Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   109

 
220
ikkinchi tarafdan Buxoro va Xiva wrtasidagi ziddiyatlar natijasida Rossiyaning 
iqtisodiy va h’arbiy ёrdamiga mutoj edi. V.A.Daudovga Buxorodan qaytishida 
Xivada Anushaxon otalig’i mana bu gaplarni aytgan: «Anushaxon Vasiliyga 
Xiva xoni yaqinda podshoh’ oliy h’azratlari ulug’ knyaz Aleksey Mixaylovich 
dwstlik va h’amkorlik munosabatlarini davom etishi va h’ar ikki tomondan 
savdo karvonlari bordi-keldi qilib turishi (zarurligi) h’aqida maktub oldilar. (Wz 
navbatida) Xiva xoni h’am podshoh’ oliy h’azratlari ulug’ knyaz bilan shunday 
aloqalarni  avvalgidan h’am ziёda bwlishini istaydilar». 
  M.Yu.Qosimov elchiligiga kelsak, unga Buxorodan Hindistonga olib 
boradiganywllar va Hindiston podshosi Avrangzeb (1658-1707 yy.)ning Rossiya 
bilan diplomatik aloqalarni wrnatishga mayli bormi-ywqmi ekanligini aniqlab 
kelish topshirilgan edi. Shuning uchun h’am u Buxoroga kelganlaridan kwp vaqt 
wtmay, Hindistonga jwnab ketdi. M.Yu.Qosimov faqat Kobulgacha bordi. 
«Shoh’ (Avrangzeb) ulug’ podshoh’ bilan dwstona aloqalar wrnatishni 
istamagani» uchun orqaga qaytishga majbur bwldi va 1677 yili Moskvaga qaytib 
keldi. 
 
18.2.9.Florio Benevini elchiligi twg’risida manbalar 
Sharqqa katta h’arbiy kuch yuborish va uni qurol vositasi bilan egallash 
h’arakati Pёtr I (1682-1725 yy.) davridan boshlab kuchayib ketdi. Pёtr I 
Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyni mukammal qurollangan 5000 askar bilan 
Xivaga, uni Rossiya h’omiyligiga kiritish xususida xon bilan muzokaralar olib 
borish uchun yubordi. Aslida bu shunchaki elchilik emas, balki xonni chalg’itib, 
Xiva xonligini kuch bilan bwysundirishga qaratilgan h’arakat edi. Lekin Pёtr I 
maqsadiga erisha olmadi. Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi 
muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sherg’ozixon (1715-1728 yy.) Rossiya 
podshosining asl niyatini wz vaqtida payqadi va A.Bekovich-Cherkasskiy 
ekspeditsiyasini daf qildi. 
Shundan keyin Rossiya Xiva va Buxoro xonliklarini bwysundirish payti 
kelmaganligini, uni osonlikcha bwysundirish mumkin emasligini, ularni h’ali 
kwp wrganish zarurligini angladi. 
Rossiya elchilik mah’kamasining masul xodimi Florio Benevini elchiligi 
shunday maqsad bilan Wrta Osiёga yuborildi. Shuni h’am aytish kerakki, 
Buxoro va Xivada A.Bekovich-Cherkasskiy voqeasidan keyin Pёtr I Wrta 
Osiёga katta qwshin yuboradi, degan xavf-xatar tug’ilgan edi. Shuning uchun 
bwlsa kerak, Abulfayzxon 1717 yili Rossiyaga elchi yuborib, u bilan dwstona va 
savdo-sotiq aloqalarini wrnatish istagini bildirdi. 
Florio Benevini uchun tuzilgan va 1718 yil 13 iyul kuni Pёtr I tarafidan 
tasdiqlangan qwllanmada elchiga quyidagi topshiriqlar berilgan:  
1) Florio Benevini Buxoro xoni h’uzuriga podsho h’azratlarining elchisi 
sifatida boradi. Shu h’aqda uning qwliga podsho h’azratlarining Buxoro xoni 
nomiga ёzilgan maktubi topshirildi. Elchi Peterburgdan Moskvaga qaytib borishi 
h’amono Astraxanga jwnab ketadi. Astraxandan Buxorogacha Abulfayzxonning 
uni Astraxanda kutib turgan elchisi bilan birga boradi. 


 
221
2) Florio Benevini Abulfayzxonning elchisiga ywlda wzini tanitmaydi. 
Ywlda, ayniqsa Buxoro xonligi h’ududlaridan wtaёtganda, h’amma erlarni, 
xususan bandargoh’lar, qalalar va shah’arlarni diqqat bilan kwzdan kechirib 
boradi. 
3) Xon bilan uchrashganda uni Eron va boshqa davlatlarning elchilari 
qatorida zwr h’urmat va eh’tirom bilan qabul qilinishiga erishsin. Podsho 
h’azrati oliylari u bilan dwstlik va savdo-sotiq aloqalarini ilgaridan h’am ziёda 
bwlishini istaёtganini xonga malum qilsin. 
4) Buxoroda bwlganida, qanday bwlmasin, Buxoro xonligi qalalari, 
qwshini, otliq va piёda askarlarining umumiy soni, ularning qurol-aslah’alari va 
qancha zambaragi borligini, qwshinidagi umumiy ah’vol, qallarning 
qwriqlanishini bilib olsin. 
5)Abulfayzxonning Eron shoh’i va Xiva xonlari bilan munosabati qay 
darajada ekanligini aniqlasin. Xiva xoniga qarshi h’arbiy ittifoq tuzish taklif 
etilsin. 
6) Buxoroda qanday tovarlar ishlab chiqariladi va udar qaerlarga olib 
borib sotiladi? Buxoroga dengiz ёki quruqlikdan qaysi ywl bilan borish mumkin? 
Buxoroda qaysi rus tovarlariga eh’tiёj katta? Rossiya bilan savdo-sotiqni 
kuchaytirish mumkinmi? Mana shu masalalarni aniqlasin. 
7) Amudarёda oltin bormi? Buxoro xonini qwriqlash uchun necha yuz 
gvardiyachi,  ёki qwshin yuborilsa, xon bunga rozi bwladimi? Shuni h’am 
aniqlasin. 
Har ikkila elchilik, Buxoro xonining Rossiyadan vataniga qaytib kelaёtgan 
elchisi va Florio Benevini 1721 yil 6 noyayurda Buxoroga etib oldilar. Florio 
Benevini va uning h’amroh’larini Buxoroga 10 verst
117
 qolganda ywl ustida 
Buxoro twpchiboshisi boshliq 50 kishidan iborat saroy mulozimlari kutib oldilar. 
Rossiya elchiligi Buxoroda uch yarim yil, 1721 yil 6 noyabridan to 1725 
yil 8 apreligacha turdi va podshoning yuqoridagi topshiriqlari bwyicha qimmatli 
malumotlar twpladi. Ularning eng muh’imlarini quyida keltirildi. 
Buxoro va xalqining qurol-aslah’alari h’aqida Florio Benevinining wz 
h’ukumatiga bergan malumotnoma (relyatsiya)sida shular ёzilgan: «(Qalasi) 
yarim vayron bwlgan xandaq bilan wralgan. Shah’arda loydan qurilgan 15 ming 
h’ovli-joy mavjud. Shah’ar markazida pishiq g’ishtdan qurilgan baland minorali 
xon saroyi va madrasalar joylashgan. 
Juda kam wzbekda miltiq bor. Ular asosan wq-ёy va nayza bilan 
qurollangan. Shah’arda h’ammasi bwlib 15 nafar zambarak bor. Lekin, ularning 
faqat bittasidan bayram kunlarida otish mumkin». 
Malumotnomada Buxorodagi rus asirlari h’aqida h’am malumot bor. 
«Buxoroda,-deb aytiladi bu h’ujjatda,-xon va boshqa wzbeklar qwlida 250 ga 
yaqin asir bor...Ularning umumiy soni 1000 ga etadi. Aytishlaricha, ularning 
soni Buxoro xonligida 2000, Xiva bilan Orolda 1500 ga etadi» 
Mamlakatning er osti va er usti boyliklari h’aqida turli vaqtlarda 
jwnatilgan malumotnomalarda (Florio Benevini Buxoroda twplagan 
                                                 
117
 Верста – масофа ўлчови, 1,6 км.га тенг бўлган.
 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə