Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109

 
224
qilgandan keyin, Xrisanfni Kavkaz wlkasiga, uni batafsil wrganish uchun 
yubordi.  
Swng, 1796 yilning boshida, Ryazan, Tambov va Kavkaz wlkalarining 
general gubernatori graf Gudvich podshoyi oliy h’azratlarining amri bilan 
Xrisanfni Peterburgga, Nevskiy monastriga mitropolit Gavriil h’uzuriga jwnatib 
yuboradi.  
Mitropolit Xrisanfning birdan poytaxtga chaqirilishi, uni yaxshi bilgan 
sharqshunos V.V.Grigorevning fikricha, Rossiyaning yaqin orada Eronga 
bostirib kirish rejalari bilan bog’liq bwlsa kerak. Rus h’arbiy ekspeditsiyasining 
rah’bari Valeriyan Zubovga sayёh’ning Eron va Wrta Osiё h’aqidagi keng bilimi 
kerak bwlib qolgan. Oradan bir yil wtgach,1797 yili Xrisanf muqaddas 
Sinodning farmoni bilan Ekatrinoslav eparxiyasiga xizmatga jwnatildi. 1798 
yilning 20 yanvarida Mitropolit Xrisanf Feodossiyaga jwnab ketdi. Uning 
keyingi h’aёti va faoliyati h’aqida boshqa malumotga ega emasmiz. 
Mitropolit Xrisanfning Wrta Osiёga qilgan saёh’ati kundaligi bir paytlar 
rus h’arbiy ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan shraf Valeriyan Zubov qwlida 
bwlgan. Kundalik, bazi shah’ar va viloyatlar wrtisidagi masofa, ah’olisining 
umumiy soni h’aqidagi noaniqliklarni h’isobga olmaganda, katta qimmatga ega. 
Unda mamlakatning iqtisodiy va siёsiy ah’voli, xalqining turmush sharoiti, 
etiqodi h’aqida, shuningdek, Wrta Osiёda istiqomat qilib turgan ous va eronlik 
asirlarning ah’voli h’aqidagiqisqa, lekin wta muh’im malumotlarni uchratish 
mumkin. 
Masalan, Buxoro xonligining yirik shah’arlaridan Samarqand, Buxoro va 
Balx h’amda Xorazmning XVII-XIX asrlardagi poytaxti Xiva h’aqida Xrisanf 
mana bularni ёzadi:   
Samarqand h’aqida: «Samarqand shu kunlarda deyarli bwsh qolgan. Uni 
egallab olgan bah’aybat mah’luq samarqandlik noib (Rajabxon) uni ilgarigidek 
obod qilish uchun qanchalik urinmasin, meh’nati zoe ketdi. Eshitishimcha, uning 
tevarak atrofdaridagi tog’larda konlar bor, tabiati ёqimli...Tevarak atrofida h’am 
wzbeklar istiqomat qiladilar». 
Buxoro h’aqida: «Buxoro – twq shah’ar. Unda savdogarlar va boshqa 
(boy-badavlat) odamlar kwp. U asosan kumush,oltin, marvarid va qimmatbah’o 
toshlarga boy. Xon tez-tez Balx va mashh’ad ustiga talon-taroj yurishlari 
uyushtirib turadi. Buxoroliklar jon-jah’d bilan jang qiladilar». 
Balx h’aqida: «Balx viloyati h’aqida gapirmasam guonh’i azim bwladi. 
Agar Buxoro h’ukmdorlari tez-tez h’ujum uyushtirib, uni talon-taroj 
qilmaganlarida u obod, qudratli va boy viloyat bwlur edi. Nodirshoh’ vafot 
etgandan beri shu vaqtgacha afg’on podsholari qwlida. Uning qalasi chor 
tarafdan (suv yuilan twldirilgan xandaq bilan wralgan) tepalikda joylashgan. 
Balx ataluvchi katta qalasi bor. Qala h’ozirgacha mustaqil. Ah’madshoh’dan 
boshqa h’ech kimga bwysunmaydi. Devorlari pishiq g’ishtdan...» 
Buxoro xonligining mineral boyliklari h’aqida Xrisanf quyidagi 
malumotlarni keltiradi: «Buxoro bilan Balx wrtasida baland bir tog’ bor. Unda 
qizil tusli marmar (parchalari)ga wxshash tusdagi tuz konlari mavjud. Wsha 
viloyatda shunday tog’lar h’am mavjudki, ularda h’ar turli madan konlari bor. 


 
225
Bu tog’larda wzbeklarning qwng’irot qavmi istiqomat qiladi. Bu tog’lar 
shimolda Samarqandgacha, sharqda Badaxshongacha chwzilgan. 
Buxoroda istiqomat qilib turgan asarlar h’aqida mana bu malumot 
keltirilgan: «Buxoroda kwp rus asirlari bor, eronliklardan 6000ga yaqin asir bor. 
Ular xwjayinlariga qarshi qwzg’olon kwtarish darajasiga etishgan». 
Xiva shah’ri h’aqida wqiymiz: «Erli ah’oli ikki toifadan: mah’alliy 
kotliklar (Xrisanf ularni Kiditı deb ataydi) va boshqa erlardan kwchib kelgan 
qwng’irotlardan tashkil topgan. Ular Kotdan chiqqan vazir wldirilgandan beri 
wzaro ёvlashib keladilar. Kotliklar 5000 ga yaqin xonadondan iborat. Ular wta 
kek saqlovchi xalq. Kotliklarning tayёr qwshini ywq. (Zarur bwlib qolganda) 
kelishib odam ёllaydilar. Oyiga kimga wn swm, kimga bir swm beradilar. 
Aytishlaricha, xivaliklarning h’arbiy kuchi 20 000 kishini tashkil qilar emish. 
Lekin bu gap twg’ri emas, masalan, wtgan yili, men wsha erda ekanligimda 
Avazbiy  İnoqning
118
 topshirig’i bilan ah’olini h’isob-kitob qilganlarida, 
mamlakatda h’ammasi bwlib 3000 zrnadon borligi aniqlangan. Lekin 
h’ukmdorga yaxshi kwrinish uchun (qwshin sonini) 20 000 kishidan iborat deb 
aytadilar. Qwng’irotlilar jah’ldor xalq. Boshliqlari boy-badavlat kishilar,oddiy 
xalq esa qashshoq... Xivaliklarning kwpchiligi Astraxan va Buxoro bilan savdo-
sotiq olib boradi. Kotliklar kelgindilar (qwng’irotliklar)dan qutilish uchun 
Rossiya bilan ittifoq tuzishni xoh’laydilar, lekin (ruslarning urush ochmoqchi 
bwlib turgani h’aqida) tarqalgan xabarning oqibatidan qwrqar edilar. 
Mingqishloq turkmanlari h’am shuni istar edilar, lekin qozoqlar xavfidan 
qwrqardilar». Bunday dalil va malumotlarni mitropolit Xrisanfning xotrotlarida 
kwp uchratish mumkin. 
XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Rossiya h’ukumati Wrta Osiё 
xonliklari va Qozog’istonning siёsiy, iqtisodiy va xalqaro ah’volini, xususan 
wsha mamlakatlarga olib boradigan ywllarni wrganishda keng malumotli va 
zeh’n-idrokli h’arbiylardan h’am kwproq foydalana boshladi. Ular Rossiya 
h’ukumatiga bu h’aqda wta muh’im malumotlar twplab berdilar. Ana shunday 
h’arbiy mutaxassislardan ayrimlari va ular twplagan malumotlarga qisqacha 
twxtalib wtamiz. 
 
18.2.11. Filipp Nazarovning esdaliklari 
Filipp Nazarovning h’aёtiga oid malumotlar juda kam, 1789 yili Omsk 
shah’rida Osiё bilim yurtini tugatib, 1804 yili Tobolsk guberniyasidagi İrtish 
chizig’idagi Charlakovsk chegara postiga tarjimon bwlib xizmatga kirgan. 
Undan keyin xizmat yuzasidan boshqa chegara punktlariga h’am borib ishlagan. 
Qwqonga jwnab ketishi (1813 yil) oldidan «Aloh’ida Sibir polki»da tarjimon 
bwlib h’izmat qilgan. 
1813 yili G’arbiy Sibir general-gubernatori Glazemanning maxsus 
topshirig’i bilan Peterburgdan yurtiga qaytishda ywlda, Petropavlovsk (Shimoliy 
Qozog’iston)da wldirilgan Qwqon xonining elchisi bilan bog’liq janjalni 
tinchitish uchun Qwqonga yuborildi. Shu bilan birga uning xotira ёzuvlaridan 
                                                 
118
 Қўнғиротлар сулоласидан, ҳукмронлик йиллари аниқ эмас. 
 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə