Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109

 
230
tashqari) chiroyli ipak belbog’lar h’am tikadilar. Lekin, u h’am, boshqa qwl 
mah’sulotlari singari, chetga chiqarilmaydi, Xivaning wzida qoladi. Xivaliklar 
boy-badavlat va twkin-sochin yashamaydilar, pullari kam. Topgani kundalik 
tirikchilik va xonga soliq twlashdan ortmaydi. 
Umuman olganda, xivaliklar h’unarmandchilikda kwp h’am madakadi 
emaslar. Umuman temir idish va buyumlarni yasamaydilar, ularni rus asirlari 
yasaydilar. Garchi mis wsha erdagi konlardan qazib olinsa-da, undan buyumlar 
yasashni bilmaydilar. Misdan yasalgan idish-tovoq va boshqa buyumlarni 
rossiyadan olib keladilar. Oyna h’aqida esa h’ech narsa bilmaydilar, kwpchilik 
uni h’atto kwrmagan h’am. Shu sabadan Xivada oyna juda kam va qimmat». 
Xiva xonligining h’arbiy ah’voli h’aqida Nikolay Muravёv mana bu 
malumotlarni keltiradi: 
«Muh’ammad Rah’imxon
121
 saltanat kursisiga wlturgunga qadar qabilalar 
orasida avjiga mingan wzaro urush-talashlar va tashqaridan qilingan bosqinlar 
oqibatida xalq, (ayniqsa) badavlat kishilar wzini bosqin va talon-tarojdan saqlash 
uchun uylarini mustah’kamlab qalaga aylantirganlar. Bu mustah’kamlangan 
(kichik) qalalar, ёki qwrg’onlar kwpincha wzlarining dalalari, ёki bog’lari 
wrtasida qurilgan. Uning ichida turar joylar, h’ovuzlar, qwrg’on soh’ibi va 
xizmatkorlarining uylari, tegirmon, qushxona, molxona, omborxona va 
boshqalar favqulodda yuz bergan h’odisalar vaqtida 100-150 kishini saqlaydigan 
narsalar bor. 
Bu qalalar twrt burchakli, paxsadan  bino qilingan, bazilarida devor tagiga 
tosh qwyilgan. Devorining past qismi twrt arshin
122
, tepa qismi yarim arshin, 
balandligi – uch sajen
123
 atrofida, devor tashqarisida, (h’ar er-h’ar erda) 
paxsadan dumaloq suyanchiqlar qwyilgan. Devorning tepa qismiga kwngiralar 
qilingan. 
Xonlikning yuqorida tilga olingan beshta shah’ari Xiva, Yangi Urganch, 
Shovot, Kot va Gurlan h’am mustah’kam paxsa devor bilan wralgan. Shu 
sababdan xivaliklar ularni qala deb ataydilar...Qalalarda bironta h’am zambarak 
ywq, ularda askar h’am ywq. Shah’arlarini ah’olining wzi h’imoya qilishi kerak 
bwladi. 
Xivaliklarda muntazam qwshin ywq. Urush chiqib qolgudek bwlsa
qwshin wzbeklar va turkmanlardan tuziladi. Qwshin asosan sipoh’iylar 
tabaqasidan. U xonning buyrug’i bilan belgilangan erga twplanadi va asosan 
otliq askardan iborat bwladi. 
N.Muravbёvning esdaliklarida wzbeklarning fel-atvori, tabiati va qiёfasi 
h’aqida etiborga loyiq malumotlar keltirilgan. Unda xususan wqiymiz: 
«Wzbeklar umuman aqlli va ёqimli, h’azil-mutoyibani yaxshi kwradigan, biron 
ishga jazm qilgudek bwlsa, qarorida qatiy, twg’ri swz, ёlg’onni va egrilikni 
ёmon kwradigan, ruh’i tetik, xushbichim va jismoniy kuchli xalq... 
Xarb ishlarida h’orib-charchamaydilar, qwrqmas va jasur kishilardir...» 
 
                                                 
121
 Хива хони Муҳаммад Раҳим аввал (1806-1825 йй.).
 
122
 Аршин – Россияда амалда бўлган узунлик ўлчов бирлиги, 0,711 метрга тенг бўлган.
 
123
 Сажен – 2,13 м.га баробар бўлган узунлик ўлчови.
 


 
231
18.2.13. Dmitriy Gladishev va İvan Muravinlar Xiva xotiralari 
Sirdarёning quyi oqimidagi shah’ar va qishloqlar, Orol dengizini wrganish 
uchun 1740 yili davlat arbobi va tarixchi olim V.N.Tatishchevning tashabbusi 
bilan Xivaga poruchik D.Gladishev va kontr-admiral, er wlchovchi İ.Muravinlar 
yuborilgan. 
Orskda olgan kwrsatmaga binoan, ular 1717 yili Pёtr I zamonida Rossiya 
tobeligiga wtgan Kichik Juz xoni Abulxayrxon (1695-1748 yy.) bilan 
uchrashishi zarur edi. Lekin, bu paytda Abulxayr Orolda edi. Mamlakatni esa 
Eron podshoh’i Nodirshoh’ bosib olgan edi. Shuning uchun Gladishev bilan 
Muravin Abulxayrxonning inisi Nurali va tog’asi Niёz bilan birga Orolga jwnab 
ketdilar va xon h’uzuriga etib bordilar. Ertasi kuni Xivaga bordilar. Wsha vaqtda 
Abulxayr xon deb elon qilingan edi. Gladishev bilan Muravin Shovotda 9 noyabr 
kuni Nodirshoh’ h’uzurida bwlganlar va unga Abulxayrxon bilan Xiva 
Rossiyaning tabaqalari ekanligini aytib, Xivaga meh’ru shavqat qilinishini 
swraganlar. Zobitlarning swzlariga qaraganda, ularning iltimosi ijobat topgan. 
Lekin ular Abulxayrxon bilan uchrasha olmaganlar. Shunday bwlsa-da
Abulxayr shlh’dan chwchib 12 noyabrda rus zobitlari bilan birga Orolga qochib 
ketdi. Bu erda kwp tortishuvdardan keyin Nurali xon deb elon qilindi. Abulxayr 
Gladishev bilan Muravinni olib Odam ato arig’i bwyida joylashgan eski 
wrdasiga qaytdi. Gladishev va Muravin 1741 yilning aprel oyida u krdan Orskka 
qaytib keldilar. Ularning mazkur saёh’ati paytida twplagan malumotlari 
«Gladishev – Muravin. Poezdki iz Orskka v Xivu i obratno 1740-1741 godax 
poruchikom Gladishevım i geodezistom Muravinım, İRGO, vıp.1U, -SPb.,1850, 
s.519-599» deb atalgan. 
Gladishev va Muravin twplagan malumotlarning ah’amiyati shundaki, 
ularda Orol dengizining soh’illari, Xorazmning Xiva, Shoh’temir, Xojayli, 
Xonqa va Shovot shah’arlari h’aqida, shuningdek, wzbek, qozoq, qoraqolpoq va 
turkman ah’olisi h’aqida ayrim malumotlar keltirilgan. 
Bulardan bazilari keltirildi: 
Gladishev h’amroh’lari bilan Xivaga kelishi bilan uni xon qarorgoh’iga 
olib bordilar. Unda xon bilan birga Orol biylari va xonning amirlari wltirishgan 
ekanlar. Xon Gladishevdan swradi: «Sen qaerdan bwlasan?» Nladishev javob 
qildi: «Meni imperator h’azrati oliylari jwnatdilar, marh’amatli maktub bilan»,- 
dedi va maktubni xonga uzatdi. Xon maktubni olib, muh’rini peshonasiga surdi 
va uni ёzib (kotibiga) uzatib, «h’ammaning h’uzurida wqi!» deb buyurdi. 
Maktub wqib bwlingach, h’uzurida wltirganlarga qarab dedi: «Kwrdilaringmi, 
umid bog’lab turgan oldimdagi chirog’ni kwryapsizlarmi? Shu nur ёrdamida 
sizlarni (Nodirshoh’dan) h’imoya qilmoqchiman». Shundan keyin menga qarab 
dedi: «Sening h’aqingda eshitganman. Ywlda senga ozor etkazibdilar. 
Huzurimga eson-omon etib kelishing uchun odam bilan maktub yubordim. 
Chunki, malumki, Eron podshosi Nodirshoh’ Xiva shah’rini egallash uchun 
kelaёtir. Men esam wzim h’am, bu shah’ar h’am men kabi imperator 
h’azratlarining qwl ostida bwlishni istaymiz. Men uning h’uzuriga 
bormoqchiman. Sening h’am uning h’uzuriga borishingga twg’ri keladi. 
İmperator h’azratlarining sen olib kelgan maktubini Xivadan unga yuboramiz, 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə