oliy imoratlar Keshga bino qildi. Wzining devon wltirur uchun 
bir ulug’ peshtoq va uning ёnida va swl ёnida tavochi beklar wlturub devon 
swrar uchun, ikki kichik peshtoq qilibdur. Yana savrun eli wltirur uchun bu 
devonxonaning h’ar zilida kichik-kichik toqchalar qilibdur. Muncha oliy toq 
olamda kam nishon berurlar. Derlarkim, Kisro toqidin bu biyiroqdur». 
Klavixo Amir Temurning otasi va xotinlari h’aqida h’am wta qimmatli 
malumotlar keltirgan. Masalan, amir Tarag’ay bah’odir h’aqida bunday deydi; 
«Temurbekning otasi oliyjanob odam bqlgan, chig’atoy urug’idan. Maishati 
wrtacha bwlgan. Uch-twrt yigit bwlib, Shah’risabzdan kwp h’am olis bwlmagan 
qishloqlarning birida yashagan.» 
Hazrat soh’ibqironning xotinlari qabul marosimlari va podshoh’ning 
majlislarida erkaklar bilan bir qatorda ishtirok etganlar. Klavixo Amir 
Temurning xorijiy mamlakatlardan kelgan elchilarni qabul qilish marosimlaridan 
biri h’aqida h’ikoya qilar ekan, unda h’azrat soh’ibqironning xotinlari Saroy 
mulk xonim (Kano), kichik xotini Chwlpon Malik va katta kelini Xonzoda 
begofimlar h’ozir bwlib, Amir Temurning ёnida wtirganlar. 
Temur wz davrida qonun ustivorligini, u h’amma uchun barobar 
ekanligini taminlagan davlat arbobi edi. U etti yillik (1399-1404 yy.) arbiy 
yurishdan qaytib kelgach, bozor maydonida mansabini suiistemol qilgan bir 
vazirni, molini ortiq narxda sotgan ber necha kosibni h’ammaning oldida tergab-
tkushirib jazoga buyurgani malum. Bu voqeani wz kwzi bilan kwrgan Klavixo 
bu h’aqda quyidagilarni h’ikoya qiladi; «Podshoh’ birinchi bwlib, wzining 
mashh’ur vazirlaridan birini jazoga tortdi. Temurbek etti yillik yurishga ketaёtib 
uni davlat tepasiga qwyib ketgan edi. Temurbek ywq paytida wsha vazir, 
aytishlaricha, wz mansabini suiistemol qilgan...Temurbek bazi dwkondorlarni, 
gwshtni qimmat bah’oda sotgan qassobni, molini ortiq bah’oda sotgan 
maxsidwzlarni, etikdwzlarni h’am jazoga buyurgan». 
Klavixoning «Kundaliklar»ida Samarqand osori atiqalari va bozorlari, u 
erga kwp mamlakatlardan olib kelingan mollar h’aqida h’am wta qimmatli 
malumotlar keltiradi. 
Klavixoning asari bir necha bor ispan tilida nashr etilgan, bir necha evropa 
tillariga, ikki marta rus tilida, oxirgi marta 1990 yili İ.S.Mirokova tarjimasida 
chop etilgan. 1881 yilgi K.İ.Sreznevskiy tarjimasi asosida kitbni Ochil Tog’aev 
wzbek tiliga tarjima qilgan.  
 
18.2.6. İ.D.Xoxlov elchiligi h’ujjatlari 
İvan Danilovich Xoxlov XVII asrda wtgan istedodli rus diplomatidir. 
Uning h’aёti va faoliyatini wrgangan yirik rus sharqshunosi olimi 
N.İ.Veselovskiy (1848-1918 yy.) keltirgan malumotlarga kwra
115
,  İ.D.Xoxlov 
                                                 
115
 Веселовский Н.И. Иван Данилович Хохлов (русский посланник в Персии и Бухаре в ХУ111 веке)/ЖМНП, 
ч. 273. – Москва; 1891.-с. 48-72.
 


 
213
asli qozonlik bwlib,  aslzoda (boyarin) oilasida dunёga kelgan. Uning h’aqidagi  
dastlabki malumot XVI asrning 90- yillariga tegishli. İ.D.Xoxlov wsha vaqtda 
og’asi Vasiliy bilan birga, davlat xizmatida bwlgan va Qozondagi wqchilar 
qismiga bosh bwlib turgan. 1600 yili yurtiga qaytib ketaёtgan Eron elchisi 
Pirqulibekni Qozondan Saratovgacha (shah’arga 1590 yili asos solingan) kuzatib 
qwygan. 
1606 yili İ.D.Xoxlov og’asi Vasiliy h’amda voevoda Golovin bilan 
birgalikda Terekka, uning xalqini yangi podshoh’ Vasiliy İvanovich Shuyskiy 
(1606-1610 yy.)ga qasamёd qildirish uchun .boriladi. Lekin terekliklar yangi rus 
podshoh’ini tan olmaydilar, İ.D.Xoxlovni bwlsa qattiq dwpposlab, qamab 
qwyadilar. Malum vaqt wtib terkliklar İ.D.Xoxlovni soqchi qwshib Astraxanga 
jwnatib yuboradilar. Shu tariqa u Astraxanda etti yil, 1613 yilgacha qamoqda 
wtirdi. 1617 yili Astraxanda h’okimiyat ataman İ.V.Zarutskiy qwliga wtdi va u 
İ.D.Xoxlovni ozod qilib, Eronga shoh’ Abbos 1 (1587-1629/30 yy.) h’uzuriga 
elchi qilib yubordi. Ataman Zarutskiy shoh’dan pul, oziq-ovqat va askar bilan 
ёrdam berishini swradi va Moskvani egallagandan keyin Astraxanni unga inom 
qilajagini bildirdi. Shoh’ Abbos I boshda bunga kwndi va atamanga 12 tuman 
naqd pul va katta miqdorda oziq-ovqat yuborishini vada qildi. Lekin keyincha 
wz elchisi xoja Murtazodan ataman Zarutskiy isёni barbod bwlgani va toj-taxt 
Mixail Fёdorovich qwliga wtganini, Eronga Rossiyadan Aleksey Buxarin va 
Mixail Tixanov boshliq yangi elchilar kelgani h’aqidagi xabarni eshitgandan 
keyin, fikridan qaytdi. Shoh’ Rossiya elchilarini katta sovg’a-salomlar bilan 
qaytarib yubordi. Wshanda İ.D.Xoxlovga h’am ketishga ijozat berdi. Lekin, 
Vladimirga etganlarida podshoh’ning amri bilan uni tutib qoldilar. 1615 yilning 
iyul oyida, Astraxanda Zarutskiy isёni bartaraf qilingandan keyin, İ.D. 
Xoxlovning gunoh’idan kechdilar va uni qwyib yubordilar. İ.D.Xoxlovning 
taqdiri 1620 yilgacha qanday bwlgani bizsha malum emas. 
Eh’timol, shu davr ichida u Qozon h’okimi (voevodasi)ning xizmatida 
bwlgan.  
1620-1622 yillari  u podshoh’ning farmoni bilan Markaziy Osiёda, 
Buxoro va Xiva xonliklarida bwldi. 1622 yil 12 dekabr kuni Rossiyaga 
qaytgandan keyin İ.D.Xoxlov bir muncha vaqt Moskvada istiqomat qildi, 1623 
yilning boshlarida unga Qozonga qaytishiga ijozat berildi h’amda voevoda 
Odoevskiyning xizmatida bwldi. Uni 1624 yilning 8 dekabrida yana Moskvaga 
chaqirib oldilar va Buxoro va Xiva xonliklari h’aqidagi malumotlarni tartibga 
solish h’aqida topshiriq oldi.  
İ.D.Xoxlovning h’aёtga oid swnggi malumot 1629 yilga tegishli. Wsha 
yili Eron elchisi Muh’ammad Silibek va Eronning savdo karvonini Qozondan 
Moskvagacha va Moskvadan Qozongacha kuzatib qwygan. 
İ.D.Xoxlovdan ikki muh’im h’ujjat; podshoh’ning maxsus topshirig’i 
(nakaz) va İ.D.Xoxlovning Buxoro va Xiva xonliklarining ah’voli h’aqida 
podshoh’ga ёzgan axboroti (Stateynıy spisok) qolgan. 
Birinchi h’ujjatda elchilik zimmasiga yuklatilgan vazifalar h’aqida swz 
boradi. Uning vazifasi eng avvalo, h’ar ikki xonlik h’ukmdorlarini Rossiya bilan 
dwstlashish, savdo va bordi-keldi aloqalarini wrnatishga kwndirish, xonlarni 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə