Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   109

 
216
Aka-uka Pazuxinlar kelib chiqishi aslzoda (dvoryan) avlodi. Katta Pazuxin 
– Boris Andreevich Pazuxin 1667-1673 yillari stolnik mansabida davlat 
xizmatida bwlgan va inisi Semёn  İvanovich bilan birgalikda 1669-1671 yillari 
Buxoro, Balx va Urganchga yuborilgan rossiya elchiligiga boshchilik qilgan. 
Oradan sakkiz wtgach, 1679 yili Qrimga elchi qilib yuborilgan. Ywlda isёnchi 
rus kazaklarining h’ujumiga duchor bwlgan va olishuv paytida wldirilgan. 
Aka-uka Pazuxinlar (elchilik tarkibida 10 kishi bwlgan) Buxoroga Ёyiq-
qalmoq ulusi va Xiva orqali borganlar, qaytishda esa Eron-Shemaxa va Boku 
orqali qaytishgan. 
Elchilar Buxoro va Xivada  h’ammasi bwlib ikki yarim yil turganlar. 
Podshoh’ va elchilik mah’kamasi tarafidan berilgan h’ujjatlardan malum 
bwlishicha, Aka-uka Pazuxinlar elchiligi oldiga quyidagi vazifalar qwyilgan; 
1)h’ar ikki davlat; rossiya va Wrta Osiё xonliklari wrtasidagi dwstlik va 
savdo aloqalarini mustah’kamlash. Podshoh’ Aleksey Maxaylovich (1645-1676 
yy.)ning Buxoro xoni Abdulazizxon (1645-1680 yy.) nomiga ywllagan 
maktubida wqiymiz; «...biz ota-bobolarimizning (ishlarini) wzaro dwstlik va 
izzat-h’urmatda bwlish, bordi-keldi aloqalarini davom ettirish h’aqidagi 
kwrsatmalarini esda tutib, sizning savdogarlaringizga bizning mamlakatimizga, 
bizning savdogarlarimiz Sizning mamlakatiningizga bemalol borib kelishlarini 
yaxshilaylik.» 
2)Buxoro, Balx va Xiva xonliklarida saqlanib turgan rus asirlarini ozod 
qilishga h’arakat qilish. Elchilik mah’kamasi (Posolskiy prikaz) bergan 
ywriqnoma (Nakaz)da bunday deyiladi; «Buxoro, Balx va Urganchga qarashli 
erlarda saqlanaёtgan rus asirlari (barcha choralar bilan) ozod qilinsin. Shuni 
h’am aytish kerakki, elchilikka «Podshoh’ oliy h’azratlariga tegishli kishilarni, 
aslzoda (dvoryan va boyar)larning bolalarini qidirib topib ozod qilishga» 
aloh’ida etibor berish topshirildi.  
3) Wrta Osiё xonliklarining ichki va xalqaro ah’volini, ulardan qaysilariga 
suyanish mumlinligini aniqlash. Xususan, Elchilik mah’kamasining 
ywriqnomasida (Nakazida) mana bunday gaplar bor; «(xonliklardan) qaysinisi 
kuchliroq va ishonchliroq bwlsa, wshanisi bilan aloqa wrnagish lozim. Boris va 
uning h’amroh’lari Buxoro, Balx va Urganchda bwlganlarida ularning xonlari 
h’ozirgi paytda Turkiya sultoni, Eron shoh’lari va Gruziya bilan qanday 
munosabatda ekanligini, kimlar bilan aloqasi ywqligini, shu kundarda Xorazm 
taxtida kim wtirganini h’ar qanday ywl bilan aniqdasinlar; Buxoro, Balx va 
Urganch xonlarining xazinasi boymi, askari kuchlimi, shularni h’am 
aniqlasinlar». 
Moskva h’ukumati aka-uka Pazuxinlarga h’am Buxorodan Hindistonga 
olib boradigan qulay ywlni aniqlash vazifasini yuklagan edi. Ular bu vazifani 
bajarish uchun tarjimonlar Nikita Medvedev va Semёn  İzmaylovlarni Balxga 
jwnatdilar. Ulardan faqat Nikita Medvedev Pazuxinlar h’uzuriga qaytib keldi va 
Balxdan Hindiston poytaxti Shoh’jah’onobodga olib boradigan ywl h’aqida 
malumot keltirdi. U bunday deb ёzgan; «Hindistonga olib boradigan ywl 
Balxdan ah’oli yashab turgan qishloqlar oraqali wtadi. Ywlda h’ech qanday 
odobsizlik, talon-taroj va boj olish degan narsalar ywq». Tarjimon 


 
217
Shoh’jah’onobodga ywl Xinjon, Parvon, Kobul, Peshovar orqali wtishini aytgan. 
Yana u ёzgan; «Xinjon bilan Parvon oralig’ida Hind tog’lari (Hindikush) ёtadi. 
Twg’ri ywldan, tog’ orqali borilganda masofa olti kunlik, tog’ni aylanib 
borilganda –twrt h’aftalik ywl».   İkkinchi tarjimon Semёn  İzmaylov Kobulda 
qolgan edi.  
Aka-uka Pazuxinlarning malumotnomasida Wrta Osiё xonliklarining 
iqtisodiy ah’voli h’aqida quyidagilar keltiriladi. Zaminining boyligiga qaramay, 
g’alla kam etishtirilishi va shu sababdan g’alla tanqisligi mavjudligi aytiladi; 
«Buxoro, Balx va Xivada g’alla kam ekiladi. G’allasi yil sayin kamayib 
boraёtir». Shuning bilan bir qatorda, xonliklarda pilla etishtirish yaxshi ywlga 
qwyilgani va ipakni h’atto Turkiya orqali Germaniyaga olib borib sotilaёtganini 
malum qiladi. Chunki, elchilikka Osiё ipagi savdosini Rossiyaga burib yuborish 
xususida maxsus topshiriq berilgan edi. Xususan, «Ywriqnoma»da bu twg’risida 
«Buxoro va boshqa shah’arlarida xom ipak etishtiriladi. Uni Eron va Turkiya 
orqali Gkrmaniyaga eltib sotadilar, Astraxan va Moskvaga esa olib 
bormaydilar». Shu sababdan aka-uka Pzuxinlarga xom ipak ishlab chiqaruvchilar 
va bu maxsulot bilan savdo qiluvchilarni qanday bwlmasin, «maxsulotni 
Astraxan va Moskvaga olib borishga kwndirsin», deyilgan. 
Xonliklardagi iqtisodiy ah’vol xususida berilgan axborotlar ichida mana 
bu malumot h’am wta muh’imdir; «Xonning xazinasi g’arib, chunki h’amma 
qishloqlardan undiriladigan xiroj h’arbiylar va mansabdorlarga maoshi uchun 
(tanh’o) taqsimlab berilgan». Boshqa swz bilan aytganda, soliqlardan keladigan 
daromad kamayib ketgan. 
Aka-uka Pazuxinlar Wrta Osiё xonliklaridagi mavjud h’arbiy-siёsiy ah’vol 
h’aqida h’am muh’im malumotlarni twplaganlar. Elchilik mah’kamasiga 
(Posllskiy prikazga) berilgan axborotdan malum bwlishicha, Buxoro bilan Balx 
xonlari wrtasidagi ziddiyatlar nih’oyatda kuchayib ketgan. Elchilar kelgan 1669 
yili Balx xoni Subh’onqulixon Buxoroga itoat etmay qwygan va mamlakatning 
mustaqilligini elon qilgan edi. Natijada ikki wrtada urush xavfi tug’ildi. 
Subh’onqulixon darёning swl qirg’og’ida katta qwshin twpladi. Abdulazizixon 
h’am shunday qildi. Amurdarёning wng soh’iliga qwshin yubordi va xon 
wrdasini Buxorodan Qarshiga kwchirtirdi. Balx xoniga qarshi Xiva xoni bilan 
ittifoq tuzdi. Anushaxon (taxm.1663-1687 yy.) 1670 yili katta qwshin bilan Balx 
ostonasida paydo bwldi va Balxga qarashli barcha qishloqlarni talon-taroj qildi. 
Wshanda Abdulazizxon h’am, Subh’onqulixon h’am qwshin bilan darё ёqasida 
bir yarim yildan ortiq turdilar, lekin darёdan wtishga botina olmadilar. 
Axborotda (Stateynıy spisok) Wrta Osiё xonliklarining, xususan, Buxoro 
xonligining, mamuriy va davlat tuzilishi h’aqida h’am diqqatga sazovor 
malumotlar keltirilgan. Unda, xususan, yuqori mansabda turgan amaldorlar, 
masalan otaliq, devonbegi, meh’tar, parvonachi, dodxoh’, yasovul, bakovul, 
twpchiboshi, dorug’a va ularning vazifalari va mavqei h’aqida muh’im 
malumotlar keltirilgan. Masalan, dorug’a bilan meh’targa elchilarni zarur oziq-
ovqat, ot-ulov, em-xashak bilan taxminlash vazifasi yuklatilgan. Devonbegi 
«otaliqdan keyin turgan va elchilarni, ular wzi bilan olib kelgan maktublar (va 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə