Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109

 
226
malum bwlishicha, unga Qwqonga Sibir orqali olib boriladigan ywllar, ywl 
ustidagi shah’ar va qishloqlar, xonlikning iqtisodiy va siёsiy ah’voli, uning 
mudlfaa saloh’iyatini kuzatish h’am yuklatilgan. 
Filipp Nazarov Qwqonga sibirlik rus savdogarlari karvoniga qwshilib, 
1813 yil 16 may kuni jwnab ketdi. Karvon Qozog’iston chwllari va Janubiy 
Qozog’istondagi Suzoq va Chimkat orqali Toshkentga, undan 1813 yil oktyabr 
oyi boshlarida Qwqonga kirib bordi. U Qwqonda bir yil atrofida turdi va 1814 
yilning avgust oyida, Qwqon xoni Umarxon (1810-1822 yy.)ning elchisi bilan 
birga Petropavlovsk shah’riga qaytib ketdi. 
Filipp Nazarov bir yil mobaynida xonlik poytaxti Qwqondan tashqari, 
Marg’ilon, Andijon, Namangan, Yangiqurg’on va Xwjand shah’arlarida bwldi 
va bu shah’arlar, ularning xalqi h’amda mashg’uloti h’aqida qimmatli 
malumotlar twpladi. 
Bulardan ayrimlarini namuna sifatida keltiramiz: 
«Qwqon katta va ah’olisi kwp shah’ar. Unda 400 ga yaqin masjid bor. 
Tekislikda joylashgan, xon saroyidan boshqa mustah’kam biron imorati ywq. 
Tevarak atrofi obod qishloqlar, buloqlarga mwl jilg’a va ekinzorlar bilan 
wralgan. Zamini tuzli, kwchalari tor. Erga kwproq paxta ekiladi.Uylari guvala va 
loydan qurilgan. Shah’ar wrtasida toshdan bunёd etilgan uchta bozor bor. 
Bozorlarda savdo h’aftasiga ikki marta bwladi. Xon saroyi oldida arg’umoqlari 
uchun pishiq g’ishtdan qurilgan katta otxona joylashgan. 
Qwqon va unga qarashli erlarda paxta etishtiradilar, ipak qurti boqiladi. 
Etishtirilgan paxta va ipakdan mato twqiydilar va uni buxoroliklarga rossiyadan 
keltirilgan mollar evaziga, masalan, temirga, susar terisi, twtiё, bwёq, qozon, 
temir va pwlatdan yasalgan uy-rwzg’or buyumlari va boshqalarga almashadilar». 
Marg’ilon. Shah’arning aylanasi taxminan 300 verst. Ermozordan boshqa 
h’ech qanday h’arbiy isteh’komi ywq. Unda 20 000 askar turadi. (Marg’ilondagi) 
uylar h’am loydan qurilgan, kwchalari tor, uylarining derazasi ywq...Bozorlari 
qator rastalardan iborat, h’aftada belgilangan ikki kun aoli kelib ertadan 
kechgacha savdo-sotiq qiladi. Shah’arda h’ar turli korxonalar kwp. Ularda 
Eronda ishlab chiqarilgan parchalar, baxmal, sharq gazmollari ishlab chiqariladi 
va Buxoro va Koshg’arga olib borib sotiladi. Koshg’ardan esa choy, chinni 
idishlar, kumush, xitoy atlasi, bwёq va boshqa zarur xitoy mollari olib 
keladilar...Shah’arliklar twq va osuda turmush kechiradilar... 
Bizlarni Marg’ilondan bir kuzatuvchi bilan kechik shah’ar Andijonga 
jwnatdilar...Andijon Koshg’ar bilan chegaradosh. Tevarak-atrofi obod 
qishloqlar, mevazor bog’lar bilan wralgan. Ah’olisi ipak qurti boqish, paxtadan 
ip-gazlama ishlab chiqarish va deh’qonchilik bilan shug’ullanadi. Yaqin atrofda 
kwchib yurgan qirg’izlar bilan savdo-sotiq olib boradilar. Andijonda h’okimning 
uyidan boshqa biron mustah’kam qwrg’on ywq. U erda 10 000 askar turadi. 
Namangan. Andijonda ikki kun turib, u erdan Namanganga bordik. Ywlda 
Qwqon h’okimiga qarashli va ariqlar bilan wralgan (ikki betida) qamish wsib 
turgan jilg’alarni kwrdik. Jilg’alarda ov wilish uchun bu erga h’okimning wzi, 
mulozimlari bilan kelib turadi. 


 
227
Namanganning h’am h’okimning mah’kamasidan boshqa, mustah’kam 
imorati ywq. Shah’arda 1 500 ga yaqin kishi istiqomat qiladi...Qog’oz ishlab 
chiqaradigan korxonalari bor, tut daraxti kup wsadi. Tut mevalarini Qwqonning 
barcha shah’arlariga olib borib sotadilar. Shuningdek, (tevark-atrofdagi) 
qirg’izlar bilan h’am savdo-sotiq olib boradilar. Ywlda bir-birlariga tutash juda 
kwp qishloqlarga duch keldik. Yangiqwrg’onning h’am, ichiga 200 askar 
sig’adigan shah’ar boshlig’ining h’ovlisidan boshqa, biron mudofaa inshootini 
uchratmadik. 
Yangiqwrg’onda bir necha kun tunab, shah’ardan 10 verst narida oqib 
turgan Sirdarёdan wtdik va taxminan 12 verst ywl bosib Qoraqalpoq degan joyga 
borib tushdik. Xalqi gilam va jundan mato twqir ekan. 
1814 yili Qwqonga qaytdik... 
Qwqon va unga qarashli boshqa shah’arlarda ukumat savdogarlar wlchov 
va tarozidan urib qolmasdiklari ustidan qattiq nazorat wrnatgan. Qwqonda 
bwlganimda bir odamni matoni gazga solishda urib qolgani uchun yalang’och 
qilib, qamchilab shah’ar aylantirganini kwrdim. Qamchi zarbidan u tez-tez «men 
gazdan urib qoldim», deb qichqirib bordi. Qwqonliklar sud ishini h’ech qanday 
ёzuvsiz olib boradilar. İkki kishi guvoh’lik bersa va jinoyatchi qasam ichsa bas. 
Wg’rilik qilgani uchun qwlini kesadilar...»    
Filipp Nazarov va uning h’amroh’lari Qwqon xonligiga qarashli Xwjand 
shah’rini h’am borib kwrganlar. Masalan, Xwjand h’aqida uning esdaliklarida 
quyidagilarni wqiymiz: «Xwjand h’ajm jih’atdan Qwqondan kichik emas. U 
Buxoro tarafdan bazi erlari nurab qolgan devor bilan, boshqa tarafdan Sirdarё 
bilan h’imoyalangan. Shah’ardan ariq va kanallar wtkazilgan. Qwqondagiga 
wxshash korxonalari va xodiq chiqaradigan erlari kwp...» 
Filipp Nazarovning esdaliklari «Filipp Nazarov: Zapiski o nekotorıx 
narodax i zemlyax Sredney Azii» nomi bilan ikki marta 1821 va 1968 yillari 
nashr etilgan. 
Rossiya h’arbiylari Wrta Osiё xonliklarini g’arb tarafdan, Astraxan, 
Kaspiy va Orol dengizi orqali h’am taftish qildilar. N.N.Muravёv (1819-1926 
yy.), G.İ.Danilevskiy (1842-1843 yy.) va A.N.Butakov (1848-1849 yy.) 
ekspeditsiyalari shunday maqsadlarga xizmat qilgan. 
 
18.2.12. Nikolay Muravevning Turkmaniston bilan Xivaga saёh’ati  
Nikolay Muravev (1794-1866) – mah’alliy h’arbiy mutaxassis, 1812-1814 
yillari Rossiyaning Eron va Turkiyaga qarshi olib borgan urushlarida ishtirok 
etgan, 1816-1828 yillari Kavkaz armiyasida xizmat qilgan. 1819-1820 yillari rus 
armiyasining Kavkazdagi bosh qwmondoni general Ermolovning topshirig’i 
bilan Boku - Kaspiy dengizi - Chelekan orli - Qoraqum orqali Xivaga borgan. 
N. Muravev kuzaturvchan odam edi. Mazkur safari h’aqida ёzib qoldirgan 
asarida («Puteshestvie v Turkmeniyu i Xivu gvardeyskogo generalnogo shtaba 
kapitana Nikolaya Muravёva», ch.1-11;-Moskva: 1822) Xiva xonligi h’aqida 
muh’im h’arbiy, iqtisodiy, tarixiy va etnografik malumotlar twplagan. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə