Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109

 
228
Asarda Xiva xonligining h’ududi, yirik shah’arlari, xalqi va uning 
mashg’uloti va mudofaa sadoh’iyati (h’arbiy qudrati) h’aqida diqqatga sazovor 
malumotlar keltiriladi. Unda xususan quyidagilarni wqiymiz: 
«Xiva xonligi shimolda Orol dengizi va uning shimolida joylashgan chwl 
bilan chegaradosh. Chwlda qozoqlar istiqomat qiladilar. Shimoli-g’arbiy tarafi 
chwl va qumliklardan iborat. Bu h’ududda turkmanlarning Taka qavmi istiqomat 
qiladi. 
G’arbiy tarafi 800 verstga chwzilgan sah’ro bwlib, u erlarda Kaspiy 
dengizi atrofidagi qavmlar istiqomat qiladilar». 
Xiva xonligining beshta katta shah’ari bor. Ular Xiva, Yangi Urganch, 
Shovot, Kot va Gurlan. 
«Xiva»-poytaxt shah’ar. Aytishlaricha, qadimda Xivaq deb atalgan. 
Amudarё wz wzanini wzgartirmasdan avval, bunёd etilgan
119
. U katta shah’ar. 
Mashh’ur imoratlari madrasa, xon saroyi va ibodat qiladigan masjid bwlib, 
masjid gumbazi  feruza rangli koshin bilan qoplangan. Xonning h’ovlisi kwp 
h’akm katta bwlmay, unda h’am bir necha kichik masjid mavjud. Uylari loydan 
qurilgan, kwchalari tor. Shah’arda bir necha kichik dwkonlar h’am bwlib, 
(bozorida) h’aftada ikki marta oldi-sotdi bwladi. (Xivada) 3000 ga yaqin 
xonadon bwlib, xalqi 10 000 jon atrofida. Shah’ar xonlikdagi boshqa shah’arlar 
singari, ekinzorlar va katta bog’-rog’lar bilan wralgan. Bog’ wrtasida kichik-
kichik qalalar va uylar joylashgan». 
Yangi Urganch – shu kunlarda xonlikning yangi poytaxti, xon noibi Qutli 
Murod inoqning turar joyi. U Xivadan kattaroq, xonlikning tamom savdo-sotig’i 
shu erga twplangan, ah’olisining kwpchiligini sartlar
120
 tashkil qiladi. Dwkonlari 
kwp va gavjum bwlgan bu shah’arda Sharq mamlakatlarida etishtiriladigan h’ar 
xil qimmatli matolar, zeb-ziynat mollarini xarid qilish mumkin. Haftada bir 
necha kun savdo-sotiq bwladi. Yangi Urganchliklar boshqa mamdakatlarga va 
xonlikning boshqa shah’arlariga h’am wz mollarini olib borib, savdo-sotiq 
qiladilar. Yangi Urganch mustah’kam devor bilan wralgan». 
«Shovot bilan Kot bir qadar kichikdir. Birinchisida 2 000 ga , ikkinchisida 
1 500 ga yaqin xalq yashaydi. Har ikkala shah’ar h’am mustah’kam devor bilan 
wralgan. 
Xonlikning beshinchi shah’ri Gurlan deb ataladi. Unda tijorat ah’li kwp. 
Uylari loydan qurilgan va g’arib. Masjiddan boshqa yaxshi binolari ywq. 
Devorlarining asosi toshdan. Uylari loydan bwlishiga qaramay, pishiq qilib 
qurilgan... 
(Xorazmda) savlo-sotiqda shah’ardan qolishmaydigan katta qishloqlar 
h’am kwp. Buxoro ywlida joylashgan Hazorasp, Qipchoq, Qwng’irot, Oqsaroy, 
Xon qala, Moyjoygil va boshqalar shular jumlasidandir. 
Yangi Urganch Kwh’na Urganch wrnida emas, undan olisroqda, Xivaning 
g’arbiy tarafida, katta masofa ulug’vor imoratlarning vayronalari, pishiq g’isht 
va toshdan yasalgan buyumlarning parchalari bilan twlib toshib ёtibdi. Wsha 
                                                 
119
  Бу  воқеа  Араб  Муҳаммадхон (1602-1623 йй.)  ва  Абулғозихон (1643-1663 йй.)  замонида  содир  бўлган. 
Хива эса 2500 йил муқаддам бунёд этилган.
 
120
 Сартлар - ўтроқ савдогар халқ.
 


 
229
joylarda h’ozir h’am oltin topish mumkin. Bu h’ol Amularёning eski wzani 
bwylarida (qadimdan) shah’ar va xonadonlar bwlganidan guvoh’lik beradi. 
Shulardan Luazan qalasi, Qizil qala, Shlh’sanam, Wtin qala va boshqalarning 
xarobalari h’ozir h’am kwzga tashlanib turibdi. Xivaning g’arbiy tarafidagi 
chwlda saqlanib qolgan uylar va nah’rlarning izlari qadimdan bu erlarda 
madaniyati gullagan Xiva ёki Xorazm davlati bwlganidan darak beradi... 
Xiva xonligida istiqomat qilgan xalq kwproq g’alla etishtirish va 
bog’dorchilik bilan mashg’ul. Ularning daromadi asosan g’alladandir. Hamma 
erlarda obod qishloqlar, kanal va ariqlarning bwylarida ekinzorlar, uzumzorlar 
va serh’osil bog’lar... 
Ularning egalari boy-badavlat va farovon h’aёt kechiradilar. Etishtirilgan 
g’alla va meva istexmol talabi darajasidan ortiqroq. G’alla va mevaning 
istemoldan oshib qolgan qismini tevarak-atrofda kwchib yurgan qabilalarga, 
qozoqlar va turkmanlarga, Abulxon va Mingqishloq xalqiga olib borib sotadilar. 
Xivaliklar kwproq bug’doy ekadilar va g’alla ularning yurtida yaxshi 
bitadi. Uning katta qismi sotuvga yuboriladi. (Xivaliklar) bug’doydan boshqa 
yana sholi ekadilar, lekin kwzlangan miqdorda h’osil ololmaydilar, chunki sholi 
suvda wsadi, suv esa kam. Shunga qaramay, xivaliklar uni ekadilar, chunki 
undan tayёrlangan taom wta shirin bwladi...Lekin uni sotishga chiqarmaydilar, 
wzlariga zwrg’a etadi. Xonlikda kunjut h’am yaxshi wsadi. Undan moy oladilar 
va kwp qismini qwshni yurtlarga olib borib sotadilar. Harakat qilsalar uni 
bundan h’am kwproq miqdorda etishtirish mumkin. Kunjut moyi xonlikda 
kwproq etishtiriladi. Lekin arpa bilan kanop Xivada yaxshi wsmaydi. Shu 
sabadan uni kam ekadilar. Uanop moyi wrniga kunjut moyini kwproq 
ishlatadilar... 
Ot emi uchun kwproq yulg’un deb atalgan wt ishlatiladi. Urug’i ovqat 
uchun ishlatiladi, lekin uni kwp qaynatish kerak bwladi. Bu taom kwja deb 
ataladi... 
Bog’larida kwp miqdorda turli navli uzum etishtiriladi. Ah’oli uni quritib 
sotadilar. Biz uni kigmish deb ataymiz. Uni uzumning shunday atalgan navidan 
tayёrlaydilar, uning urug’i bwlmaydi. 
Xivaning bog’larida kwp miqdorda turli navli olma h’am etishtiriladi, 
olmurut, bodom, nok, gilos, olcha, tut va anor, shuningdek, boshqa mevalar 
etishtiriladi. 
Sabzavotdan, Rossiyada wsadigan karam, sholg’om va kartogkadan 
boshqa h’am sabzavot etishtiriladi. Piёzi yirik bwladi. 
Xivaning qovuni va tarvuzi katta va shirin bwladi. 
Xiva xonligida bundan (g’alachilik, bog’dorchilik, polizchilik va 
chorvachilikdan) tashqari, h’unarmandchilik bilan h’am shug’ullanadilar. Ular 
wzlari uchun zarur bwlgan kiyimlardan tashqari, wzlari ishlab chiqargan ipak va 
ip matolardan va Buxorodan sotib olib kelingan matolardan kiyim-kechak 
tikadilar. Ular twqilgan gazmol chiroyli va nafis bwlmasa-da, pishiqligi bilan 
ajralib turadi. Korxonalar ywqligi sababli kiyim-kechak bilan wzlarini zwrg’a 
taminlaydilar, boshqa yurtlarga mol chiqarolmaydilar. Xivalik turkmanlar tuya 
junidan chodir, arqon, chiroyli va pishiq shilamlar twqiydilar. Xivaliklar (bundan 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə